Kichik maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalashda o'zbek xalq o'yinlarining ahamiyati


O‘zbek milliy kurashi xar bir bayram va xar bir ommaviy


Download 45.35 Kb.
bet6/8
Sana14.11.2021
Hajmi45.35 Kb.
#173866
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARNI TARBIYALASHDA O'ZBEK XALQ O'YINLARINING AHAMIYATI

O‘zbek milliy kurashi xar bir bayram va xar bir ommaviyyiginlarda albatta tashkil kilingan. Urush vaktida karama-karshi ikki tomon o‘z ko‘shinlaridagi eng kuchli polvonlarni sarflab jangga solgan. Ular esa kilich, o‘k-yoy, nayzalar bilan jang kilishgan. Bordi-yu barcha kurollar ishdan chiksa, polvonlar o‘z kurollari, ya’ni mushtlashish bilan o‘z kuchlarini ko‘rsatishgan. Ana shu jangda rakibini yenggan polvonning tarafi bo‘lgan ko‘shin golib xisoblangan. Xozirgi o‘zbeklarning yanada kadimgi avlodlarida kurash an’anaviy odatlardan biri bo‘lgan. Binobarin, xozirgi kurash tushish juda kadim zamonlarda vujudga kelgan, kuch, chakkonlik, chidamlilik, jasoratni ko‘rsatish bo‘yicha o‘tkazilgan musobakalar kurashning tarixiy manbalari xisoblanadi. Kurash tushishning tafsiloti Zaxiriddin Muxammad Boburning asarlarida berilgan.

Xalk o‘zining polvonlari to‘grisida rivoyatlar to‘kigan. Aytishlaricha, VI-VII asrlarda Xorazmda yashagan Paxlavon Maxmud xind polvoni bilan bir necha kunga cho‘zilgan olishuvda golib chikkan va buning evaziga uning asirlikdagi o‘n ming nafar yurtdoshlari ozod kilingan.

O‘zbek xalki o‘yinlari orasida ayniksa, dorboz va simvozlik san’ati aloxida ajralib turilgan. Ilgari dor keng mashxur bo‘lgan. Ommaviy va maxalliy bayramlar, mavsumiy bozorlar dorbozliksiz o‘tmagan, deyishi mumkin. Registonda, bozor maydonlarida, Chorsularda dorlar ko‘rilgan. Karnay-surnay va nogoralarning kattik sadolari tomoshalarning boshlanishidan darak berib turgan. Odamlar to‘plangach, o‘yinlar

boshlangan. Tomoshabinlar baland kilib tortilgan arkon ustida o‘ynayotgan dorbozning dadil xarakatlarini xayajon bilan kuzatishgan.

Bir vaktlar O‘zbekistonda yogochoyok o‘yini keng tarkalgan. Yogochoyok yugurib, sakrab, raksga tushib va milliy cholgu asboblarida, karnay-surnay va xokazolarda kuylar ijro etib, ajoyib tomoshalar ko‘rsatgan.

O‘zbek xalkida xayvonlar va kushlar xakidagi juda kizikarli rakslar – «Kaptar o‘yini», «Chagalak», «Yumronkozik», «Ot o‘yin» va xokazolar. Shuningdek, o‘zbeklar orasida «Karnayli-surnayli», «Nina, ip, tuguncha», «Kovok ekish», «Xo‘roz va tovuk», «Koch bolam, kush keldi», «Ok terakmi ko‘k terak?» kabi o‘yinlar xam mashxur bo‘lgan. O‘zbek xalk o‘yinlari juda kadim zamonlarda vujudga kelgan. An’analar, odatlar, shu jumladan, xalk o‘yinlari o‘zbeklar xayoti bilan boglik bo‘lib, avloddan-avlodga meros tarikasida o‘tib kelgan.

Bolalar jamiyat rivojlanish boskichida kattalar o‘yinlarini o‘ynaganlar. O‘zbek xalk o‘yinlarida xalkning ijtimoiy xayoti o‘ziga xos shakllarda aks etgan.

O‘zbek xalk o‘yinlarini mazmuniga ko‘ra kuyidagicha tasniflash mumkin:

- Drammalashgan o‘yinlar:

a) Xayotiy (tarixiy-xayotiy, madaniy-xayotiy, kasbkorlik-xayotiy);

b) Kulgili o‘yinlar;

v) ko‘shik va raks o‘yinlar.

- Mazmunli-rolli o‘yinlar:

a) mazmunli – xarakatli;

b) sport - o‘yinlari;

- Ijodiy o‘yinlar.

O‘zbek xalk o‘yinlarining tarixan vujudga kelishini taxlil kilib, drammalashgan o‘yinlar o‘zbek kugirchok teatrining negiziga aylangan

kadimiy xalkning «Ko‘girchok o‘ynatish» san’ati asosida paydo bo‘lgan, deya xulosa chikardik.

Muayyan badiiy obrazni ifodalaydigan ko‘girchok mamlakat va kishilar xayotidagi tarixiy turmush vokealarini aks ettiradi. Madaniy-maishiy o‘zgarishlarni, odamlarning amalga oshirgan ishlarini, go‘zalligi va kamchiliklarini ifodalaydi. Xarakatli, sport musobakasi o‘yinlari o‘kuvchilarning xarakat faolligiga asoslanadi va ularning mushaklarini, xarakat a’zolarini rivojlantiradi.

Ijodiy o‘yinlarga kuyidagilar kiradi:

- o‘kuvchilarning o‘zlari o‘zbek xalk ertaklari va afsonalari asosida yaratadigan o‘yinlar.

Xalk o‘yinlari xayotiy vokealarga murojaat etib, ularni nixoyatda xilma-xil, o‘zining boyligi bilan badiiy obrazda ifodalanadi. Xozirgi sharoitda o‘zbek xalk o‘yinlari boshkacha tus oldi. Asosan, ularning maksadi o‘zgardi, mazmuni yangilandi va variantlari paydo bo‘ldi. Masalan, «Ulok» o‘yini murakkab va o‘zbek xalkining goyat kizikarli o‘yinidir. Xozirgi paytda bu o‘yinning mazmuni o‘zgargan. O‘yinchilar ikki guruxga bo‘linib, 6-8 metrli aylana chizigining tashkarisida turadilar. Boshkaruvchi doira o‘rtasida turib o‘v_p_p_p/p0yinni boshkarishga ishora kiladi va to‘pni tashlaydi. O‘yinchilarning xammasi uni birinchi bo‘lib olishga xarakat kiladi. Tupni boshka o‘yinchining ko‘lidan tortib olib, doiradan tashkariga kochishga ruxsat etiladi.

Pedagogik nuktai-nazardan maktablarda o‘kuvchilarga fakat kadimiy xalk uyinlarining emas, balki xozirgi boskichda vujudga kelgan o‘yinlarning xususiyatlarini xam ko‘rsatish yaxshi natija beradi.

Shaklan milliy va mazmunan zamonaviy o‘zbek xalk o‘yinlari yosh avlodni tarbiyalash, kamol toptirishda tobora ta’sirchan omilga aylanib

bormokda. O‘zbek xalk o‘yinlarining vazifasini nazarda tutib, ulardan yangi insonni shakllantirishning muxim vositasi sifatida foydalanilmokda.

Tarbiya doimo jamiyat uchun muhim vazifani bajargan va kishilarning turli avlodlari o’rtasidagi aloqa va vorislikni amalga oshirgan tarbiyaning o’z maqsadi va vazifalari, mazmuni, shakli va usullari bo’yicha davrlarosha o’zgarib borgan. Bu o’zgarishlar kishilar o’rtasidagi munosabatlar bilan chambarchas bog’liq. SHundan kelib chiqib, tarbiyada Vatan himoyasiga tayyor, mehnatga ijtimoiy faoliyatga, hayotga har tomonlama rivojlangan komil insonni tarkib toptirishga e’tibor berish kerak.

Jismoniy ma’daniyat tarbiya jarayonida bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish uchun tarbiyaning bir-biri bilan o’zaro bog’langan har birining mazmuni, vositalari, shakl vausullarining o’ziga xos xususiyatlarini tushunish kerak bo’ladi. Bizning ilmiy tadqiqot ob’ektimiz bo’lgan o’zbek xalq milliy o’yinlarida boshlang’ich sinf o’quvchilarining jismoniy sifatlarini tarbiyalashda ham ana shu o’ziga xosliklarni hisobga olish zarurligi kelib chiqadi.

Pedagogikada qabul qilingan yosh davrlaridan biz uchun eng muhimi kichik maktab yoshidir. Har bir yosh guruhiga jismoniy va ruhiy rivojlanishining muayyan darajasi mos keladi.

Kichik maktab yoshining xususiyatlari. Kichik maktab yoshida o’qish bolaning butun hayot tarzini o’zgartiradi va unga yangi talablar qo’yadi. CHunki bog’cha yoshida bolalarda, asosan nutqining rivojlanishiga, ahloq me’yorlarining shakllanishiga asosiy e’tibor beriladi. Ularni tarbiyalashda maxsus tashkil etiladigan o’yin faoliyati katta o’rin tutadi. Bolaning rivojlanishi uchun didaktik ta’lim beruvchi va jamoa bo’lib birgalikda harakat qilishga o’rgatuvchi o’yinlardan foydalaniladi.

Kichik maktab yoshida organizmning umumiy yetilishi fonida bolalarning harakat sohasi jadal rivojlanadi. Bu davr sport bilan, jismoniy madaniyat bilan faol shug’ullanish uchun juda qulaydir.

Mana shu jihatdan bolaning aynan shu xususiyatlarni rivojlantiruvchi milliy xalq o’yinlaridan foydalanish tarbiyada ko’zlangan maqsadga yetish imkonini tezlashtiradi.

Jismoniy rivojlanishning jadalligi skletning tez o’sishi, umurtqa pog’onasini bukikligining shakllanishi, yurak, tomir tizimining rivojlanish xususiyatlari va boshqalar bolaning oqilona tashkil etilgan va butun hayot rejimini talab etadi.

Turli yoshdagi har xil jinsdagi bolalar ruhiyatining rivojlanishi, o’zgarishlari, ularning ahloqiy va jismoniy kamol topishiga ijobiy ta’sir qiladigan omillar, shart-sharoitlarni bilish, ulardan unumli foydalanish xozirgi kunlarda o’qituvchilar, jismoniy madaniyat mutaxassislari uchun nihoyatda zarur bo’lib qoldi. Har bir o’quvchi yosh davrining ruhiy xususiyatlarini hisobga olgan holda jismoniy madaniyat darslarini olib borish orqali o’quvchilar ongiga, ruhiga ta’sir o’tkazish o’z vaqtida o’z-o’zini anglashni vujudga keltiradi. Bolada o’zini anglash tuyg’usi qancha erta uyg’onsa, shaxsiy nuqtai nazar, o’z huquqini his etish, o’zining aqliy va jismoniy imkoniyatlarini baholash shunchalik tez paydo bo’ladi.

Boladagi e’tiqod, muomala, muloqot, mustaqil xulq -atvorni shakllantirish, ulardagi tashabbuskorlik hamda to’siqlarni yengishga intilishni jismoniy madaniyatda milliy xalq o’yinlari orqali xam tarbiyalash mumkin, bunda ularga yosh psixalogiyasi xussiyatlaridan kelib chiqqan holda ruhiy turtki berish maqsadga muvofiqdir.

O’zbek milliy xalq harakatli o’yinlarining bolalarning ruhiy jihatdan kamol toptirishda ahamiyati ulkan. Umuman, o’yinlarning ahamiyati haqida ko’pchilik ruhshunoslar va pedagoklar qimmatli fikrlarni aytib ta’kidlab o’tishgani ma’lum (15,16,17,21,46,67,68,69,70). Eng sodda ruhiy jarayonda eng murakkab ruhiy jarayongacha hammasining eng muhim jihatlarini shakllantirishda o’yinlar katta rol o’ynashini jahon psixologlari ham turli davrlarda turlicha yo’llar bilan isbotlab berishgan (15,16,17,21,46,67,68,69,70).

O’yinlar bolalar uchun voqe’likni aks ettirish vositasidir. Bu voqe’lik bolani qurshab turgan voqe’likdan ancha qiziqarlidir. O’yinning qiziqarliligi, uni anglab yetishning osonligidadir. Kattalar xayotida faoliyat, xizmat, yumush qanday ahamiyatga ega bo’lsa, bolalar hayotida ham o’yin xuddi shunday ulkan ahamiyat kasb etishi mumkin.

O’yin mazmunining rivojlanishi bolaning kattalar hayoti va faoliyatining mohiyatiga chuqurroq kirib borishida, atrofdagi voqea-xodisalarga mknosabatining o’zgarishida, shuningdek, o’yin mazmuni ham syujeti shart-sharoit va jamiyat a’zolari turmushining tobora to’g’ri aks ettirishida ko’rinadi. SHuning uchun bolalarda o’yin qobiliyatining o’sishi o’z-o’zicha yuzaga kelmaydi, balki kattalarning, tarbiyachilarning ta’siri natijasi atrof muhit bilan tanishish, sayrlar uyushtirish, shaxslar aro munosabatlarning mohiyatini tushuntirish va hokazolar natijasida amalga oshadi.

Katta kishilar xayoti va faoliyatining o’rnini bosuvchi narsalar ularni harakatini umulashgan xolda ifodalashning moddiy tayanchi hisoblanadi. SHunday ekan, o’yin faoliyatida bola harakatini rivojlanishi o’yin mazmuniga ko’proq bog’liqdir. CHunki bolaning hatti-harakati qanchalik ixcham va umulashgan bo’lsa, ular kattalarning faoliyati mazmunini aks ettirishda shunchalik yiroqlashadi. Binobarin, u odamlarning narsalarga va bir-birlariga munosabatini amalda bajarishaga o’tadi va shuning uchun narsalar bilan harakat qilishda kattalarning munosabatlarini to’g’ri ifodalashga intiladi.

Har qanday o’yinning va o’yin faoliyatining diqqat markazida bola kattalarning faoliyati va o’zaro munosabatini, muomalasini o’ziga xos tarzda aks ettirishi, takrorlashi imkoniyati turadi. SHunga ko’ra o’yin ijtimoiy axamiyat kasb etib, bolada insoniyat tomonidan asrlar davomida yaratilagan qimmatli bilimlar, amaliy ko’nikmalar, malakalar va odatlarni, xalqning ijodiy boyliklarini o’rganishga imkoniyat yaratiladi, oqibatda uni shaxslar aro muloqotlarning mohiyatiga olib kiradi.

Bolalar jismoniy tarbiya darsining boshqa shakllariga nisbatan o’yinlarda ko’proq so’zlashni eslab qolish va esda tutish imkoniyatiga ega bo’ladilar, bu esa ixtiyoriy xotira xususiyatini chuqurroq ochishga yordam beradi. Bundan esa shunday xulosa kelib chiqadi.

1. O’yin bola tomonidan ma’lum rol tanlash va uni ijro etish jarayoni bo’lib, birtalay axborotlarni eslab qolishni talab qiladi.

2. SHu boisdan personajning nutq boyligini egallash, hatti-harakatini takrorlashdan iborat ongli maqsad bolada oldinroq paydo bo’ladi va oson amalga oshadi.

O’yin faqat bilish jarayonlarini takomillashtirib qolmay, bolaning hulq-atvoriga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ham, boshlang’ich sinf o’quvchilarda ham, yuqori sinf o’quvchilarida ham o’z xulqini boshqarish ko’nikmalarini o’yinlar orqali ham tarkib toptirish munkin. CHunki biror maqsadga yo’naltirilgan mashg’ulotga nisbatan milliy xalq o’yinlarida xulq ko’nikmalarni oldinroq va osonroq egallash mumkin.

Ayniqsa, bu omil maktabgacha yoshdagi bolalarda yosh davrining xususiyati sifatida o’zining yorqin ifodasini topadi. Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda o’z xulqini o’zi boshqarish ko’nikmasi o’yin faoliyatida ham boshqa sharoitlarda ham qariyb baravarlashadi. Ba’zan ular ayrim vaziyatlarda, masalan; musobaqa paytida o’yindagiga qaraganda yuqoriroq ko’rsatkichga erishishlari ham mumkin.

O’yin va o’yin faoliyati bolada o’z hulqini boshqarish ko’nikmalarini shakllantirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Halq o’yinlari faoliyatida mazkur jismlar qandaydir alomatlarni aks ettiruvi sifatida emas, balki ana shu tayanch narsalar to’g’risida fikrlash uchun xizmat qiladi, shuningdek, tayanch nuqtasi harakatining yaqqol narsalar bilan bog’liq jihatini aks ettiradi. Narsa bilan o’yin harakatlarining takomillashuvi harakat shakli, xususiyati, bosqichi, u kabilarni qisqartirish va umumlashtirish xisobiga amalga oshiriladi. O’yin harakatlarining qisqarishi va umumlashuvi ularning aqliy ko’rinishidagi mantiqan izchil, shaklga o’tishning asosini tashkil qiladi.

Prezidentimiz I.Karimov yosh avlod tarbiyasiga katta ahamiyat berib, shunday degan edi; “ yosh avlodni tarbiyalash biz uchun eng asosiy vazifadir” (1). SHundan kelib chiqib, hozirgi vaqtda O’zbekiston pedagogik jamiyati tarbiyaning odatiy bo’lgan shakllari va usullarini izlab topish, o’sib borayotgan avlodda mustahkam umuminsoniy ishonch va qarashlarini shakillantirish; shaxsda milliy madaniyat va milliy qadriyatlarni hurmat qilish,avaylab asrash tuyg’ularini o’stirishga diqqatiniqarratmog’imiz lozim.

YUqoridagi fikirlarga asoslanib, o’sib borayotgan avlodning tarbiya tizimida halq pedagogikasi tajribalari, jumladan, milliy halq o’yinlari yoshlarning xarakteri va ongini boshqaruvchi vosita, asosiy kuch deb hisoblash mumkin.

Sog’lom turmush tarzi inson madaniy, jismoniy, rivojlanishi, mehnat unumdorligi va ijodiy faoliyatini oshirishni o’z ichiga olib, o’quvchilarni xar tomonlama garmonik yetuk, faol shaxs qilib tarbiyalashda muhim omil hisoblanadi.

Bolani o’yinga undagan omil uning katta yoshdagi odamlarning borliq to’g’risidagi va shaxslararo munosabati haqidagi tasavvuri va ularni shaxsiy faoliyatida sinab ko’rish istagidadir, shuningdek, jamoa bo’lib o’ynayotgan tengqurlari bilan bevosita muloqotga kirishish ishtiyoqidir. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkin;

1. O’yin faoliyatida bola turli harakatlarni to’laligicha namoyish etishga, ularni bajarish usullarini ko’rsatishga ishtiyoqmand bo’ladi;

2. Keyinchalik esa barcha hatti-harakatlarni umumlashtirib aks ettirishga urinadi.

Bolaning o’yin faoliyatini vujudga keltiruvchi eng zarur omillardan biri-bolada o’z hatti-harakatini kattalar faoliyati, hatti-harakati bilan solishtirish, undan nusxa olish, aynan unga o’xshatish tuyg’usining mavjudligidir. Xuddi shu sababli kattalar, ularning hatti-harakatlari bolaning ham tashqi, ham ichki iborat namunasi bo’ladi va kattalar uning xulq-atvor, yurish-turishining ham ob’ekti, ham sub’ekti hisoblanadi.

Go’daklik davridan maktabgacha yoshga o’tgan bolalarning faoliyati kattalar rahbarligidagi faoliyatidan mustaqil o’z-o’zini nazorat qilish darajasiga o’sib o’tadi. Biroq, yuqorida ta’kidlangan barcha shart-sharoitlar o’zaro uzviy bo’lmasligi sababli har qanday o’yinning negizi vazifasini o’tay olmaydi va shunga ko’ra ma’lum davrgacha o’yin faoliyati predmetlarga bog’liq tarzda amalga oshadi.

Ruhshunoslarning ta’kidlashicha, o’yin o’z-o’zidan vujudga kelmaydi, buning uchun kmida uchta sharoit mavjud bo’lishi kerak:

a) bolaning ongidan uni qurshab turgan voqe’lik to’g’risidagi xilma-xil taasurotlarning tarkib topishi;

v) har xil ko’rinishdagi o’yinchoqlar va tarbiyaviy ta’sir vositalarining muhayyoligi;

b) bolaning kattalar bilan tez-tez muomala va muloqotga kirishuvi.

Bunda kattalarning bolaga bevosita ta’sir ko’rsatish uslubi qiluchi rol o’ynaydi. Bu ob’ektiv shart-sharoitlarning o’zi milliy xalq o’yinlarini tashkil etish, yaratish uchun hali yetarli emas, buning uchun bola bilan kattalar o’rtasidagi munosabatni tubdan o’zgartirish lozim. Aks holda mustaqillik vujudga kelmaydi. qadimdan ota-bobolarimiz ham bolalarda avvlo qattiqqo’llik bilan irodani, mustaqillikni tarbiyalab, juda ko’p maqsadlarni ko’zda tutishgani ma’lum. Bunda kattalar bolalarga nisbatan talabchanlikni oshirishlari, bolani mustaqil ravishda harakat qilishga majbur qilish etishlari ma’qul. SHunga o’xshash tadbirlarbolada mustaqillik va mustaqil faoliyatni tashkil qilish o’quvini shakllantiradi.

Maktabgacha yoshdagi bola asta-sekin kattalarning hayoti va faoliyati dunyosiga kirib boradi, oldin hamkorlikdagi faoliyatda namoyon bo’lgan ijobiy his-tuyg’ular, shijoat va dadillik sari yetaklovchi ruhiy kechinmalar iborat namuna darajasiga ko’tarilgan kattalarning ruhiy olamiga ko’tariladi. Maktab yoshida bolaning o’zi mustaqil ravishda kattalarning hayoti va faoltyatiga kirishish yo’llarini topa boshlaydi.

U keyinchalik katta kishilarning hayotiva faoliyatining barcha sohalarida va shaxslararo munosabatlarida qatnashish istagini ko’rsatadigan bo’ladi. SHuning uchun xalq milliy o’yinlari kattalar bilan bola o’rtasida yangicha munosabatlar asosida vujudga keladi va bu munosabatlarda milliy xususiyatlar: o’z yurtini qadrlash, hurmat qilish, kattalarga hurmatda bo’lish kabi fazilatlar shakllanib, tarkib topib boradi.

Xalq milliy o’yinlari paydo bo’lishi, vujudga kelishi jihatidan ijtimoiy xususiyatga ega bo’lib, kattalarning hayoti va faoliyatini qayta tiklash va takrorlashdan boshqa narsa emas, shuningdek, bu o’yin faoliyati o’zining mazmuni va mohiyati bilan ijtimoiydir. O’zbek xalq milliy o’yinlari bola mustaqil faoliyatining yorqin namunasi bo’la oladi, bu jihatdan bu o’yinlarning mazmuni orqali kattalarning hayoti bilan yaqindan tanishadi.

O’yinlarda bola faoliyatida ana shu o’yin sharoiti va predmetli harakatlarning o’zaro munosabatida asosiy e’tibor predmetlar bilan ko’pincha harakat qilishga qaratilishini, bunda predmetli o’yinlar, masalan, tosh bilan, chopon, do’ppi bilan va hakazo, harakatining xususiyati uchun yetakchi faoliyat vazifasini o’tashini ham aytib o’tish kerak bo’ladi. Ammo, bola o’yinlarda qandaydir vazifani bajara oladi, buni ham e’tibordan soqit qilmaslik kerak. Masalan, biror predmetni bir ob’ektdan ikkinchisiga yetkazishga belgilangan o’yinlarda shunday holat ro’y berishi mumkin. Milliy harakatli o’yinlardan foydalanish jarayonida boshlang’ich maktab o’quvchilarining quyidagi o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish kerak:

1. Bola odamlarning foliyati, ularning predmetlarga munosabati va o’zaro muomalasiga, munosabatiga qiziqadi.

2. Bolalar xalq o’yinlarida atrofdagi voqe’likning eng tashqi ifodali jo’shqin his-tuyg’uli jihatlarini aks ettiradilar.

3. Milliy o’yinlarda bola kattalar bilan bir xil sharoitda, yagona zaminda yashayotganini his etgan holda o’z istagini amaliyotga tadbiq qiladi.

4. Kattalarning hayoti va faoliyatiga kirish bolaning tasavvuri timsollari tariqasida namoyon bo’lsa ham, umuman uning chinakam shaxsiy hayotida o’chmas iz qoldiradi.
SHu bobni xulosa qilib aytish mumkinki, milliy xalq o’yinlaridan foydalanishda, ularni qo’llashda shuni hisobga olish kerakki, bu yoshdagi bolalar aniqlikni talab etadigan mayda harakatlarga qaraganda keng, kuchli harakatlarga ancha moyil bo’ladilar. Buni bolalar yosh davrlarini ishlab chiqqan buyuk pedagog YA.N.Komenskiy ham o’z vaqtida ta’kidlagan edi.

Umuman bu yoshda bolalar juda ham harakatchanligi bilan ajralib turadi. Harakatchanlik esa maxsus, oqilona tashkil etilishni, harakatga soluvchi yurish-turish shakllarining to’g’riligini talab etadi.

Bolalarning bu yoshida tormozlanish va qo’zg’alish jarayonlarini muvozanatligini yuzaga keltirishda kattalar talabining tizimliligi va o’zini tuta bilishga odatlantirish katta rol o’ynaydi.

Milliy o’zbek o’yinlarini yoshlar, ayniqsa maktab o’quvchilari sevib, maroq bilan o’ynamoqdalar. Bunday o’yinlar jismoniy tarbiya darslaridagina emas, balki hovlilar va bog’, parklarda dam olish soatlarida o’ynaladi. Muhim sifatlarni rivojlantirishga mo’ljallangan umumiy rivojlantiruvchi va maxsus mashqlarga doir bayon qilingan material ko’proq o’yin tarzida beriladi, lekin mashqlarni tushuntirish va faol dam olish uchun qisqacha pauzalar bo’lgan kichik dozada uzluksiz bajariladi. O’yin mashqlaridan keyin bo’shashtiradigan, ohista yuriladigan mashqlarni yoki diqqat-e’tiborini o’stiradigan mashqlarni berish lozim.




Download 45.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling