AVGUST. TО‘RTINCHI HAFTA
ZAVQLI YOZ
Syujetli-rolli о‘yinlar va sahnalashtirish
Mavzu: Kichik sayyohlar
Maqsad: bolalar borgan va kо‘rgan joylari haqida о‘z taassurotlari bilan о‘rtoqlashadilar.
Kerakli jihozlar: mavzuga oid rasmlar, hayvonot bog‘i, muzey, istirohat bog‘i, tog‘ yon-bag‘irlarini
ifodalovchi atributlar
Faoliyatning borishi:
1. О‘yin uchun sharoit yaratish
2. О‘yinni rejalashtirish
3. Rollarni taqsimlash
4. О‘yin
5. Taassurotlar bilan о‘rtoqlashish.
Qо‘shimcha: sayohatga borgan joylari haqida suhbat
Alohida e’tibor qaratiladi: qaysi maskanda qanday faoliyat tashkil etilganligi.
Til va nutq
Mavzu: Topgan topaloq (ta’limiy о‘yinlar)
Maqsad: bolalar fikrlashga, ziyraklikka о‘rganadilar.
Kerakli jihozlar: rasmli kartochkalar, niqoblar, ta’limiy о‘yinlar.
Faoliyatning borishi:
1. Rasmli kartochlarni kо‘zdan kechirish
2. Xohishiga kо‘ra kartochkalarni tanlash
3. Kartochkadagi vazifalarni bajarish
4. Vazifani izohlab berish
Qо‘shimcha: topishmoqlar topish
Alohida e’tibor qaratiladi: bolaning tafakkuri, tezkorligi
Qurish-yasash va matematika
Mavzu: Shakllarni jonlantir
Maqsad: bolalar predmetlarning shakllarini aniqlay oladilar, mantiqiy fikrlashni rivojlantiradilar.
Kerakli jihozlar: namuna, geometrik shakllar, turli predmetlar, rasmlar, ta’limiy о‘yin.
Faoliyatning borishi:
1. Ta’limiy о‘yin qoidalarini tushuntirish.
2. Vazifani tanlab olish.
3. Shakllardan biron bir predmetni hosil qilish.
4. Tayyor predmetni harakatlantirish.
Qо‘shimcha: “Bu qaysi predmetga о‘xshaydi?” ta’limiy о‘yini.
Alohida e’tibor qaratiladi: qobiliyati, tasavvuriga
Do'stlaringiz bilan baham: |