Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning nazariy asoslari
Download 0.54 Mb.
|
Axmedov Fayzullaxo\'ja Bmi (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- III BOB. IQTISODIY FAOLLIKNI TA’MINLASHDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK 3.1. Kichik biznesni rivojlantirish iqtisodiy ko‘rsatkichlarini prognozlash modellarni qo‘llash
Ikkinchi bob bo‘yicha
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash borasidafi davlatning strategik iqtisodiy siyosati tufayli mamlakatimizda ushbu soha subyektlari uchun qulay makroiqtisodiy muhit yaratildi. Jumladan, biznesni ro‘yxatga olish, ixtiyoriy ravishda yopish va tugatish, ayrim faoliyat turlari bo‘yicha litsenziya va ruxsatnomalarni berish jarayonlari soddalashtirildi, davlatning biznes faoliyatiga aralashuvi cheklandi, tadbirkorlik subyektlari topshiradigan hisobotlarning barcha shakllari va muddatlari keskin qisqartirildi, birjalar orqali talab yuqori bo‘lgan resurslardan keng foydalanishga imkon beradigan bozor mexanizmi shakllandi. Bugungi kunda mamlakatimizning barcha hududlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik jadal taraqqiyot yo‘lidan odimlab borayotgan sohalardan biriga aylandi va iqtisodiyotning “lokomotiv” iga aylandi. Buni kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushining YaHM larda ortib borayotganligidan ko‘rish mumkin. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlanib borishida banklar muhim ahamiyatga ega. Chunki banklar tomonidan soha vakillariga ajratiladigan kreditlar orqali tadbirkorlik va biznes subyektlari faoliyatining taraqqiyoti ta’minlanadi. III BOB. IQTISODIY FAOLLIKNI TA’MINLASHDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK 3.1. Kichik biznesni rivojlantirish iqtisodiy ko‘rsatkichlarini prognozlash modellarni qo‘llash O‘zbekistonda barqaror iqtisodiy o‘sishga erishishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, tadbirkorlikka qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Shunday ekan, kichik biznesni mamlakat YaIMdagi ulushini matematik modellarni qo‘llash orqali ishonchli va ta’sir etuvchi omillarni hisobga olgan holda optimal darajada to‘g‘ri prognozlash muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada prognoz qilishning nazariy asoslari va usullari, kichik biznesni YaIMdagi ulushiga ta’sir qiluvchi omillarning regression tahlili amalga oshirilgan va ekonometrik modellar orqali prognoz qilish tartibi o‘rganilgan. Bugungi kunda mamlakat YaIMda kichik tadbirkorlik subyektlari ulushining qay darajada bo‘lishi ularda band bo‘lgan aholining salmog‘i, tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan kreditlar miqdori va soliq imtiyozlaridan foydalanayotgan kichik biznes subyektlari soniga ham bevosita bog‘liq. Shuni hisobga olgan holda, ushbu ko‘rsatkichlarni matematik usullardan foydalangan holda istiqbol davrga mo‘ljallangan ilmiy prognozlar ishlab chiqish zarurati bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Prognozlashtirish – boshqarishning iqtisodiy usullaridan biri bo‘lib, iqtisodiy tizimning kelgusidagi holatini aniqlab beruvchi rejalar ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘llari, usullari va vositalari yig‘indisidir42. Prognozlash - o‘rganilayotgan obyektning turiga ko‘ra iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, resurs - tabiiy, demografik va ijtimoiy turlariga tavsiflanadi43. Prognozlash sohasiga ko‘ra – ijtimoiy prognozlash, iqtisodiy prognozlash va ilmiy-texnikaviy prognozlash turlarga ajratiladi44. Ma’lumotlarni olish va qayta ishlash usulidan kelib chiqib prognozlashtirish – ekstropolyatsiya metodi, qiyoslash metodi, statistik metodlarga bo‘linadi. Bashoratlash obyektining miqyosiga qarab iqtisodiy bashoratlar alohida korxona va tashkilotlar (mikrodarajada) bashoratidan to mamlakat miqyosida (makrodaraja) tarmoqlar rivojlanishning bashoratigacha bo‘lgan yoki dunyo miqyosidagi qonuniyatlarni (global daraja) barcha darajalarini qamrab oladi45. Bashoratlash davri muddatiga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi: - tezkor bashoratlar – bir oygacha; - qisqa muddatli bashoratlar – bir yilgacha; - o‘rta muddatli bashoratlar – besh yilgacha; - uzoq muddatli bashoratlar – o‘n besh yildan yuqori. Ekonometrika – iqtisodiy jarayonlarning miqdoriy tomonlarini iqtisodiyot nazariyasi, tahlili, statistika va matematik-statistikaning usullari asosida talqin qilishning nazariy natijalar to‘plami, usullari va yo‘llarini birlashtiruvchi fan46. «Ekonometrika» so‘zi - ekonomika va metrika (o‘lchov) so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, u Nobel mukofoti sovrindori Norvegiya iqtisodchi olimi R.Frish tomonidan kiritilgan47. Ekonometrikada ehtimollar nazariyasi va matematik statistikada o‘rganiladigan korrelyatsion va regression tahlil, davriy qatorlar tahlili, bir jinsli tenglamalar tizimi, va boshqa usullar foydalaniladi. Ekonometrikaning asosida iqtisodiy modellar yotadi. Bu modellar iqtisodiy jarayonlarni bashoratlash, tahlil qilishda ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun xizmat qiladi. Ushbu maqolada respublikamiz va xorijiy mamlakatlar iqtisodchi olimlarining iqtisodiy ko‘rsatkichlarni matematik modellar orqali prognozlashtirishga bag‘ishlangan ilmiy asarlari o‘rganilgan. Mamlakat YaIMda kichik tadbirkorlik subyektlari ulushining o‘sishiga ta’sir etuvchi omillar ularda band bo‘lgan aholining salmog‘i, tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan kreditlar miqdori va soliq imtiyozlaridan foydalanayotgan kichik biznes subyektlari sonining regression tahlili va YaIMda kichik tadbirkorlik subyektlari salmog‘ini kelgusi besh yilga ekonometrik modellar orqali ilmiy prognozi amalga oshirilgan. Ekonometrik modellar orqali regression tahlil asosida kichik tadbirkorlik subyektlarini YaIMdagi ulushini prognozlashni amalga oshiramiz. Ma’lumotlarni tahlil qilishda regression tahlil eng keng tarqalgan usullardan biri bo‘lib hisoblanadi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling