Kichik mutaxasislar tayyorlash markazi gumanitar va ijtimoiy fanlar sikli
Download 0.68 Mb.
|
Diniy aqidaparastlik uslubiy qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turkiston islom harakati» (sobiq « O‘zbekiston islom harakati»)
«Akromiylar». Asoschisining nomidan kelib chiqqan holda «Akromiylar» firqasi «imonchilar», «birodarlar», «xalifachilar» deb ham ataladi. «Hizbut-tahrir» tashkiloti asoschisi Taqiyiddin Nabahoniy asarlaridan ta’sirlangan holda 1992-yilda Akrom Yo‘ldoshev (1963-2009) tomonidan Andijonda shakllantirilgan.
«Akromiylar»ning bosh g‘oyasi - islomiy boshqaruv shaklidagi davlatni barpo etish hisoblanib, buning uchun bosqichma-bosqich harakat qilish, avval Farg‘ona vodiysida xalifalik tuzumi barpo etish va keyinchalik uni mintaqaning boshqa hududlariga yoyish maqsad qilingan. Akrom Yo‘ldoshev «ilk diniy saboqlar»ini «Hizbut-tahrir» uyushmasida olganligi bois, o‘z shaxsiy ta’limotini yaratishda harakatning nazariy va amaliy fikrlaridan yiroqlasha olmagan. Shu bois, «Islom nizomi», «Izzat va sharaf sari» va «Xalifalik» nomli «Hizbut-tahrir» adabiyotlaridan foydalangan holda o‘n ikki darsdan iborat «Imonga yo‘l» nomli kitobi orqali o‘z diniy falsafiy qarashlarini bayon qiladi. Sekin-asta o‘z atrofiga xayrixoh bo‘lgan kishilarni yig‘ib, mazkur kitob asosida darslar tashkillashtirgan va «Akromiylar» jamoasini shakllantirgan. Bu kitobdagi g‘oya atrofida birikkan tadbirkorlar o‘nlab korxonalar ochishadi. Bu korxonalardagi ish tartibi go‘yoki «islomiy adolat» tamoyillariga asoslangani aytiladi. Harakat siyosiy hokimiyatga erishishning 5 ta «sirli», «moddiy» («iqtisodiy»), «ma’naviy» («siyosiy»), «uzviy maydon» va «to‘ntarish» («oxirat») bosqichiga asoslanadi. So‘nggi ikki bosqich jamiyat «islomlashtirilgan»dan so‘ng amalga oshirilishi va u orqali hokimiyatni butunlay egallash rejalashtirilgan. «Akromiylar» o‘zaro aloqalarni mustahkamlash maqsadida, tadbirkorlik bilan shug‘ullanganlar hamda yangi a’zolarni asosan qarindoshlar hisobiga o‘zlarining savdo do‘konlari, sartaroshxona, novvoyxona, duradgorlik, qandolatchilik, kosibchilik va mebel ishlab chiqarish sexlariga ishga jalb qilish orqali kengaytirishga harakat qilganlar. «Akromiylar» yangi a’zolarga ertayu kech mavjud tuzumning kamchiliklari, o‘zlarining go‘yoki siyosatdan yiroq, kichik bo‘lsada, haqiqiy «birodarlar jamoasi» muhitining «go‘zal» jihatlarini uqtirib borish orqali ruhiy ta’sir o‘tkazishga harakat qilganlar. Bunda ular hokimiyatni qo‘lga olish bilan bogliq rejalarini jamoaning asosiy qismidan sir tutganliklari hamda yangi tarafdorlar ularni siyosatga aloqasi yo‘q deb bilganlari bois singdirilayotgan fikrlarga ko‘nikib boraverganliklarini ko‘rsatadi. Bu yo‘ldagi amaliy da’vat uslubi boshqa mutaassib kuchlar yondashuvidan farqli bolib, ommaga mafkuraviy tuzoq qo‘yishga asoslangan. Akrom Yuldoshevning 2004-yil yozida «Akromiylar»ga tegishli qator idora va tashkilotlarning faoliyati to‘xtatilib, rahbarlari hibsga olinganidan keyin, ularni ozod etish chora-tadbirlariga boshchilik qilgani aytiladi. Unga nisbat berilgan videoda Yo‘ldoshev may oyining dastlabki kunlarida va 12-maydan 13-mayga o‘tar kechasi ham Andijonda qanday voqealar yuz berayotganligidan doimo xabardor bolib turganligini aytgan edi. Ma’lumki, 2005-yil 12—13-may kunlari Andijon shahrida «Akromiylar» oqimi mavjud konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darish maqsadida ko‘plab odamlarning qurbon bo‘lishiga hamda fuqarolar va davlat mulkiga katta zarar yetkazilishiga olib kelgan terrorchilik harakati sodir etgan. Hozirgi vaqtda G ‘arbda «Akromiylar» yangi diniy-siyosiy guruhlar tarkibida faoliyatni davom ettirmoqda. Jumladan, oqim tarafdorlari Germaniyaning Dyusseldorf shahrida 2009-yiIning may oyida «Andijon - Adolat va Tiklanish» tashkiloti tashkil qilgan. 2011-yilda «Akromiylar» jamoasi va ularga moyil bo‘lgan «Andijon — Adolat va Tiklanish», «Tanyach» tashkilotlari va «Егк» partiyasi ishtirokida « 0 ‘zbekiston xalq harakati» nomli uyushma tuzilgan. Ushbu harakat a’zolari tomonidan «ozodlik», «e’tiqod erkinligi», «inson huquqlari» kabi jozibali tushunchalar ishlatilib, turli yo‘llar, masalan, Internet tizimi orqali asosan yurtimiz yoshlarini o‘z saflariga qo‘shishga harakat qilmoqda. Yuqorida qayd etilgan holatlar ham jaholat og‘ir oqibatlarni keltirib chiqarishini ko‘rsatadi. Shunday ekan, odamlar ongi va qalbida ma’rifatning mutlaq ustuvor bo‘lishiga erishish, kishilar tafakkurini boyitish, ularda sog‘lom va sobit e’tiqodni shakllantirish uchun kurash, bu yoldagi nazariy va amaliy ishlarning hozirjavobligini ta’minlash, ta’sirchanligini oshirish dolzarb vazifalardan biri bolib qolaveradi. Zero, Respublikamizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov o‘rinli ta’kidlaganlaridek, odamning o‘z mustaqil fikriga, sobit e’tiqodiga, o‘zi tayanib yashaydigan hayotiy-milliy qadriyatlar, shakllangan dunyoqarash va mustahkam irodaga ega bo‘lishi har turli mafkuralarning bosimi, ularning goh oshkora, goh pinhona ko‘rinishdagi tazyiqlariga bardosh berishining asosiy sharti hisoblanadi. «Turkiston islom harakati» (sobiq « O‘zbekiston islom harakati») diniy-ekstremistik va terrorchi tashkilot. Ushbu tashkilot 1996-yilda « O‘zbekiston islom harakati» nomi ostida tashkil etilgan. Harakatni shakllantirishda 1992-93-yillarda O‘zbekistonda faoliyati taqiqlangan «Adolat uyushmasi» (Namangan), «Islom uyg‘onish partiyasi» (1990-yil Astraxanda asos solinib, 1991-yil yanvaridan O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatgan), «Odamiylik va insonparvarlik» (Qo‘qon), «Turkiston islom partiyasi», «Islom lashkarlari» (Namangan) kabidiniy-ekstremistik guruhlarning sobiq faollari ishtirok etgan. Tashkilotning asosiy maqsadi Markaziy Osiyo hududida «Buyuk islom xalifaligi»ni tuzish, unda musulmonlar yashaydigan Kavkaz va Rossiya Federatsiyasining Volgabo‘yi respublikalarini qamrab olishdan iborat. Tashkilot o‘z maqsadiga erishish uchun qo‘poruvchilik va terrorchilik harakatlarini amalga oshirish, harbiy harakatlar uyushtirish, odamlarni garovga olish orqali mintaqadagi ichki siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish kabi vositalardan foydalanadi. «Turkiston islom harakati» guruhi jangarilari 1999-yili Toshkent shahri va viloyatida, 2000-yili Toshkent va Surxondaryo viloyatlarida, 2004-yili Toshkent va Buxoroda, 2005-yili Andijonda, shuningdek, 1999, 2000 va 2006-yillarda qo‘shni Qirg‘izistonda, 2006-yili Tojikistonda terrorchilik harakatlarini amalga oshirishda ishtirok etgan. Mazkur guruh mintaqadagi terrorchi tashkilotlar bilan yaqin aloqaga ega. «Turkiston islom harakati» so‘nggi yillarda talafotlar, strukturaviy o‘zgarishlar, rahbar a’zolar orasidagi yo‘qotishlarga duch keldi. Hozirda g‘oyaviy targ‘ibot kuchaytirilib, bosma va elektron nashrlar tarqatilishiga katta urg‘u berilmoqda. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling