Kichik guruh
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
kichik guruhlar (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli jihozlar
- Qо‘shimcha qism
IYUL. UCHINCHI HAFTA
ERTAKLAR YAXSHILIKKA YETAKLAR Syujetli-rolli о‘yinlar va sahnalashtirish Mavzu: Kitob dо‘koni Maqsad: bolalar kitobga qiziqadilar va kitob dо‘kon haqidagi tushunchalarini boyitadilar. Kerakli jihozlar: kitoblar, rasmlar, о‘yinchoq terminal va pullar. Faoliyatning borishi: 1. Bolalar ichidan sotuvchini tanlash. 2. Kitob dо‘konini tomosha qilish. 3. Sotuvchi bilan suhbatlashish, narxlarni sо‘rash. 4. Kitob sotib olganda pul muomalasi bilan ishlash. Qо‘shimcha qism: bolalarni muassasadagi kichik kutubxonaga sayr qilish. Alohida e’tibor qaratiladi: о‘yin sо‘ngida jihozlarni tartibga keltirish. San’at Mavzu: Sevimli ertak kitobim Maksad: bolalar sevimli ertak kitobi rasmini chizadilar, qalam va bо‘yoq bilan ishlash malakalarini mustahkamlaydilar. Kerakli jihozlar: oq qog‘oz, qalam, bо‘yoq, namuna. Faoliyatningborishi: 1. Ertak kitoblarini tomosha qilish. 2. Bolalarning sevimli kitoblari haqida suhbat. 3. Yoqtirgan ertak kitoblari rasmini chizish. 4. Kitoblar taqdimoti. Qо‘shimcha qism: sevimli ertagi haqida suhbat qurish. Kurish-yasashvamatematika Mavzu: Ertakdagi minora Maksad: bolalar minoralar haqidagi tushunchalarini hamda sanoq va katta-kichik hajm tо‘g‘risidagi bilimlarini mustahkamlaydilar. Kerakli jihozlar: lego, mozaika, kubiklar. Faoliyatningborishi: 1. Ertaklardagi minoralarning rasmlarini tomosha qilish. 2. Rasm va namunalarni tahlil qilish. 3. Ijodiy ish. 4. Bajarilgan ishlarga izoh berish. Qо‘shimcha qism: sayrda qumdan ertaklardagi minoralarni yasash. Fan va tabiat Mavzu: Ertak qahramonlarini yaratish Maksad: bolalarertak qahramonlarini yodga oladilar, ularning obrazlariga kira oladilar, kо‘rinishi asosida syujetni qumdan yoki yana biron bir turdagi materialdan yarata oladilar, ijodiy ish vaqtida gigiyenaga rioya qiladilar. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling