tomonga qarab itqitiladi.
2-vazifa. SHug‘ullanuvchilarni yadroni ushlash va itqitishga o‘rgatish.
Vositalari:
1. YAdroni qo‘ldan va bo‘yin yonida ushlanishini tekshirish, ko‘rsatish va tanishtirish.
2. D.h. – asosiy turish, yadro balandda, cho‘zilgan qo‘llardagi barmoqlar bilan itqitish.
3. YAdroni itqitishni yo‘nalishiga qarab yuqoriga, oldinga-yuqoriga qarab bajarish.
4. Xuddi shuning o‘zi, yo‘nalishiga qarab yarim yon tomondan itqitiladi.
5. YAdroni goh chap, goh o‘ng qo‘l bilan yoki ikki qo‘l bilan o‘zidan oshirib otib ilib olish.
6. YAdroni pastdan oldinga-balandga, ikki qo‘llab orqadan-oldinga boshdan oshirib otish.
7. Gavda to‘g‘ri ushlangan, o‘ng oyoq tizzadan bukilgan, chap oyoq oldinga qo‘yilgan
holatdan yadroni ko‘krak oldidan ikki qo‘llab oldinga balandga qarab itqitish.
8. Xuddi shuning o‘zi, lekin bir qo‘lda bajariladi.
9. D.H. – asosiy, yadro yuqoriga cho‘zilgan, o‘ng qo‘lda. Oyoqni ozroq egib, yadroni
panjalar bilan itg‘itish. YAdroni ushlab olish.
10. 3, 4, 5-mashqlarni to‘ldirma to‘plar bilan bajarish.
Uslubiy ko‘rsatmalar. Qo‘lni shikastlantirmaslik maqsadida albatta panjalar bilan
tayyorgarlik mashqlarini bajarish kerak. YAdro bilan o‘tkaziladigan mashqlar
yondashtiruvchi mashqlar bilan almashlab turiladi. Oyoq, gavda, qo‘l ketma-ket ishlashini
kuzatish lozim (85-86-rasmlar).
Do'stlaringiz bilan baham: |