Kichik biznesda innovatsion faoliyat Kirish


Download 19.04 Kb.
Sana14.05.2023
Hajmi19.04 Kb.
#1458930
Bog'liq
Biznes va tadbirkorlik



Kichik biznesda innovatsion faoliyat

Kirish
So`nggi yillarda yurtimizda kichik biznes va tadbirkorlikka alohida e’tibor qaratilib uni rivojlantirishda ko`pgina chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev: “Bizning bosh vazifamiz – tadbirkorlikni rivojlantirishni rag’batlantirish uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratishni ta’minlashdir. Biznes bilan shug’ullanayotgan har kishida davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanishiga astoydil ishonch bo’lishi shart. Odamlar biznes bilan shug’ullanishdan manfaatdor bo’lishi zarur. Tadbirkor va xalq boy bo’lsa – mamlakat ham boy bo’ladi”1 deya ta’kidlagan.
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida ham iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishini rag’batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Bu strategiyaning uzviy davomi hisoblangan O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishga qaratilgan Taraqqiyot strategiyasida ham bu yo’nalishlarga alohida e’tibor berilgan.
Bugungi kunda tadbirkorlikni innovatsion rivojlantirish, faol tadbirkolik faoliyatini qo’llab-quvvatlash, ya’ni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda innovatsion faoliyatni tashkil etish, rivojlantirish obyektiv zaruriyat kasb etgan masalalardan biriga aylandi. Zero, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek: “Faol tadbirkorlik biznes faoliyatini innovatsion, ya’ni zamonaviy yondashuvlar, ilg’or texnologiya va boshqaruv usullari asosida tashkil etadigan iqtisodiy yo’nalishdir”.2


  1. Kichik biznes korxonalarida innovatsion faoliyat va uning xususiyatlari.

Iqtisodiyotning tobora integratsiyalashib borayotganligi sababli innovatsiyalar jahon iqtisodiyotining barcha sohalarida zamonaviy rivojlanish mazmuniga aylanib ulgurgani barchaga ayon va bunga innovatsiya faoliyatini samarali tashkil etish va rivojlantirish orqali erishilganligini hisobga olsak, innovatsiya faoliyatining mazmun-mohiyatini bilish zarurligini anglab yetish mumkin.
Innovatsiya faoliyatining bugungi kunda hayotimizning mazmuniga aylanib borayotganligi va o’z kelajagimizni qurishda maqsadlarimizni amalga oshirish jarayoniga tobora chuqur kirib borayotganligi, shu bilan bir qatorda yangi-yangi imkoniyatlarni taqdim etayotganligi mazkur atamaning mazmunini o’rganishga bo’lgan qiziqish hamda intilishlarni tobora kuchaytirib bormoqda. Shu munosabat bilan ko’plab iqtisodchi-olimlar tomonidan innovatsion faoliyatga doir turli talqindagi ta’riflar keltirilmoqda. Ular bir-biridan keskin farq qilmasa-da, lekin innovatsiyaning ma’lum bir jihatlari, xususiyatlari orqali tafovutni sezish mumkin. Quyida innovatsion faoliyat tushunchasiga berilgan ba’zi ta’riflarni keltiramiz.
Rus olimlaridan Folomyev A.N. “Innovatsiya faoliyati – tugallangan ilmiy-tadqiqotlar va ilmiy izlanishlar natijalarini o’tkazishga qaratilgan jarayon” degan tushunchani keltirgan bo’lsa, Glushenko V.V. va Glushenko I.I. tomonidan berilgan ta’rifga ko’ra: “innovatsiya faoliyati – ishlab chiqariluvchi mahsulot nomenklaturasini kengaytirish, yangilash va sifatini oshirish uchun ilmiy-tadqiqot va ishlanmalar natijalaridan foydalanish, ularning kelgusi joriy etilishi bilan bog’liq texnologiyalarni takomillashtirish va ichki hamda tashqi bozorlarda samarali amalga oshirilishiga yo’naltirilgan faoliyat”ni anglatadi.
O’zbekistonda ham innovatsiya sohasida keng ko’lamda ilmiy-izlanish va tadqiqotlar olib borayotgan iqtisodchi olimlar bo’lib, ular ham innovatsiya va innovatsion faoliyat sohasiga o’z tadqiqotlari asosida turli talqindagi ta’riflarni keltirganlar.
Jumladan, E.Egamberdiyev va X.Xo’jaqulovlar tomonidan berilgan ta’rifga ko’ra “Innovatsiya faoliyati – texnika va texnologiya yangiliklarini joriy etish bilan bog’liq faoliyat”dir. Ushbu tushunchaga berilgan ta’riflarni ko’plab keltirish mumkin, albatta. Biz o’z tadqiqotlarimiz asosida “Innovatsion faoliyat” tushunchasiga quyidagicha ta’rifni keltirib o’tmoqchimiz: “Innovatsiya faoliyati – bu har qanday faoliyat sohasida yuqori samaraga erishish maqsadida zamonaviy texnika va texnologiyalarni qo’llash, takomillashgan menejment usullarini qo’llash bilan bog’liq bo’lgan ilmiy faoliyatdir”.
Innovatsion faoliyatning mohiyati birinchidan, amaliyotga yangi, takomillashgan ishlab chiqarishni joriy etish, ikkinchidan, mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining barcha turlarini qisqartirish, uchinchidan, ishlab chiqariladigan mahsulotlar narxlarini pasaytirishda ularni iste’mol va sifat xususiyatlarini doimiy ravishda oshirib borish bilan izohlanadi.
Innovatsion faoliyat qatoriga quyidagilarni kiritish taklif etiladi:
- Amaliyotda qo’llash uchun mo’ljallangan yangi va takomillashtirilgan mahsulot, texnologik jarayon yaratish bo’yicha ilmiy-tadqiqotchilik, tajriba-konstruktorlik ishlar bajarish;
- Yangi mahsulot chiqarish, yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon joriy etish uchun ishlab chiqarishni har tomonlama tayyorlash va texnologik qayta jihozlash;
- Takomillashtirilgan mahsulot chiqarish, yangi takomillashtirilgan texnologik jarayonni sinab ko’rishni amalga oshirish;
- Xarajatlar o’zini oqlashiga qadar yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon qo’llash, yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot chiqarish;
- Yangi mahsulotni bozor tomon harakatlantirish bo’yicha faoliyat;
- Innovatsion infratuzilma yaratish hamda uni rivojlantirish;
- Innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini oshirish;
- Sanoat mulki obyektlari yoki maxfiy ilmiy-texnik axborotlarga egalik huquqini boshqalarga berish, xarid qilish;
- Yangi, takomillashtirilgan mahsulot, takomillashtirilgan texnologik jarayon yaratish va amaliyotda qo’llash bo’yicha ekspertiza, maslahat, axborot, yuridik va boshqa xizmatlar ko’rsatish;
- Innovatsion faoliyatni moliyalashtirishni tashkil etish.
Amalga oshiriladigan har qanday faoliyatning o’z obyekti hamda subyekti bo’lganidek, innovatsiya faoliyatining ham obyekti va subyekti mavjud. Mamlakat hududida joylashgan mulk shakli va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar, korxonalar tominidan texnika va texnologiyalarni ishlab chiqish innovatsiya faoliyati obyekti hisoblanadi. Innovatsion faoliyat subyektlari esa quyidagilar hisoblanadi:
-Innovatsion faoliyat bilan shug’ullanadigan yuridik hamda jismoniy shaxslar;
-Innovatsiyalarni amalga oshiruvchi turli mulkchilik shaklidagi innovatsion tashkilotlar;
-Innovatsion faoliyat jarayonida amalga oshiriladigan intellektual mulk egalari;
-Innovatsiyalarni joriy etish va amalga oshirishga sarmoya kirituvchi Investorlar;
-Banklar, korporatsiyalar, lizing firmalari va h.k.;

Innovatsion jarayonga xizmat ko’rsatadigan hamda uning infratuzilmasini ta’minlaydigan vositachilar: konsalting va injiniring firmalari, texnologik inkubatorlar, texnopark hamda texnopolislar, axborot markazlari va boshqalar. Innovatsiya faoliyati subyektlari huquqlari tegishli qonun hujjatlari, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan kafolatlanadi.


Innovatsion faoliyat obyektlari va subyektlari orasidagi samarali faoliyatning mavjud bo’lishi bevosita innovatsion infratuzilmaga borib taqaladi, albatta. Shuning uchun ham innovatsion faoliyatning amal qilishiga ko’maklashuvchi, turli tashkilotlardan tashkil topgan innovatsion infratuzilmaning shakllanishi zarur.
Innnovatsion infratuzilma – bu tashkiliy, boshqaruv, moddiy-texnik, moliyaviy, axborot, kadrlar bo’yicha, konsalting va boshqa xizmatlarni mujassamlagan, innovatsiya loyihalarini amalga oshirishga imkon beruvchi innovatsiya faoliyati subyektlarining majmuasidir (1-rasm).
-Innovatsion infratuzilma g’oyalar ishlab chiqaruvchi innovatorlar hamda bu g’oyalarni muayyan mahsulot va xizmatlarda mujassam etuvchi innovatorlarning mehnatini taqsimlash asosida shakllantiriladi. Ushbu mehnat turlari o’zaro bog’liq bo’lib, lekin shu bilan bir qatorda o’ziga xos hisoblanadi – agar “innovator-generator” yangi g’oyalar ishlab chiqishni tashlab, o’zining ishlanmalarini sanoat, texnologik jihatdan amalga oshirishga va ayniqsa, muayyan marketingga “yetkazish” bilan shug’ullanadiga bo’lsa, bunday holatda shu vaqt davomida yangi g’oya ishlab chiqish jarayoni sezilarli darajada sekinlashib boradi yoki umuman to’xtab qoladi, bu esa kelgusida yuqori ixtisoslashuv orqali yangi g’oyalarni oxiriga yetkazish bilan shug’ullanuvchilar ish bilan ta’minlanishiga hamda ish joylariga ta’sir ko’rsatib boradi. Bu orqali infratuzilma ta’minotining bozor variantlari va bunday taqsimlashning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi kelib chiqishini ko’rish mumkin.
Download 19.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling