2.5-rasm. 2016-2021yillarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning eksport-importdagi ulushi, foizda32
2016-2021 yillarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning importdagi ulushida faqat o‘sish sur’atlari kuzatilgan. Ushbu ko‘rsatkich 2016-yilda 46,8 % ni 2021-yilda esa 20,4 % ga oshib 48,7 % ni tashkil etganligini ko‘rish mumkin.
Statistik ma’lumotlar eksport mahsulotlari tarkibida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 2016-yilda 26.0 % ni tashkil etgan va 2020 yilga kelib esa ushbu ko‘rsatkich 2 martaga o‘sganligini ko‘rsatmoqda. 2016-2017 yillarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning eksportdagi ulushida pasayish kuzatilgan. Lekin 2018-2019 yillarda ushbu ko‘rsatkichda yana o‘sish kuzatilib, mos ravishda 27,2 va 28,7 % ni tashkil etdi.
Shunday bo‘lsada, ushbu ko‘rsatkich nisbatan past bo‘lganligi uchun, istiqbolda ularning eksport salohiyatini oshirishga ko‘maklashish, eksport mahsulotlarini mintaqa va jahon bozorlariga chiqishini ta’minlash va jahon bozori konyunkturasi va mahsulotlarining potensial xaridorlari to‘g‘risida axborot olish masalalarini qat’iy hal etish kerak.
Iqtisodiy rivojlanishning hozirgi bosqichi xizmatlar sohasi iqtisodiyoti va “bilimlarga asoslangan iqtisodiyot” ning birlashishi sifatida e’tirof etilmoqda. Umuman olganda, xizmatlar sohasi iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish, raqamli iqtisodiyotni shakllantirishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi.
2.6-rasm. 2017-2021 yillarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning xizmatlar sohasidagi ulushi, foizda33
Xizmat ko‘rsatish sohalarida kichik korxonalar va tadbirkorlik subyektlari tashkil etilishining ko‘payishi ushbu soha rivojiga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning xizmatlar sohasidagi ulushida 2010-2016 yillar davomida o‘sish kuzatilib, 2017-2021 yillarda esa biroz pasayish kuzatilgan.
Iqtisodiyotda zamonaviy xizmat ko‘rsatish sohasining ahamiyati tobora ortib borayotgan sharoitlarda ushbu sohada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushini oshirish zarur. Chunki zamon talablariga mos, sifatli xizmatlar ko‘rsatishda kichik biznes eng maqbul vositalardandir.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik milliy iqtisodiyotni rivojlantiruvchi va uning raqobatbardoshligini ta’minlovchi imkoniyatlarga egadir. O‘zbekistonda makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiy faollikni ta’minlashda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik alohida ahamiyat kasb etib, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida mustahkam o‘rin egallamoqda. Kichik biznesning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlaridagi tahlilidan shuni aytish mumkinki, mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati jadal taraqqiyot yo‘lidan odimlab bormoqda, lekin mavjud imkoniyat va salohiyatni inobatga olib, ushbu sohani yanada rivojlantirish maqsadga mos keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |