Kichik biznesni rivojlantirishda inson resurslarini boshqarishning ahamiyati


Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi


Download 116.4 Kb.
bet6/20
Sana07.02.2023
Hajmi116.4 Kb.
#1172435
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
2 Nahalbayev Lazizjon Bazarovich (2)

Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi: Bugungi kunda iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida qator ijtimoiyiqtisodiy masalalarni hal etish inson resurslaridan samarali foydalanishni talab qiladi. ―Inson resurslarini boshqarish oldida turgan muammolar bugungi kunda iqtisodiy, ijtimoiy fanlar va ta‘limda eng dolzarb hamda yyechimini kutayotgan masalalardan biri hisoblanadi. Respublikamizda bozor munosabatlarining samarali joriy etilishi birinchi navbatda inson resurslaridan samarali foydalanishga bog’liq. Biz uchun faqat bitta ustuvorlik – inson manfaatlari ustuvorligi muhim ahamiyatga ega, mehnatga haq to’lash darajasi va aholi daromadlarini keskin oshirish, mamlakatda iste‘mol bozorini rag’batlantirish siyosatini davom yettirish uchun ishonchli baza yaratilmoqda.
Bu borada inson resurslaridan oqilona foydalanish, insonlarni kasb mahoratini va sog’lig’ini mustahkamlash ushbu fanning asosini tashkil etadi. Shuning uchun zamonoviy usul va tamoyillardan korxona va tashkilotlarda inson resurslarini boshqarishda bilim va ko’nikmalarga ega bo’lish dolzarb hisoblanadi. Shunday ekan, iqtisodiyotni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilishning lokomotiviga aylanishi mumkin bo’lgan tarmoq va korxonalar, hududlar darajasida inson resurslarini boshqarish hozirgi kunnning eng dolzarb muammolari yechimini topish yo’llarini ―Inson resurslarini boshqarishni mukammal egallash orqali erishish mumkin. Hayotimizning barcha sohalarida inson resurslarini boshqarishda, yangicha fikrlaydigan, qiyin damlarda mas‘uliyatni o’z zimmasiga ola biladigan, hayot bilan hamqadam yurishga qodir, imoni pok, bilimdon, ishbilarmon odamlarni topish, ularga ishonch bildirish hamda ular tomonidan xodimlarni boshqarishda zamonaviy usullardan foydalanish eng dolzarb masalalaridan biridir.


Ilmiy yangiligi. Dissertatsiya ishining asosiy ilmiy yangiliklari quyidagilardan iborat:
-Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida inson resurslarini boshqarish ahamiyatini tahlil qilish
-Inson resurslarini boshqarish xususiyatlari va uning biznesda tutgan o’rnini aniqlash.
- Kichik biznes rivojlantirish jarayonida inson resurslarini boshqarish, aholi bandligi va daromadlarini oshirish yo’llari va takonillashtirish.
- Zamonoviy usul va tamoyillardan korxona va tashkilotlarda inson resurslarini boshqarishda bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishni aniqlash.
- Inson resurslaridan oqilona foydalanish, insonlarni kasb mahoratini va sog’lig’ini mustahkamlash.

Download 116.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling