3.3. Kichik biznes korxonalarida innovatsion faollikni oshirish yo‘llari
Bugungi kunda taraqqiyot tendensiyasida barqaror iqtisodiy o‘sishning samarali resurslaridan biri sifatida iqtisodiyotni innovatsion rivojlanishini rag‘batlantirish birinchi o‘ringa qo‘yilmoqda. Barcha rivojlangan mamlakatlar o‘zlarining yuksak taraqqiyot darajasiga fan va texnikada erishilgan eng so‘nggi innovatsiyalarni ishlab chiqarishga tez va keng ko‘lamli joriy etish hisobiga erishmoqdalar. Zero, zamonaviy taraqqiyotni innovatsion faoliyatning natijasi sifatida olinadigan intellektual mahsulotsiz tasavvur bo‘lmaydi.
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi va raqobat muhitining kuchayib borishi, mahsulotlar hayotiylik davrining keskin qisqarishi, bozor konyunkturasi va iste’molchilar ehtiyojlarining tez o‘zgarishi jarayonlari bugungi kunda har bir xo‘jalik yurituvchi subyektdan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini ishlab chiqishni hayotiy zaruriyatga aylantirmoqda. Bu esa ularning innovatsion faoliyatini rivojlantirishni talab qilmoqda.
Kichik biznes innovatsion faoliyatining ilm-fan sig’imi katta bo‘lgan iqtisodiyot sohalari
Biznes xizmatlari (dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, maslahat, marketing va boshqa xizmatlar)
Sog’liqni saqlash
Ta’lim
Moliyaviy xizmatlar
Ilm-fan sig’imi katta bo‘lgan xizmat ko‘rsatish sohalari
Ilm-fan sig’imi katta bo‘lgan sanoat sohalari
Aerokosmik sanoat
Aloqaning zamonaviy turlari
Kompyuterlar ishlab chiqarish
Idora buyumlari ishlab chiqarish
Kommunikatsiyaning elektron vositalarini ishlab chiqrish
Farmasevtika
Do'stlaringiz bilan baham: |