Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning nazariy asoslari


Kichik biznesda yuqori unumli ish o‘rinlari yaratishning yangi shakllari


Download 0.54 Mb.
bet21/29
Sana18.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1590112
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29
Bog'liq
Axmedov Fayzullaxo\'ja Bmi (2)

Kichik biznesda yuqori unumli ish o‘rinlari yaratishning yangi shakllari





franshizing



virtual ish joylari

subkontrakting

autsorsing


3.4-rasm. Kichik biznes subyektlarida yuqori unumli ish o‘rinlari yaratishning yangi shakllari57
Kichik biznes korxonalarida yangi ish o‘rinlarini tashkil etishning zamonaviy ko‘rinishlaridan biri – bu franshizingdir. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 862-moddasida franshizing “kompleks tadbirkorlik litsenziyasi” sifatida talqin qilingan: “Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomasi bo‘yicha bir taraf (kompleks litsenziar) ikkinchi tarafga (kompleks litsenziatga) haq evaziga litsenziarning firma nomidan va qo‘riqlanadigan tijorat axborotidan, shuningdek, shartnomada nazarda tutilgan mutlaq huquqlarga kiruvchi boshqa obyektlardan (tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi va ixtirolar va boshqalardan) litsenziatning tadbirkorlik faoiyatida foydalanish huquqini o‘z ichiga oladigan mutlaq huquqlar kompleksini (litsenziya kompleksi) berish majburiyatini oladi”58.
Kichik biznes subyektlari o‘z faoliyatini autsorsing (inglizcha “outsourcing” – “o‘zganing resurslaridan foydalanish” so‘zidan) usuli orqali ham yuritishlari va qo‘shimcha ish joylari tashkil qilish imkoniyatiga ega bo‘lishlari mumkin. Bugungi globallashuv va integratsion jarayonlarning tobora tezlashib borayotganligi sharoitida yirik korxonalar uchun faoliyatlari bilan bog‘liq hamma vazifalarni faqat o‘z xodimlarining kuchi bilan bajarish hamisha ham iqtisodiy jihatdan manfaatli bo‘lmaydi. Bu funksiyalarning bir qismini bevosita ana shu vazifalarni bajarishga ixtisoslashgan kichik firmalarga topshirish – autsorsingdir.
Autsorsingga buxgalteriya hisobini olib borish, kadrlarni tanlash va yollash, kompyuter dasturlarini ishlab chiqish, reklama kampaniyalarini tashkil etish, xavfsizlikni ta’minlash va boshqalar kiradi. Rasmiy ravishda autsorsing birinchi marta “Eastman Kodak” kompaniyasi tomonidan ma’lumotlar bazasini shakllantirishda chetdan provayderlarni taklif qilish orqali qo‘llanilgan. Autsorsing rivojlanishining dastlabki bosqichida bu usuldan AQSH va Buyuk Britaniyada huquqiy xizmat ko‘rsatishda foydalanilgan. XXI asr boshiga kelib esa AQSh da yirik kompaniyalarning yarmidan ko‘prog‘i autsorsingdan foydalana boshlagan. Bugungi kunda ushbu usul AQShdan tashqari Yevropa davlatlari va Yaponiyada ommalashib ketdi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda ayrim tashkilotlar, shu jumladan, kichik biznes subyektlari autsorsingga taalluqli faoliyatga – axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, audit, buxgalteriya va soliq hisobini olib boorish, xo‘jalik faoliyatini tahlil etish, maslahat va boshqa turdagi xizmatlar ko‘rsatishga ixtisoslashmoqdalar.
Kichik biznes subyektlarida qo‘shimcha ish joylari yaratishda autsorsingga o‘xshash bo‘lgan subkontraktingdan foydalanish, ayniqsa, istiqbolli yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Ushbu usul yirik sanoat korxonalarining o‘z ishlab chiqarish jarayonlarini maqbullashtirish uchun kichik biznes subyektlariga ayrim buyumlarni, butlovchi qismlarni tayyorlash, xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha buyurtma berishlariga asoslangan. Raqobat tobora kuchayib borayotgan globallashuv sharoitlarida korporatsiyalar o‘zlari to‘la foydalanmayotgan ishlab chiqarish quvvatlari uchun noishlab chiqarish chiqimlarini kamaytirish maqsadida kichik biznes bilan ana shunday hamkorlikni yo‘lga qo‘yadilar.
Subkontraktingda kontraktor – yirik korxona, korporatsiya ishlab chiqarish siklining eng muhim unsurlari – ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari, sanoat dizayni, marketing, yig‘ish, bo‘yash, sozlash, qadoqlash va ayrim, eng manfaatli yoki “nou-xau” xususiyatiga ega bo‘lgan hal qiluvchi ishlab chiqarishlarni saqlab qoladi. Subkontraktor – kichik biznes subyekti kontraktor buyurtmasi asosida unga zarur butlovchilarni yetkazib beradi.
Ishlab chiqarishni bunday tashkil etish yirik korxonaga ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish hisobiga bozorda raqobatbardosh bo‘lish imkoniyatini yaratadi. Chunki kichik biznes subyektlarida qo‘shimcha xarajatlar kam bo‘ladi. Shu bilan birga korporatsiyada o‘z omborlarida butlovchi qismlarni ko‘p muddat saqlashga hojat yo‘qligi sababli ishlab chiqarish vositalari aylanishini tezlashtiradi, boshqaruv xodimlari sonini qisqartirish imkoniyatini yaratadi.
Kichik biznes subyekti – subkontraktor uzoq muddatli buyurtmalarga va doimiy hamkorlikka ega bo‘ladi. Ayni paytda ularning ayrim ishlab chiqarish texnologiyalarini bajarishga ixtisoslashishi mahsulot sifatini muttasil yaxshilab borishlari va chiqimlarni kamaytirishlariga yordam beradi.
Kichik korxonalarda yangi ish o‘rinlari tashkil etishning zamonaviy shakllaridan yana biri – virtual ish joylari tashkil etishdir. Kichik biznes subyektlarida virtual ish joylari tashkil etish ham juda samaralidir. Bunday virtual ish bilan Bugungi kunda, jumladan, AQShda 20 mln., Yevropa Ittifoqida esa 4 mln. kishi band. Amerikalik ekspertlarning hisob-kitobiga ko‘ra, agar mamlakatda xodimlarning 10-20 % virtual ishga o‘tkazilsa, har yili 23 mlrd. AQSh dollari tejaladi, avtomobillarga ishlatiladigan 13 mln.tonna yoqilg‘i iqtisod qilinadi, ish joyiga borish va uyga qaytish uchun 3 mlrd.soat behuda yo‘qotilmaydi59.
Shuning uchun AQShda 1994-yildayoq “Flexiplace” dasturini amalga oshirishga kirishilib, 1000 nafar federal xizmatchilar o‘z uylarida ishlashga o‘tkazilgan edi. “Flexiplace” – xodimning ish faoliyatini idorada emas, balki o‘z uyida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda amalga oshirishidir60.
Virtual mehnat faoliyati Xalqaro Mehnat tashkilotining Munosib mehnat dasturi tamoyillariga to‘liq mos kelishi bilan ham ahamiyatlidir. Bunday usul mehnat faoliyatini insonparvarlashtirish, xodimga o‘z ish va dam olish vaqtini mustaqil rejalashtirish, yirik shaharlarda transport qatnovi juda tirbandligi sababli yo‘lga ketadigan vaqtni tejash va boshqa ko‘pgina qulayliklarni yaratadi.
Kichik biznesda aholi bandligini oshirishning yana bir muhim yo‘nalishlaridan biri – bu kasanachilikni rivojlantirishdir. Kasanachilik faoliyatining mamlakatimiz taraqqiyoti uchun ahamiyatini alohida ta’kidlagan holda, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov “… aholini turli shakldagi kasanachilik ishlariga jalb qilish, xalq hunarmandchiligini rivojlantirish, oilaviy tadbirkorlikni rag‘batlantirish – bandlikni ta’minlashning amalda o‘zini oqlagan ustuvor yo‘nalishlari bo‘lib qoladi” deb ta’kidlagan61.
Mamlakatimizning o‘ziga xosligi, ortiqcha mehnat zaxiralarining mavjudligi, aholining mehnatga bo‘lgan munosabati kasanachilikni faol sura’atlarda rivojlantirishni obyektiv zaruriyatga aylantirmoqda. Bundan tashqari, kasanachilikning yirik sanoat korxonalari bilan kooperatsiya aloqalariga kirishgan holda iqtisodiyotdagi muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni bajarish bu mehnat faoliyati turini yanada rivojlantirish kerakligini taqozo etmoqda. Bu vazifalarning eng asosiylaridan biri shuki, kasanachilik faoliyati iqtisodiy vaziyatni mo‘tadillashtirishga yordam beradigan o‘rta sinfning shakllanishiga olib keladi.
Kasanachilikning asosiy vazifalaridan yana biri – bu kasanachilarning yirik korxonalarga mehnat shartnomalari asosida yollanib ishlashlari chog‘ida ular o‘rtasida raqobat muhitini yaratishdan iborat. Bunday vaziyatda kasanachilar kooperatsiya aloqlarining uzilmasligi uchun o‘zlarining kasbiy mahoratlarini yanada oshirishga, yaratilayotgan mahsulotlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatini yanada takomillashtirishga, mahsulot ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini oshirishga harakat qilishadi.
Kichik biznesda bandlikning kasanachilik shakli kasanachilar uchun ham ish beruvchilar uchun ham juda afzal hisoblanadi. Jumladan, kasanachilar uchun kasanachilikning quyidagi afzalliklari mavjud:

Ish joyiga borib kelishdagi kundalik yo‘l xarajatlari va vaqtning tejalishi (ayniqsa, bu yordamchi qurilmalar bilan ta’minlangan jamoat transportidan foydalanishga muhtoj nogironlar uchun juda muhim)




Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling