Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning nazariy asoslari


Download 0.54 Mb.
bet6/29
Sana18.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1590112
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
Axmedov Fayzullaxo\'ja Bmi (2)

Birinchi bob bo‘yicha xulosa
Globallashuv va iqtisodiy integratsion munosabatlarning shiddat bilan rivojlanib borayotganligi jamiyat hayotining barcha jabhalarida innovatsion va raqamli texnologiyalardan foydalanishni, iqtisodiy faollikni oshirishni taqozo etmoqda.
Innovatsiya – bu kiritilgan yangilik, ixtiro, texnika va texnologiya avlodlarini almashtirishni taminlash uchun iqtisodiyotga sariflangan mablag’lar,ilmiy-texnika yutuqlari va ilg’or tajribalarga asoslangan taxnika texnalogiya boshqarish va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar,shuningdek, ularning turli sohalar va faoliyat doiralarida qo’llanishi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik aholining ish bilan bandligi va qo‘shimcha daromad olish imkoniyatini yaratish orqali jamiyatdagi
ijtimoiy muvozanatni saqlashga, aholi orasida o‘rta mulkdorlar qatlamini shakllantirishga katta hissa qo‘shadi.
Zamon talablariga javob beradigan, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Chunki, tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish davrida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bozor konyunkturasi o‘zgarishlari va iste’molchilar ehtiyojlariga tez moslasha oladi. Bozordagi kuchli raqobat muhiti sharoitida kichik korxonalarning mavqeini saqlash, ishlab chiqarishning davomiyligi va moslashuvchanligini ta’minlash tadbirkorlik subyektlaridan ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirishni va ishchi kuchidan optimal foydalanishni talab qiladi.
II BOB. KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNING RIVOJLANISH HOZIRGI HOLAT TAHLILI
2.1. Iqtisodiy faollikni ta’minlashda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanish tahlili
Bugungi kunda kichik biznessiz keng rivojlangan zamonaviy iqtisodiyotni tasavvur etib bo‘lmaydi. Shu nuqtai nazardan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurishga yordam beradi, iqtisodiy faollikni ta’minlaydi va korxonalarning katta qismi yirik biznes bilan hamkorlik qiladi, ularni to‘ldiradi va mustahkamlaydi.
Ma’lumki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik milliy iqtisodiy taraqqiyotning eng muhim tayanchi, mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ustuvor yo‘nalishi, aholi turmush farovonligi va daromadlarini oshirish vositasi sifatida taraqqiyot lokomotiviga aylanib ulgurdi va 2021-yilda mamlakat YaIM ning 54,9 % dan ortig‘i kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida yaratildi.
Keyingi yillarda mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish va qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, mamlakatimizda 2018-yilning “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni rivojlantirish yili” deb nomlangani ham tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda asos bo‘lib xizmat qildi. Zero, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek: “Faol tadbirkorlik, biznes faoliyatini innovatsion, ya’ni zamonaviy yondashuvlar, ilg‘or texnologiya va boshqaruv usullari asosida tashkil etadigan iqtisodiy yo‘nalishdir. Faol tadbirkor deganda biz, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga qodir, eng muhimi yangi ish o‘rinlari yaratib, nafaqat o‘zini va oilasini boqadigan, balki butun jamiyatga naf keltiradigan ishbilarmon insonlarni tushunish kerak, bunday tadbirkorlar safini kengaytirish, jumladan, yuqori texnologiyalar, ilm-fanning eng so‘nggi yutuqlariga” asoslangan texnika va asbob-uskunalarni mamlakatimizga olib kelish va joriy etish uchun ularga munosib sharoitlar yaratish bizning birinchi galdagi vazifamiz bo‘lishi shart”25.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar, ushbu sohani qo‘llab-quvvatlashning kuchli va samarali mexanizmlarining ishlab chiqilishi va amaliyotga tatbiq etilishi natijasida, keyingi yillarda mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiyotdagi o‘rni sezilarli darajada o‘sib, aholining ish bilan bandligini ta’minlash va farovonligini oshirishda, iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror va izchil rivojlantirishda eng muhim vositalardan biriga aylandi.




Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling