I-BOB BO’YICHA XULOSA
1. Iqtisodiy rivojlanish sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
mehnatni to‘g‘ri tashkil etish va mehnatini samaradorlik darajasini oshishiga qarab
ularga to‘lanadigan mehnat haq, ya‘ni mehnatga qarab taqsimlash yildan-yilga
tobora obyektivlashtiriladi. Bu esa, ish haqi fondi ishlatilishini chuqurlashtirishga
va tahlil etishga hamda ishchilarning mehnat natijalariga bo‘lgan qiziqishlarini
yanada oshiradi. Ish haqi korxona personallarning asosiy daromad manbai sifatida
istiqbolda ham unumdorlikni oshirishning qudratli rag‘batlantiruvchi kuchi bo‘lib
qolaveradi.
2. Korxona mehnat jarayonini tashkil etishning boshlang‘ich omillarini tahlil
qilish: ishlab chiqarish tipini, uning texnologik jarayonlar, mashina va asbob-
uskunalarning o‘ziga xos xususiyatlarini, mehnatni mexanizasiyalash, sexlar
uchastkalar, ish o‘rinlari va shu kabilarni birlashtirish darajasini aniqlashdan
iborat. Ishchilar mehnatining murakkabiligini tahlil qilish: kasb-malaka darajasiga
qo‘yiladigan talablar va uning ishlab chiqarish talablariga muvofiq kelishi: xodim
kasb ixtisosini kengligi hamda kasblarni vaqtincha bajarib turish va mehnat
faoliyatini o‘zgartirish imkoniyatlaridir.
3. Bozor iqtisodiyoti davrida raqobatga yengib chiqishning asosiy
omillaridan biri makroiqtisodiyotga taaluqli, ijtimoiy va shaxsiy sektorlardagi
korxonalarda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga erishishdir. Bu asosan
mavjud ishchi kuchidan oqilona foydalanish evaziga erishiladi. O‘z navbatida
ishchi kuchidan samarali foydalanish ko‘pincha har xil bajarilishi zarur bo‘lgan
ishlarning ayrim ijrochilar o‘rtasida to‘g‘ri taqsimlanishga, ya‘ni ularning
malakasiga, tajribasiga va zukkoligiga yarasha ish bilan bad-barobar ta‘min
etilishiga bog‘liqdir.
31
Do'stlaringiz bilan baham: |