Kichik mutaxasislar tayyorlash markazi gumanitar va ijtimoiy fanlar sikli


Markaziy Osiyo mintaqasida yashirin faoliyat olib borayotgan diniy ekstremistik tashkilotlar (“Akromiylar”


Download 0.68 Mb.
bet22/25
Sana07.01.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1082033
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
Diniy aqidaparastlik uslubiy qo\'llanma

2. Markaziy Osiyo mintaqasida yashirin faoliyat olib borayotgan diniy ekstremistik tashkilotlar (“Akromiylar”. Turkiston (O‘zbekiston) islom harakati” “Islom jihod ittihodi” “Imom Buxoriy katibasi” va boshqalari).
Markaziy Osiyodagi barqarorlik va xavfsizlikka tahdid solayotgan ekstremistik va terrorchi tashkilotlar. Diniy ekstremizm va terrorizmning jamiyat barqarorligi rivojiga ko‘rsatgan salbiy ta’siri Markaziy Osiyo mintaqasida faoliyati kuzatilgan bir qancha mutaassib harakatlarning maqsadi tahlil qilinganida yanada yaqqol namoyon bo‘ladi. Mintaqada asosan «Hizbut-tahrir», «Turkiston islom harakati», «Akromiylar», «Nurchilar», «Islomiy jihod ittihodi» kabi guruhlarning faoliyati kuzatildi.
«Hizbut-tahrir al-islomiy» (arab. «Islom ozodlik partiyasi»). «Hizbchilar», «tahrirchilar» deb ham yuritiladi. Falastinlik Taqiyiddin Nabahoniy (1909-1979) mazkur ekstremistik tashkilotning asoschisi hisoblanadi. Isroil davlatini tashkil etish haqidagi BMT qaroridan keyin 1947-yilda oilasini olib, Falastindan Bayrutga ko‘chgan. Aslida Misrdagi «al-Ixvon al-muslimun» («Musulmon birodarlar») tashkiloti a’zosi bo‘lgan Nabahoniy 1953-yilda mazkur jamoa a’zoligidan chiqib, Quddus (Iyerusalim)da «Hizbut-tahrir al-islomiy» tashkilotini tuzgan. Nabahoniy vafotidan so‘ng hizbga falastinlik Abdulqadim Zallum (1925—2003) boshchilik qildi. Uning rahbarligi davrida tashkilot sobiq Ittifoq tarkibiga kirgan respublikalarda (asosan Markaziy Osiyo hududida) o‘z faoliyatini jadallashtirgan.
Dastavval Falastinni ozod qilishni maqsad qilgan Nabahoniy, keyinchalik butun dunyo musulmon mamlakatlarini birlashtiruvchi yagona xalifalik davlatini qurishni bosh maqsad deb e’lon qilgan. Shundan keyin esa, ushbu shakllangan islom ummatining da’vatlari orqali butun dunyoda xalifalik davlatini qurish mumkin, deb hisoblaydi.
Tashkilotning strategiyasi quyidagi uslublar orqali namoyon bo‘ladi:
- fikriy kurash. Bu omma orasida o'zining «madaniy» qarashlarini targ‘ib qilish orqali bo'ladi;
- fikriy inqilob. Bunda madaniy va siyosiy faoliyat olib borilib,hizbning fikrlari jamiyat ongiga singishi bilan yuzaga keladi;
- hukumatni egallash. Bu bosqich «tarbiyalangan ummat» orqali barcha hukmni qo‘lga olish bilan yakunlanadi.
So‘nggi yillarda «Hizbut-tahrir»da g'oyaviy yakdillik yo‘qolib,faoliyatida yuzaga kelgan samarasizlik tarkibiy bo‘linishlarga olib keldi. Undan «Hizbun nusra» guruhi ajralib chiqdi. Shuningdek, «Hizbut-tahrir»ning «Ayollar qanoti» kuchaytirilishi barobarida, ular orasida o‘zini o‘zi o‘ldirish amaliyotidan keng foydalanilmoqda.
«Hizbut-tahrir»ning a’zolari o‘rtasida taqsimlangan vazifalar aniq belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra, «Amir Qiyodat» (dunyo bo‘yicha xalifalik davlatining eng katta rahbari), «Mo‘tamad» (vakil,ma’lum bir davlat boshlig‘i), «Mas’ul» (javobgar, viloyat bo‘yicha boshliq), «Naqib» (rahbar, rais, tuman bo'yicha boshliq), uning yordamchisi esa «Musoid» va undan keyingi lavozimdagilar «Jihoz a’zolari» (boshqaruv idora a’zolari) deb ataladi. Harakatga kiruvchilarni o‘qitishga mas’ullar «Mushrif» (guruh rahbari) deyilsa, o‘quvchilarni «Doris» (o‘quvchi) deb belgilangan.
«Hizbut-tahrir» jamoasi g‘oyalarining Markaziy Osiyoga kirib kelishi 1980-yillarning o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Bu davrda jamoa ta’limotlariga oid chet davlatlarda nashr etilgan turli xildagi kitob, risola va jurnallar noqonuniy yo‘llar bilan mintaqaga olib kirildi. Mazkur tashkilot 1992-yildan boshlab, 0 ‘zbekiston hududida o‘zining o‘ta zararli faoliyatini olib borishga harakat qilib kelgan.
«Hizbut-tahrir»ning faoliyati O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘izislon, Tojikiston, Livan, Misr, Iordaniya, Germaniya, Rossiya, Pokiston va Suriya kabi bir qator davlatlarda qonun bilan taqiqlangan.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling