Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning nazariy asoslari


Yillar Kichik biznesni ulushi (%)


Download 0.54 Mb.
bet18/29
Sana18.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1590112
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29
Bog'liq
Axmedov Fayzullaxo\'ja Bmi (2)

Yillar

Kichik biznesni ulushi (%)

1-sцenariy varianti

2-sцenariy varianti

2021

56,9

55,8

2022

56,8

57,0

2023

56,4

59,7

2024

55,2

66,8

Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, ta’sir etuvchi asosiy omillardan biri bo‘lgan kichik biznesda aholi bandligini oshirilishi yoki kredit miqdorining oshirilishi natijasida kichik biznesni YaIM dagi ulushi 2017 yilda 1-sцenariyda 56,9 foizni tashkil etsa, 2-sцenariy variantda 58,1 foizni tashkil etmoqda. Demak birinchi variantidagi o‘sish sur’atlariga nisbatan ikkinchi variant sцenariy variantda o‘sish sur’atlari ancha yuqori. Bundan kelib chiqib, ikkinchi sцenariy progressiv variant va birinchi sцenariy pessimistik variant deb hisoblashimiz mumkin(3.2-rasmga qarang).

3.2-rasm: Kichik bizneni YaIMdagi ulushini o‘rta muddatli davrga ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari (%).
3.2-rasmda ko‘rinib turibdiki, 2-variant bashorat sцenariysida kichik biznesni YaIMdagi ulushining yuqori o‘sish tendenцiyasiga ega bo‘lib, 1- variant bashorat sцenariysida esa pasayish sur’atiga egadir. Ya’ni, 2-variant sцenariysida 2017 yil bashorat ko‘rsatkichlarida kichik biznesni YaIMdagi ulushi 58,1 foizni tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2021 yilga kelib 60,9 foizni tashkil etishi prognoz qilinmoqda. Buni har ikki variant sцenariyalari bo‘yicha o‘tgan chiziqlarning orasidagi farqni ifodalovchi o‘zgarish oralig‘i koridori ham ko‘rsatib turibdi. Ushbu fikr-mulohazalarimizdan kelib chiqib biz, ikkinchi variant sцenariysini inerцion, optimistik variant sifatida va birinchi variant sцenariyasini pessimistik variant deb baholashimiz mumkin.
Kichik biznesda aholi bandligi ulushining o‘rtacha soni (𝑋1) ning 1 % ga kichik biznesni YaIMdagi ulushini o‘rtacha qiymati (𝑌̃) ning o‘rtacha qiymatidan 1,038 % ga ortishini; kichik biznesga ajratilgan kreditlar miqdori (𝑋2) ning 1 mlrd. so‘mga ortishi esa kichik biznesni YaIMdagi ulushining o‘rtacha qiymati 𝑌̃ ning o‘rtacha qiymatidan 173 % ga ortishini; soliq imtiyozlaridan foydalangan kichik biznes subyektlari sonining (𝑋3) ning 1 mingtaga ortishi esa kichik biznesni YaIMdagi ulushinining o‘rtacha qiymati 𝑌̃ ning o‘rtacha qiymatidan 0,063 % ga ortishini bildiradi. Kichik biznesni rivojlantirishning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini matematik modellar orqali prognoz qilish bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlarimiz natijasida quyidagi xulosalar shakllantirildi:
 iqtisodiy ko‘rsatkichlarni matematik modellar orqali tahlil qilishda unga ta’sir etuvchi asosiy omillarni aniq belgilash kerak va bog‘liqlik darajasini aniqlab regression tahlillarni amalga oshirish kerak;
 kichik tadbirkorlik subyektlariga berilgan soliq imtiyozlari miqdori ulardan foydalanganlar sonini ham inobatga olgan holda ko‘rsatkichlar qanchalik aniq ehtimollikda prognoz qilinsa mamlakatda investitsion muhitning rivojlanishiga ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi;
– kichik biznesni rivojlantirishning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini prognozlashda ilmiy asoslangan va jahonning rivojlangan davlatlari amaliyotida foydalaniladigan usullarni qo‘llagan holda yagona metodikasini ishlab chiqish kerak;
– iqtisodiy ko‘rsatkichlarni statistik ma’lumotlar asosida tahlil qilishda natijaga ta’sir etuvchi qanchalik ko‘proq omillar o‘rganilsa, kelgusi davr uchun prognoz ko‘rsatkichi shunchalik aniqroq bo‘lishiga erishiladi;
– regression modellar orqali prognozlash eng keng tarqalgan usullardan biri hisoblanadi va tahlil amalga oshirilganda aniqroq ko‘rsatkichga ega bo‘lishi uchun, ko‘p yillik ma’lumotlardan foydalanish maqsadga mos keladi;
– ekonometrik tahlillarning ko‘rsatishicha kichik biznesda band bo‘lgan aholini oshishi, ajratilayotgan kreditlar miqdorini oshishi va soliq imtiyozlari ko‘lamini oshirilishi kichik biznesni YaIMdagi ulushi va soliq tushumlarini kamaytirmaydi, aksincha iqtisodiy o‘sishini ta’minlaydi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, kichik biznesni rivojlantirishning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini tahlil qilish va istiqbolini aniq prognoz qilish, mamlakatimizda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga, tadbirkorlikka qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling