Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning nazariy asoslari
-jadval Hududlar kesimida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan kreditlar miqdori, mlrd.so‘mda41
Download 0.54 Mb.
|
Axmedov Fayzullaxo\'ja Bmi (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hududlar 2018-y. 2022-y.
2.3-jadval
Hududlar kesimida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan kreditlar miqdori, mlrd.so‘mda41
Ajratilayotgan kreditlar va mikrokreditlardan asosiy e’tibor quyidagilarga e’tibor berilmoqda: tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tashkil etish va mavjudlarini kengaytirishga moliyaviy ko‘mak berish orqali qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish, xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilashni rag‘batlantirish; hududlarning ixtisoslashuvi (hunarmandchilik, tikuvchilik, qishloq xo‘jalig mahsulotlarning ayrim turlarini yetishtirish, ixcham issiqxonalar tashkil etish va boshqalar) ni inobatga olgan holda tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan aholining tadbirkorlik tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash; oilaviy tadbirkorlik va kichik hajmda ishlab chiqaruvchi subyektlarni (mikrofirmalarni) tashkil etish uchun mikromoliyaviy xizmatlarni kengaytirish orqali aholiga qo‘shimcha daromad manbaini yaratishga e’tibor berilmoqda. Xususan, tijorat banklari tomonidan “Ijtimoiy himoya” dasturlari doirasida aholining bandligini ta’minlash uchun muayyan mehnat turlari bilan shug‘ullanish istagi bo‘lgan 62389 kishi, shu jumladan, kam ta’minlangan oilalarga 645,3 mlrd.so‘mdan ortiq imtiyozli mikrokreditlar taqdim qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Har bir – oila tadbirkor” dasturini amalga oshirish to‘g‘risida” gi 2018-yil 7 iyun PQ-3777-sonli Qarori doirasida aholi va tadbirkorlik subyektlariga 2018-yil davomida 1,2 trln.so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratilgan. Ushbu imtiyozli kreditlar aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga yillik 8 foiz stavkada 3-6 oygacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ajratiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-apreldagi “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-3680-sonli Qaroriga muvofiq tijorat banklari tomonidan qariyb 7 mingta fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga 2018-yilda 112,6 mlrd.so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar berildi. Ushbu kreditlar Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan “Tomorqa xizmati” MCHJ, qishloq xo‘jaligi sohasidagi ishlab chiqarish, qayta ishlash, tayyorlash, ta’minlash, savdo tashkilotlari va lizing kompaniyalariga moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, qishloq xo‘jaligi texnikasi va transportini sotib olish, fermer dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining issiqxonalarini qurish uchun materiallar va butlovchi qismlar xarid qilishga yillik 7 foiz stavkada Mikrokreditbank, Agrobank va Xalq banki tomonidan 1 yil imtiyozli davr bilan 3 yil muddatga ajratiladi. 2019-yil 1-yanvar holatiga Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash Davlat jamg‘armasi hisobidan, kichik tadbirkorlik subyektlariga bank kreditlari bo‘yicha 1,8 trln.so‘m kreditga qariyb 600 mlrd.so‘m kafillik; tijorat banklarining kredilari bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun 1,4 trln.so‘m kreditga 147,5 mlrd.so‘mlik kompensatsiya berilgan. Xulosa qilib aytganda, tijorat banklarining kichik biznes subyektlariga bergan kreditlari va mikrokreditlarining o‘sish tendensiyasi kuzatilmoqda, shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyatining rivojlanishida banklarning o‘rnini oshirish uchun quyidagi ishlarni bajarish maqsadga mos keladi: kichik biznes subyektlarida yuqori likvidli garov obyektlarining yetishmasligini hisobga olib, ularni lizing, qaytariladigan lizing va mulkiy javobgarlik sug‘urtasi asosida kreditlashga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirish; tijorat banklari tomonidan kichik biznes subyektlariga beriladigan past foizli kreditlar hajmini oshirish maqsadida, banklarning ustav kapitalida davlatning ulushini oshirish va ushbu resurslarni kichik biznes subyektlarini imtiyozli kreditlashga yo‘naltirish; tijorat banklari tomonidan kichik biznesni qisqa muddatli kreditlash bo‘yicha resurslar taqchilligini inobatga olgan holda yirik korxona va tashkilotlarning bo‘sh pul mablag‘laridan foydalanish mexanizmalarini optimallashtirish va boshqalar. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling