Mavzu: O'zbekistonda turizm soxasining rivojlanish


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/13
Sana10.11.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1763094
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
O\'zbekistonda turizm jasurSDCSDCS



 

MAVZU: 
O'zbekistonda turizm soxasining rivojlanish.
 
REJA: 
1. 
Turizm industriyasining vujudga kelishi, rivojlanishi, turlari va milliy
iqtisodiyotdagi ahamiyati 
2. 
O’zbekistonda turizm industriyasini shakllanishi, uning zamonaviy turlari 
va shakllari
3. 
O‘zbekistonda milliy turizmni rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyat 
4. 
O’zbekistonda turizm industriyasini rivojlantirish chora-tadbirlari natijasi 
Xulosa. 
Foydalanilgan adabiyotlar 


 

MUNDARIJA 
1.Kirish………………………………………………………………...3 
2.Turizm industriyasining vujudga kelishi, rivojlanishi, turlari va 
milliyiqtisodiyotdagi ahamiyati……………………………………………………………6 
3. O’zbekistonda turizm industriyasini shakllanishi, uning zamonaviy
turlari va shakllari……………………………………………………...13 
3.O‘zbekistonda milliy turizmni rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy 
ahamiyati……………………………………………………………………………………………28 
5.Xulosa………………………………………………………………..32 
6.Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………35 


 

KIRISH 
Mavzuning dolzarbligi. Turizm inson faoliyatining va zamonaviy iqtisodiy
munosabatlarning muhim sohasi sifatida hozirda butun jahon mamlakatlarining
iqtisodiyotini rivojlantirishning muhim omiliga aylanib bormoqda. Iqtisodiy
taraqqiyot tarixi zarvaraqlarida turizm industriyasi orqali o‘z milliy iqtisodiyotini 
rivojlantirishga erishgan mamlaktlar soni ko‘p. Ushbu sohani rivojlantirishning afzal 
tomoni shundaki, turistik xizmatlar sohasi rivojlanishi boshqa sohalarning ham 
rivojlanishiga olib keladi.
Xozirgi vaqtda “O‘zbekturizm” MKning statistik ma’lumotlariga qaraganda
2016 yilda O‘zbekistonga 1,977 million nafar chet ellik mehmon tashrif buyurgan. 
Turistik xizmatlarning umumiy hajmi 2015 yilga nisbatan 16 foizga, xizmatlar 
eksporti esa 9 foizga o‘sdi. 2017 yilning boshida mamlakatda faoliyatyurituvchi 
sayyohlik tashkilotlarining soni 900 dan ortiqni tashkil etgan. Ulardan 400dan ziyodi 
mehmonxona xo‘jaligi va 500 tasi turistik kompaniyalardir. 2016 yilda Xorazm
Surxondaryo, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida turizm sohasini rivojlantirish 
dasturi qabul qilindi. Bu dasturlarni amaliyotga tatdbiq etish uchun 260 million 
AQSH dollari hisobida mablag‘ kiritish nazarda tutilgan
1
O‘zbekistonda turistik xizmatlar samaradorligini oshirish va milliy turizmni
rivojlantirishning asosiy shartlaridan biri –turistik mahsulotlarni samarali
shakllantirish va ularning raqobatbardoshligini ta’minlash, xizmat ko‘rsatuvch va 
iste’molchilar o‘rtasidagi munosabatlarni takomillashtirishdan iborat.
Milliy turizmni rivojlantirishda turistik korxonalar tomonidan yaratilayotgan
turistik mahsulotlar assortimentini kengaytirish, yangi turlarni yaratish, milliy
mahsulotlar tarkibida ham maxsus “shop-tur”larni shakllantirish bugungi kunning 
davr talabidir. Turistik korxonalari oldida turgan asosiy vazifalardan biri bu- milliy 
turzmni rivojlantirish orqali potensial turistlar hajmini ko‘paytirishda turistik 
mahsulotlarni samarali shakllantirish hisoblanadi. Bu vazifani hal etish milliy 
turistik mahsulotlarni muntazam takomillashtirib borishni taqozo etadi.

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling