Kichik biznesni rivojlantirishda inson resurslarini boshqarishning ahamiyati


Composition of master's dissertation


Download 116.4 Kb.
bet5/20
Sana07.02.2023
Hajmi116.4 Kb.
#1172435
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
2 Nahalbayev Lazizjon Bazarovich (2)

Composition of master's dissertation: The composition of the dissertation consists of an introduction, three chapters, 6 paragraphs, a conclusion and a list of references.

Research advisor; i.f.d., prof. Rasulova D.V.
Master: Nahalbayev .L.B
Kirish………………………………………………………………………..7
Mundareja
I BOB Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida inson resurslarini boshqarishning tutgan o’rni va strategiyasi.



    1. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida inson resurslarini boshqarish ahamiyatining o’sishi………………………………………………………..9

    2. Inson resurslarini boshqarish xususiyatlari………………………………10-14

Bob yuzasidan xulosalar…………………………………………………….…15-16

II BOB KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIKNING MOHIYATI



    1. Kichik biznes boshqaruvining faoliyatini rejalashtirish usullari………..…17-29

    2. Kichik biznes boshqaruvida tadbirkorlik o‘rni…………………………….30-39

Bob yuzasidan xulosalar………………………………………………………40-41

III BOB Kichik biznes rivojlantirish jarayonida inson resurslarini boshqarish.


3.1 Kichik biznes rivojlantirish jarayonida inson resurslarini boshqarish, aholi bandligi va daromadlarini oshirish………………………………………….…42-47


3.2 Kichik beznesni rivojlantirishda Inson kapitaliga sarmoya Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti kafolati………………………………………………………..……48-75
Bob yuzasidan xulosalar…………………………………………………….……76
Umumiy tavsiya va xulosalar………………………………………………………
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………….…77-80

Kirish
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlis va Oʼzbekiston xalqiga Murojaatnomasida: Bugungi kunda Oʼzbekiston jahon siyosati markazlaridan biriga aylanayotgani, xalqaro hamjamiyat buni keng eʼtirof etayotgani ham ayni haqiqatdir.


Shanxay hamkorlik tashkiloti va Turkiy davlatlar tashkiloti sammitlari hamda oʼnlab yuqori darajadagi xalqaro anjumanlarga mezbonlik qildik va muhim tashabbuslarni ilgari surdik. Bularning barchasi mamlakatimizning xalqaro nufuzi tobora ortib borayotganidan dalolat beradi.
Mana shunday katta yutuqlarga erishishda fidokorona mehnati bilan munosib hissa qoʼshgan har bir yurtdoshimizga oʼz minnatdorligimni bildiraman.
Jahonning ilm-fan, madaniyat va sport shohsupalarida bayrogʼimizni baland koʼtarayotgan oʼgʼil-qizlarimiz, shijoatli yoshlarimizga yangi-yangi zafarlar tilayman. Ular bizning faxrimiz-gʼururimizdir.
Chegaralarimiz daxlsizligi va tinchligimizni koʼz qorachigʼidek himoya qilib kelayotgan Vatanimiz posbonlariga ham ezgu tilaklarimni yoʼllayman.
Qadrli faxriylarimiz, muhtarama opa-singillarimiz, tadbirkor va fermerlarimizga hurmat-ehtiromimni izhor etaman.
Islohotlarimizni qoʼllab-quvvatlab kelayotgan xorijiy hamkorlarimizga, bugungi anjumanda qatnashayotgan diplomatik korpus vakillariga ham tashakkurlarimni aytaman.
Аlbatta, erishayotgan barcha yutuqlarimiz, inson qadri ulugʼ boʼlgan diyor – Yangi Oʼzbekistonni barpo etish yoʼlidagi dastlabki natijalardir. Biz bunyodkor xalqimiz bilan birga bunday ezgu ishlarni davom ettiramiz va oldimizga qoʼygan katta-katta marralarga albatta erishamiz.
Hurmatli yurtdoshlar, qadrli mehmonlar!
Hammamiz koʼrib-bilib turibmiz – bugun insoniyat nihoyatda murakkab davrni boshidan kechirmoqda. Yer yuzida iqlimning keskin oʼzgarishi, suv va boshqa tabiiy resurslar kamayishi bilan bogʼliq muammolar katta xatarlarga aylanmoqda.
Xalqaro munosabatlarda oʼzaro ishonch kamayib, qarama-qarshilik va mojarolarning ortishi barqarorlik va rivojlanishga jiddiy xavf solmoqda.
Аfsuski, bunday xavf-xatarlar bizni ham chetlab oʼtmayapti.
Qoraqalpogʼistonda shu yil yoz oyida sodir boʼlgan noxush voqealar butun el-yurtimizni qattiq qaygʼuga soldi. Xudoga shukur, koʼp millatli xalqimizning oqilligi va donishmandligi bilan vaziyat tezda izga tushdi.
Biz uchun “Qoraqalpogʼistonning yutugʼi – butun Oʼzbekistonning yutugʼi, Qoraqalpogʼistonning tashvishi – butun Oʼzbekistonning tashvishi” degan gʼoya hamisha amaliy harakat dasturi boʼlib kelgan va bundan keyin ham shunday boʼlib qoladi.
Taʼlim sifatini oshirish – Yangi Oʼzbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona toʼgʼri yoʼlidir.
Yusuf Xos Hojib bobomiz aytganlaridek:
“Zakovat bor joyda ulugʼlik boʼladi,
Bilim bor joyda buyuklik boʼladi”.
Shuning uchun ushbu sohada boshlagan islohotlarimizni davom ettirishimiz, taʼlim dargohlariga borib, oʼqituvchi va murabbiylar bilan koʼproq muloqot qilib, oʼquv-tarbiya ishlari sifatini oshirish boʼyicha ular qoʼygan masalalarni birgalikda hal etishimiz kerak.
Biz kelgusi yil Davlat dasturiga xalqimiz koʼtargan barcha masalalarni aniq yechimlari bilan kiritamiz. Ushbu jarayonlarda deputat va senatorlar, mahalla vakillari, ziyolilar, yoshlar, tadbirkorlar va keng jamoatchiligimizdan faol boʼlishlarini, yangi-yangi taklif va tashabbuslar bildirishlarini soʼrayman.
Hurmatli deputat va senatorlar!
Endi 2023 yildagi ustuvor yoʼnalishlarga toʼxtalib oʼtmoqchiman.
Birinchi yoʼnalish. Ixcham va samarali davlat boshqaruv tizimiga oʼtishni taklif qilaman.
Nima uchun soʼzni aynan shu yoʼnalishdagi islohotdan boshlayapman?
Oldinlari eʼtibordan chetda qolib, “yoʼq boʼlib ketish” arafasida boʼlgan sohalarni “oyoqqa turgʼizish” uchun olti yil davomida yangi vazirlik va idoralarni tashkil qilishga toʼgʼri keldi. Shunday qilishga majbur edik, aks holda hozirgi yutuqlarimiz boʼlmas edi.
Imom Moturidiy bobomizning: “Elu yurt bilan hamdard boʼlib yashagin, toki xalq hamisha sen bilan birga boʼlgay”, degan hayotiy hikmati har bir vazir, har qaysi rahbarning ongi, qalbi va harakatida muhrlanishi lozim.
Davlat vakillari oʼzining halol mehnati, oddiyligi, xalqsevarligi, samimiyligi va fidoyiligi bilan odamlarimiz mehrini qozonishi kerak.
Endi vazirlarning siyosiy masʼuliyati oshirilib, Hukumat qarorlari loyihalari, mamlakatimiz hayotiga oid muhim ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bevosita vazirlar ishtirokida kollegial hal etiladi.
Bir tanu bir jon boʼlib harakat qilsak, men ishonaman, el-yurtimiz intilayotgan Yangi Oʼzbekistonni albatta barchamiz birgalikda bunyod etamiz1.
Ayni paytda mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy muammolarni echa oladigan, avvalo, uni teran anglaydigan, islohotlar jarayonida jonkuyarlik qila oladigan, ma‘naviy-ahloqiy barkamol, qodir shaxslarni boshqaruv bo’g’inlariga ko’proq jalb etish asosiy va bosh masala hisoblanadi. Ko’rsatilgan muammolarni hal etish uchun ―Inson resurslarini boshqarish fanini o’qish va o’rganish maqsadga muvofiqdir.

Download 116.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling