Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning nazariy asoslari
-rasm. Kichik biznes innovatsion faoliyatining ilm-fan sig‘imi katta bo‘lgan iqtisodiyot sohalari63
Download 0.54 Mb.
|
Axmedov Fayzullaxo\'ja Bmi (2)
3.6-rasm. Kichik biznes innovatsion faoliyatining ilm-fan sig‘imi katta bo‘lgan iqtisodiyot sohalari63
Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish sharoitida kichik biznes ilmiy ishlanmalar va innovatsiyalarni ishlab chiqarishga joriy etishni amalga oshirishda eng faol va samarali xo‘jalik yurituvchi subyektga aylangan. Ular hissasiga fan-texnika sohasiga kiritilayotgan investitsiyalarning 2-5 foizi to‘g‘ri kelgan holda, kichik innovatsiya firmalari jahon innovatsiya bozoridagi litsenziarlarning 50 foizini tashkil etadi. Sanoatning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, biologiya, farmasevtika kabi eng zamonaviy sohalaridagi xodimlar soni 100 nafargacha bo‘lgan korxonalarning 80 foizdan ko‘prog‘i kichik biznes tuzilmalaridir64. Shuni ta’kidlash joizki, kichik biznes subyektlarining innovatsion faoliyatini rivojlantirish ko‘p jihatdan uning boshqaruv tizimining samaradorligiga bog‘liqdir. Kichik biznes subyektlarining innovatsion faoliyatini rivojlantirishdan maqsad butun ishlab chiqarish tizimini yangilash hisobiga ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ilmiy-texnik, intellektual va iqtisodiy salohiyatdan samarali foydalanish asosida kichik biznes subyektlarining raqobatbardoshligini oshirishdan iboratdir. Kichik biznes subyektlarining innovatsion faoliyatini rivojlantirish doimiy ravishda o‘zgarishni, yangi g‘oya, yangi tovar modifikatsiyasi va boshqa yangiliklarni joriy qiluvchi tashkiliy formalarni joriy qilishni nazarda tutadi. Innovatsion tadbirkorlik faoliyati uchun kichik korxonalarda yaratilgan yangilikni tijorat maqsadida ishlata oladigan bilim va intuatsiyaga ega bo‘lgan mutaxassis kerak. Kichik biznesning innovatsion faoliyati ilm-fan sig‘imi katta bo‘lgan iqtisodiyot sohalarida amalga oshirilishini nazarda tutadi(3.3-rasm). Ushbu sohalarga, odatda, sanoatning 4 tarmog‘i: aerokosmik sanoat, kompyuterlar ishlab chiqarish, idora buyumlari ishlab chiqarish va kommunikatsiyaning electron vositalarini ishlab chiqarish kiritiladi. Xizmatlar ko‘rsatish sohasida esa ilm-fan sig‘imi katta hisoblanadiganlar aloqaning zamonaviy tarmoqlari, moliyaviy xizmatlar, ta’lim, sog‘liqni saqlash va biznes xizmatlaridir (dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, maslahat, marketing va boshqa xizmatlar)65.Bizning fikrimizcha, kichik biznes subyektlarining innovatsion faoliyatini rivojlantirish va ular faoliyatiga innovatsion texnologiyalarni joriy etish quyidagi omillar hisobiga muhim sanaladi: birinchidan, kichik biznesning ixcham va harakatchanligi, bozor konyunkturasi o‘zgarishlari va iste’molchilar ehtiyojlariga nisbatan tez moslasha olish xususiyatlariga ega ekanligi innovatsion texnologiyalarni joriy etishda yirik korxonalarga nisbatan yuqori tavakkalchilikning pastligi jihatidan yaxshi samara beradi; ikkinchidan, kichik biznes subyektlarining yangiliklarni tezkorlik bilan o‘zlashtira olish salohiyati ularga innovatsiyalarni tijoratlashtirishdan yuqori daromad olish imkoniyatini beradi; uchinchidan, kichik biznes subyektlari faoliyatiga innovatsion texnologiyalarning joriy etilishi ularni yuqori tranzaksion xarajatlarni kamaytirib, rentabellik ko‘rsatkichlarini oshiradi; to‘rtinchidan, kichik biznes subyektlari faoliyatiga boshqaruvning innovatsion texnologiyalarini joriy etilishi ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tannarxini kamaytirish, tovar va xizmatlar nomenklaturasini oshirish, yangi tovarlar turlarini sotish hajmlarini kengaytirish va mahsulot sotishning istiqbolli bozorlarini o‘zlashtirish hisobiga ularning eksport salohiyati va raqobatbardoshligini oshiradi. Bugungi kunda kichik biznesda innovatsion faoliyatni rivojlantirishning zamonaviy shakllaridan biri – bu venchur innovatsion tadbirkorligidir. Venchur (inglizcha “venture” – “tavakkalchilik tashabbusi” so‘zidan) tadbirkorligi – innovatsion tavakkalchilik loyihalarini amalga oshirishga ixtisoslasjgan, aksariyat hollarda kichik biznes subyektlari tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatdir. Venchur biznesi mohiyat jihatidan muayyan mablag‘ning yangi, hali hech kimga ma’lum bo‘lmagan va o‘zini oqlashi mavhum, ya’ni tavakkalchilik loyihasiga kiritishdir. Qayd etish joizki, venchur kapital xususiy biznesni moliyalashtirishning muqobil manbai sifatida AQShda paydo bo‘lgan, keyinchalik Yevropada shakllangan. AQShda rasmiy venchur kapital sohasiga mansub bo‘lgan tijorat-moliya tashkilotlari keng tarqalgan. Ularning faoliyat maqsadi pul mablag‘larini yig‘ib, foyda olish uchun bir muncha manfaatli loyihalarni moliyalashtirishdan iborat.Quyidagi 3.5-rasmda venchur loyihasini amalga oshirish bosqichlari ko‘rsatilgan. Biznes g‘oyasi bosqichida g‘oyalar bozoridagi konyunktura, taklif etilayotgan innovatsion mahsulotlar (xizmatlar), ularning iqtisodiy samaradorligi tahlil etiladi. Ikkinchi bosqichda esa tanlab olingan loyihani amalga oshirish uchun kichik venchur biznesi subyekti tashkil etiladi. Uchinchi, ya’ni rivojlanish bosqichida kichik venchur biznesi subyektining rivojlanishi, subyekt ishlab chiqarish quvvatlarining kengaytirilishi, xodimlar sonining ortishi tahlil qilinadi. Kichik venchur biznes subyektining tugatilish bosqichida esa fond birjasida ushbu subyekt aksiyalari qiymatining ortishi (aksiyalarni sotishdan foyda olish imkoniyati) kuzatiladi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling