Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning nazariy asoslari
Download 0.54 Mb.
|
Axmedov Fayzullaxo\'ja Bmi (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- XULOSA VA TAKLIFLAR
III bob bo‘yicha xulosa
Franshizing – kichik va yirik biznes subyektlarining biznesni birgalikda yuritish usulidir. Bunda kichik biznes subyekti kompaniyaning mashhur savdo belgisidan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi, u ushbu savdo belgisi ostida tovar ishlab chiqarish usullariga o‘rgatiladi. Kichik biznes subyektlari o‘z faoliyatini autsorsing (inglizcha “outsourcing” – “o‘zganing resurslaridan foydalanish” so‘zidan) usuli orqali ham yuritishlari va qo‘shimcha ish joylari tashkil qilish imkoniyatiga ega bo‘lishlari mumkin. Bugungi globallashuv va integratsion jarayonlarning tobora tezlashib borayotganligi sharoitida yirik korxonalar uchun faoliyatlari bilan bog‘liq hamma vazifalarni faqat o‘z xodimlarining kuchi bilan bajarish hamisha ham iqtisodiy jihatdan manfaatli bo‘lmaydi. Bu funksiyalarning bir qismini bevosita ana shu vazifalarni bajarishga ixtisoslashgan kichik firmalarga topshirish – autsorsingdir. Kichik biznesda aholi bandligini oshirishning yana bir muhim yo‘nalishlaridan biri – bu kasanachilikni rivojlantirishdir. Kasanachilikning yirik sanoat korxonalari bilan kooperatsiya aloqalariga kirishgan holda iqtisodiyotdagi muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni bajarish bu mehnat faoliyati turini yanada rivojlantirish kerakligini taqozo etmoqda. Bu vazifalarning eng asosiylaridan biri shuki, kasanachilik faoliyati iqtisodiy vaziyatni mo‘tadillashtirishga yordam beradigan o‘rta sinfning shakllanishiga olib keladi. Kichik biznes subyektlarining innovatsion faoliyatini rivojlantirish doimiy ravishda o‘zgarishni, yangi g‘oya, yangi tovar modifikatsiyasi va boshqa yangiliklarni joriy qiluvchi tashkiliy formalarni joriy qilishni nazarda tutadi. Innovatsion tadbirkorlik faoliyati uchun kichik korxonalarda yaratilgan yangilikni tijorat maqsadida ishlata oladigan bilim va intuatsiyaga ega bo‘lgan mutaxassis kerak. XULOSA VA TAKLIFLAR Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish sharoitida jahonning rivojlangan mamlakatlar tajribasidan ayon bo‘lmoqdaki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatni barqaror rivojlantirish va iqtisodiy faollikni ta’minlashning asosiy omildir. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bozor konyunkturasi o‘zgarishlari va iste’molchi ehtiyojlariga tezda moslasha oladigan, ko‘p mablag‘ talab etmaydigan, tezlikda iqtisodiy qarorlarni qabul qila oladigan, yangi texnika-texnologiyalarni va yangiliklarni tez qabul qila oladigan va mehnat unumdorligi yuqori bo‘lgan faol xo‘jalik subyekti sifatida namoyon bo‘lmoqda. Bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish mamlakatda o‘rta mulkdorlar sinfini shakllantirish, ichki bozorni nisbatan arzon va sifatli zaruriy tovar va xizmatlar bilan to‘ldirish, yangi ish o‘rinlari yaratishga, shuningdek ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni eksportga yo‘naltiri orqali mamlakatimizning eksport salohiyatini rivojlantirishga alohida e’tibor e’tibor berilmoqda. Innovatsion iqtisodiyotga o‘tish sharoitida va bugungi butun dunyoga xavf solib turayotgan COVID-19 pandemiyasi sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish quyidagi afzalliklarni taqdim etadi: ishlab chiqarishga yangi texnika va texnologiyalarni jalb etib, moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga zamin yaratadi. Innovatsiyalardan foydalanish hajmining ortishi esa iqtisodiyotda raqobat muhitini shakllantirilishiga olib keladi; moddiy, moliyaviy va mehnat resurslarini samarali taqsimlanishiga ijobiy tasir ko‘rsatib, real va moliya sektorlarining mutanosib faoliyatini ta’minlaydi va barqaror iqtisodiy o‘sish uchun zamin yaratadi; jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni kafolatlovchi tadbirkorlar qatlamini shakllantirib, iqtisodiy jihatdan faol bo‘lgan aholi ulushini ko‘paytiradi va boshqalar. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiy faollikni ta’minlashdagi o‘rni quyidagilarda namoyon bo‘ladi: Innovatsion va investitsion faoliyatning rivojlanishi kuzatiladi. Bunda kichik biznes subyektlarining innovatsiyalarni tezda qabul qila olishi yordam beradi; Zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarining takomillashishi amalga oshadi. Chunki, kichik biznes subyektlarida iste’molchi xohish-istaklarini inobatga olgan holda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatlari nisbatan yuqori bo‘ladi; Aholi samarali bandligi ta’minlanadi. Iqtisodiy rivojlanishning hozirgi bosqichida ijtimoiy muammolardan biri hisoblangan ishsizlik muammosini hal qilish, aholining samarali bandligini ta’minlashda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik dasturulamal bo‘lib xizmat qiladi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik aholi bandligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi va bu quyidagilarda namoyon bo‘ladi: Kichik biznesda bandlikning o‘ziga xos xususiyati iqtisodiy faoliyatning boshqa sohalariga qaraganda norasmiy tartib-qoidalar va amaliyotlarning nisbatan keng tarqalganligi hisoblanadi; Kichik biznes korxonalarida moslashuvchan ish grafigi, ya’ni to‘liq bo‘lmagan ish kuni yoki haftasining mavjudligi aholini ko‘proq jalb etib, samarali bandlikni ta’minlashga xizmat qiladi; Mehnat munosabatlarini rasmiylashtirishning o‘zgaruvchanligi kichik biznesning barcha qatlamlari va ushbu sohada ishlaydigan xodimlar uchun yirik korxonalar bilan solishtirganda ancha yuqoridir. Iqtisodiy faollikni ta’minlashda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida quyidagi takliflar ishlab chiqildi: Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish, bunda rivojlangan mamlakatlar tajribasini o‘rganish va uning imkoniyatlaridan foydalanish maqsadga muvofiq; kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakat yalpi mahsulot ishlab chiqarishdagi ulushini ko‘paytirish va iqtisodiy faollikni ta’minlash maqsadida sohaga kredit ajratish mexanizmini takomillashtirish va kichik biznes korxonalari faoliyatini rivojlantirishga xorijiy kredit liniyalaridan mablag‘lar jalb etishni kengaytirish; Kichik biznesda yuqori unumli ish o‘rinlari yaratishning yangi shakllarini joriy etishni jadallashtirish, bunda franshizing, autsorsing, subkontrakting va virtual ish joylarini tashkil etish mexanizmlaridan keng foydalanish; Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda innovatsion faollikni rivojlantirish. Chunki, korxonalarda ishlatiladigan texnologiyalar va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni innovativ ravishda yangilash - iqtisodiy faollikning asosi bo‘lib, turli xil yuqori sifatli tovar va xizmatlarda aholining doimiy o‘sib borayotgan ehtiyojlarini qondiradi, pirovardida esa raqobatbardoshlikni oshirishga yordam beradi. Bunda innovatsion infratuzilma obyektlari faoliyatini samarali tashkil etish va takomillashtirish, shuningdek, venchur biznesini yanada rivojlantirish ayni muddao hisoblanadi. Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish mamlakatda iqtisodiy faollikni ta’minlaydi. Ishlab chiqarish jarayonining takomillashuvini, zamonaviy va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni amalga oshiradi. Aholi samarali bandligini ta’minlab, pirovardida esa aholi daromadlarini oshirib, turmush darajasini yaxshilashga xizmat qiladi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling