Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning nazariy asoslari


-rasm. Kichik biznesni boshqarishda tadbirkorlik faoliyati turlarining tasniflanishi14


Download 0.54 Mb.
bet4/29
Sana18.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1590112
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
Axmedov Fayzullaxo\'ja Bmi (2)

1.1-rasm. Kichik biznesni boshqarishda tadbirkorlik faoliyati turlarining tasniflanishi14
Ko‘rinib turibdiki, tadbirkor - bu dadil, muxim va murakkab maqsadlarni ro‘yobga chiqarishga jazm etib, yangi g‘oyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq butun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olib tavakkal ish yurituvchi shaxsdir. U ter to‘kib ishlab, ham o‘zi foyda oladi, ham A.Smitning “ko‘rinmas qo‘llari” qoidasiga binoan jamiyat farovonligiga xissa qo‘shadi.
Bizning fikrimizcha, bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik shakllari quyidagicha bo‘lishi mumkin (1.3-rasm).
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik kishilardagi tashabbuskorlik, tadbirkorlik va mulkka egalik qilish qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish vositalaridan biri hisoblanadi. O‘rta mulkdorlar sinfini shakllantirishda, aholini ish bilan ta’minlash va pirovardida milliy farovonlikni oshirish ushbu sektorning qay darajada rivojlanganligiga bog‘liq bo‘lib hisoblanadi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning afzalliklari innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish hajmining oshishi, raqobat muhitining shakllanishi, real va moliya sektorlarining mutanosib faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashi, aholining o‘rta qatlamini shakllantirishi va iste’mol bozorini tovarlar va yangicha xizmat turlari bilan to‘ldirish orqali byudjetga soliq tushumlari hajmini keskin oshirishga ta’sir ko‘rsatishida namoyon bo‘ladi (1.2-rasm).

1.2-rasm. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish afzalliklari15
O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, uning faoliyatiga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadidagi chora-tadbirlar yil sayin keng doirada amalga oshirilmoqda. Mulkdorlarning o‘rta sinfini shakllantirish, ichki bozorni raqobatbardosh va sifatli mahsulotlar bilan to‘ldirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va shu asosda aholi daromadlarini ko‘paytirish va farovonligini oshirishning muhim omili, mamlakat taraqqiyoti yo‘lidagi faol harakatlantiruvchi kuch sifatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Xulosa qilib aytganda, iqtisodiy rivojlanishning hozirgi bosqichida, ya’ni iqtisodiyotda innovatsion va raqamli texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati tobora ortib borayotgan hozirgi sharoitlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling