Kichik maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalashda o'zbek xalq o'yinlarining ahamiyati


-8 yoshli bolalar jismoniy tarbiyasining ijtimoiy-ruxiy asoslari


Download 45.35 Kb.
bet2/8
Sana14.11.2021
Hajmi45.35 Kb.
#173866
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARNI TARBIYALASHDA O'ZBEK XALQ O'YINLARINING AHAMIYATI

2.2 7-8 yoshli bolalar jismoniy tarbiyasining ijtimoiy-ruxiy asoslari.

2.3 Boshlang’ich sinf o’kuvchilari jismoniy tarbiya darslarida milliy harakatli o’yinlardan foydalanishning muhim omillari

III Xulosa
IV Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

Kirish.


Kichik yoshdagi maktab o‘kuvchilari shaxsini rivojlanishida milliy xalk o‘yinlarini roli O‘zbekiston Respublikasi mustakil davlat sifatida rivojlanish va tarakkiyot yo‘liga chikdi. O‘zbekiston kelajagi xozirgi yosh avlodni kanday tarbiyalashga ko‘p jixatdan boglik. Respublikamizda boshlangich ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining birinchi boskichi I-IV sinflar shaklida tashkil etiladi. Boshlangich ta’limning maksadi xar bir bolada mavjud bulgan iktidorlik, layokat va kobiliyatlarni, sezgirlik va kizikishlarni erkin rivojlantirish, ijobiy xulkiy dunyokarash, kabul kilish kabi sifatlarni, milliy va fukarolik burchi va xis-tuygusini o‘stirishdan iborat. Boshlangich ta’limning vazifalaridan biri bola faoliyatini uyushtirishda o‘kituvchining pedagogik maxorati, ilmiy-metodik layokati, xar tomonlama yetukligi, yuksak axlokiyligi, bolalarning esa yoshi, kuchi, extiyoji, tayyorligi, imkoniyati va muxiti kabi xayotiy omillar xal kiluvchi axamiyatga ega. Bolaning tolikishi va zo‘rikishiga yo‘l ko‘ymaydigan usullarni topish, mashgulotlar mazmuniga o‘yin vositalarini kengrok singdirish, xar bir sabok bolalarning sogligini, ruxiy, ma’naviy va jismoniy tomondan muxofaza etish uchun xizmat kilishga erishish zarurligi, boshlangich ta’lim yosh avlodning go‘zal, odobli, sezgir, ziyrak, zukko, farosatli, ongli va intizomli, yuksak madaniyatli, milliy gurur egasi kilib tarbiyalash, ularda vatanparvarlik, baynalminallik, fukarolik burchini xis etishdek zarur sifatlarni o‘stirish lozimligi xakida fikr yuritilgan.

Boshlangich ta’limda Davlat standarti talabi asosida darsliklar xajmini ixchamlab, zarur bo‘lsa kismlarga bo‘lib, rangdor rasmli, bolalarbop kilib chop etish, nazariy asoslangan matnlar, o‘yinlar vositalari bilan boglanishi, didaktik talablarni o‘zida aks ettirgan bo‘lishi lozim. Unda xalk pedagogikasining durdonalari, xikmatlari, xalk ogzaki ijodining eng yaxshi

namunalari: ertak, makollar, topishmoklar, ko‘shiklar, termalar, o‘zbek xalk o‘yinlari, laparlar o‘rin olmogi kerak.

Boshlangich sinf o‘kuvchilari asosan tasavvur kilishi orkali fikr yuritadilar. Shuning uchun xam ular ko‘pincha o‘ynash, jismoniy xarakat kilishga intiladilar. Shu sababli yangi dastur asosida o‘tkaziladigan darslarimizda o‘yin mashgulotlari tez-tez o‘tkazilib turadi. Chunki, yosh bolaga berilayotgan bilimni o‘yinlar orkali singdirsak, ular uchun kuruk koida yodlash va uzluksiz mashk ishlataverishdan kizikrok tuyuladi. Bunda to‘gri tanlangan tashkiliy o‘yinlar darsda xar bir o‘kuvchining xar tomonlama imkoniyatlarini beradi, madaniy xordik chikaradi.

O‘yin bola xayotida muxim o‘rin tutadi. Men Ko‘kon shaxridagi 37-o‘rta umumta’lim maktabida pedagogik amaliyot davrida shuni guvoxi bo‘ldimki, o‘yin orkali bolalar tevarak-atrof, turli predmetlar xakida bilimga ega bo‘ladilar. Shu tufayli ta’lim jarayonini o‘yin shaklidan foydalangan xolda tashkil etish ko‘zlangan maksadlarga erishish imkoniyatini beradi.

O‘yin tarbiyaviy axamiyatga xam ega, chunki bu jarayondagi o‘kuvchilar o‘zaro munosabatga kirishadilar, natijada ularning xulk-atvori, muomila madaniyatida ijobiy sifatlar shakllanadi va tarkib topadi.



O‘yin. Bu tushuncha ostida olam jaxon ma’no bor. U bolalarning doimiy yo‘ldoshi, kuvnoklik, xushchakchaklik kabi ijobiy xis-tuygularining bitmas-tuganmas manbaidir.

Lekin, o‘yin bolalar uchun fakat ermak deb karalmasligi kerak. Bolalar xayotida o‘yinning vazifasi bir muncha kengdir. Ota-bobolarimiz, buyuk allomalar va mashxur pedagoglar bolalar o‘yiniga yosh avlod ta’lim-tarbiyasida juda muxim rol o‘ynovchi vosita deb karaganlar.

Inson bolasi xar kanday yaxshi rivojlangan xayvon bolasidan shu bilan fark kiladiki, u juda yoshlikdan boshlabok atrofga dikkat bilan nazar tashlaydi, ranglar jilosini ko‘radi, tovushlar simfoniyasini tinglaydi. U

atrofdagi narsalarning xilma-xilligidan xayratlanadi, ular xakida o‘ylaydi, kattalarga savollar bilan murojaat etadi yoki o‘sha savolga o‘zi javob izlaydi.

Bolaning kuvnok, xushchakchak yashashi va mazmunli xayot kechirishi uchun nima kerak? Kanday kilsa boladagi turli-tuman xis-tuygularni barvakt uygotish, fikrining rivojlanishiga turtki berish, nutkini o‘stirish, savodxonligini oshirish, uning borligini yokimli, jozibali va mazmunli kilish mumkin? Javob bitta: O‘YIN!


Download 45.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling