”kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida ish bilan bandlikni ta’minlashning asosiy yo’nalishlari”
Samarqand viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
dissertatsiya 3
2.2. Samarqand viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni
rivojlantirish orqali yangi ish o’rinlarini tashkil etish Aholini ish bilan ta‘minlashda yangi ish o‘rinlarini yaratish muhim ahamiyatga egadir. Bozor iqtisodiyoti aholini ish bilan ta‘minlash imkoniyatlarini yaratish uchun sanoat korxonalarida ish o‘rinlarini ko‘paytirish muhim ahamiyatga egadir. Bugungi kunda mehnat taqsimoti va kooperasiyasining har qanday shakllarida ijrochilarning samarali, yuqori unum Bilan ishlashining zarur sharti ish o‘rinlarini tashkil eti shva ularga xizmat ko‘rsatishdir. Ish o‘rni qanday ishlab chiqarish va mehnat jarayonining birinchi bag‘ini bo‘lib, aynan ish o‘rnida ishlab chiqarish jarayoni uchta elementining hammasi: mehnat ashyolari, mehnat vositalari va ishchi kuchi, ya‘ni ijrochi hodimning jonli mehnati yagona bo‘lib birlashadi, bu hamkorlik natijasida esa Yangi iste‘mol qiymatlari, mehnat mahsulotlari yaratiladi. Shuning uchun ham ish o‘rinlarini tashkil etishga katta e‘tibor beriladi. Ish o‘rni – ishlab chiqarish makonining bir qismi bo‘lib, unda barcha asosiy va yordamchi texnologiya uskunalari, moslamalar, asboblar, ish mebellari va maxsus qurilmalar joylashgan bo‘ladi va ular muayyan turdagi ishlarni bajarish uchun muljallangan bo‘ladi. Ish o‘rni ichida ish zonasi ajratiladi, bu uch ulchovli makon bo‘lib, uning doirasida hodimning barcha asosiy mehnat harakatlari amalga oshiriladi. Bu zona o‘rnining eng faol qismi hisoblanadi va uni tashkil etishga alohida talablar qo‘yiladi: insonning antropometrik va biomexanik parametrlariga mos kelishi, fiziologik jihatdan oqilona ish vaziyatini, tana a‘zolarining mehnat 42 ashyolariga, asbob yoki mashinalar va mexanizmlarni boshqarish organlariga yetishi, shuningdek mehnat harakatlarining havfsizligi va mehnat sharoitlarining zararsizligini kafolatlash. Ish o‘rni va ish zonasini tashkil etishga qo‘yiladigan talablarni fanning maxsus tarmog‘i- ergonomika tomonidan ishlab chiqiladi. Bu fanning vazifasi – insonning mehnat jarayonlaridagi funksional imkoniyalarini o‘rganish va eng maqbul mehnat sharoitlarini yaratish yuzasidan tavsiyanomlar ishlab chiqishdir. Bu sharoitlar asbob – uskunalar, mehnat sharoitlari va texnalogiyaning tuzilishi inson organizimining psixofiziologik xususiyatlariga mos kelishini ta‘minlaydi. Quyidagi 2.2.1-jadvalda Samarqand viloyati va Samarqand shahar bo‘yicha yaratilgan yangi ish o‘rinlari haqida ma‘lumot berilgan. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling