Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning nazariy asoslari


Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishida


Download 0.54 Mb.
bet11/29
Sana18.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1590112
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29
Bog'liq
Axmedov Fayzullaxo\'ja Bmi (2)

2.3. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishida
banklarning o‘rni
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlanib borishida banklar muhim ahamiyatga ega. Chunki banklar tomonidan soha vakillariga ajratiladigan kreditlar orqali tadbirkorlik va biznes subyektlari faoliyatining taraqqiyoti ta’minlanadi. Jahondagi taraqqiy etgan va qator rivojlanayotgan mamlakatlardagi barqaror iqtisodiy o‘sish bevosita kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga bog‘liq bo‘lganligi sababli ularni kreditlashga jiddiy e’tibor e’tibor berilmoqda. Xususan, Yevropa Tiklanish va taraqqiyot banki 2016-yilda kichik biznes subyektlarini qo‘llab-quvvatlash uchun umumiy qiymati 892 mln.yevro bo‘lgan 76 ta loyihani moliyalashtirdi. Bu esa 2015-yilga nisbatan 203 mln.yevroga ko‘p demakdir34. Rivojlanayotgan mamlakatlarda ham kichik biznesni banklar tomonidan kreditlash hajmi va qamrovi kengayib bormoqda. Bangladeshning ”Graminbank” i tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga berilgan mikrokreditlar miqdori 2016-yilda 2015-yilga nisbatan 72,9 foizga ortgan35.
Xorij iqtisodchi olimlari F.Allen va D.Geyl kichik va o‘rta biznes subyektlari faoliyatini moliyalashtirishning ikki tizimi – banklar faoliyatiga asoslangan tizim va moliya bozorlariga asoslangan tizimning mavjudligini e’tirof etishadi va bunda birinchi tizimning nisbatan muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlashadi36.
Fikrimizcha, F.Allen va D.Geylning ushbu xulosasi o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlari uchun muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Buning sababi shundaki, birinchidan, ushbu mamlakatlarda kichik biznesni kreditlash tizimida tijorat banklari yetakchi mavqega ega, ikkinchidan, kichik biznes subyektlari uchun qimmatli qog‘ozlar bozori orqali resurslar jalb qilish imkoniyati mavjud emas.
J.Shanel-Reyno va E.Bluaning xulosasiga ko‘ra, kichik va o‘rta korxonalarning yirik korxonalar bilan aloqalarining yaxshi yo‘lga qo‘yilishi ularning tijorat banklari kreditlaridan foydalanish imkoniyatini oshiradi. Chunki, yirik korxonlar kichik va o‘rta koroxonalar bilan ishbilarmonlik munosabatlariga kirishishidan oldin ularning bozor talablariga javob bera olishini tahlil qiladi. Shuningdek, yirik korxona hamkori bo‘lgan kichik va o‘rta korxonalarning holatini doimiy ravishda nazorat qiladi37.
Xalqaro bank amaliyotida kichik biznes subyektlarini banklar tomonidan kreditlashning quyidagi shakllari keng foydalaniladi:

  • Kredit liniyasi ochish yo‘li bilan kreditlash;

  • Overdraft usulida kreditlash;

  • Kontokorrent usulida kreditlash;

  • Kreditlashning factoring shakli;

  • Kreditlashning fortfeyting shakli;

  • Kreditlashning lizing shakli.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi bank amaliyotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini alohida ssuda hisobraqamidan bir marotabali kreditlash shakli keng foydalaniladi. Kreditlashning ushbu shaklida kredit summasi hisobidan to‘lov bir martada to‘liq amalga oshiriladi. Ya’ni to‘lovchi kredit hisobidan bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruhsat berilmaydi38.
Shuni ta’kidlash o‘rinliki, O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilishning barcha bosqichlarida kichik biznes subyektlarini banklar tomonidan kreditlash amaliyotini takomillashtirish dolzarb vazifalaridan biri bo‘lib keldi. Ushbu vazifani muvaffaqiyatli hal etish maqsadida uning me’yoriy-huquqiy asosini shakllantirish va takomillashtirishga alohida e’tibor e’tibor berilmoqda. Bank tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayoni, tijorat banklarining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini moliyalashtirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar o‘z samarasini bermoqda.


Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling