Mavzu: O'zbekistonda turizm soxasining rivojlanish


-Rasm O’zbekistonda turizimni rivojlantrish soxalari. Vikepediya. arxiv.uz


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/13
Sana10.11.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1763094
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
O\'zbekistonda turizm jasurSDCSDCS

7-Rasm O’zbekistonda turizimni rivojlantrish soxalari. Vikepediya. arxiv.uz. 
Hozirgi paytda turizm sohasining umumiy rivojlanishi va raqobatbardosh 
turistik mahsulot yaratish maqsadida, tarmoqda zaruriy islohotlar izchillik bilan 
amalga oshirilmoqda. O‘zbekistonning turizm sohasidagi islohotlarni shartli 
ravishda to‘rt bosqichga ajratsak bo‘ladi.
3
3
Tuxliyev I.S., Hayitboyev R., Ibodullayev N.E., Amriddinova R. Turizm asoslari: O‘quv qo‘llanma –
Samarqand, SamISI, 2010- 247 b. 


 
27 
Birinchi bosqichda tarmoqda yangi boshqaruv tizimini shakllantirish, turistik 
biznesni yuritishga yordamlashadigan qo‘shimcha biznes turlarini yaratish, sohaga 
xizmat qiladigan bank, audit, maslahat xizmatlarini tashkil etish, viloyatlarda turizm 
tarmog‘ining mintaqaviy bo‘linmalarini tuzish, xalqaro miqyosda turizm 
mahsulotini reklama qilish, xususiylashtirilgan turistik korxonalarni 
litsenziyalashtirish kabi masalalarga alohida e’tibor berildi.
1992 yilda respublikada «O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasi tashkil etildi va turizm 
sohasida barcha tashkiliy, boshqaruv hamda muvofiqlashtirish funksiyalarini 
amalga oshira boshladi. 1993 yilda «O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasi Butunjahon 
turistik tashkilotga (BTT) haqiqiy a’zo bo‘lib kirdi va bu o‘z navbatida xalqaro 
turizmni rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qildi. 1994 yilda BMT ning 
YUNESKO tashkilotiga a`z obo`ldi hamda O‘zbekiston hukumatining tashabbusi 
bilan Samarqand shahrida Buyuk Ipak yo‘lidagi shaharlarda xalqaro turizmni 
rivojlantirish bo‘yicha Samarqand deklaratsiyasi qabul qilindi. Bu bosqich 
mobaynida, ya’ni 1994 yilda ishlab chiqilgan «Turistik korxonalarni xususiylashtirish 
va davlat tasarrufidan chiqarish dasturi» chuqur tizimli - institutsional o‘zgarishlarni 
amalga oshirishda juda katta ahamiyat kasb etdi. 1994-1995 yillar mobaynida 
«O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasining 87,8% turistik ob’ektlari xususiylashtirildi 
va davlat tasarrufidan chiqarildi. Amalga oshirilgan o‘zgarishlar turistlarni qabul 
qilish shaklini jadallik bilan rivojlantirdi. 1995 yilda qabul qilingan O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining «Buyuk Ipak yo‘lini qayta tiklash va xalqaro turizmni 
rivojlantirish» to‘g‘risidagi Farmoni 
4
Buyuk Ipak yo‘lida turistik mahsulotni tiklash 
borasida strategik harakterga ega bo‘ldi. Bu o‘z navbatida O‘zbekiston turizmi 
sohasidagi islohotlarning ikkinchi bosqichini boshlab berdi. Natijada Buyuk Ipak 
yo‘lidagi shaharlar va turistikmanzillar ro‘yxatga olindi. Imom al-Buxoriy, 
Bahouddin Naqshband, Abduholiq G‘ijduvoniy, Ahmad al-Farg‘oniy, Imom al-
Motrudiy, Maxdumi A’zam, Hakim at-Termiziy, Hazrati imom, Shayx Shamsiddin 
Kulol, Burxoniddin Marg‘uloniy, Buxorodagi Chor Bakrlari kabi allomalarimizning 
maqbaralari ta’mirlandi va ziyoratgoh majmualarga aylantirildi. Toshkent shahrida 
muntazam ravishda xalqaro turistik yarmarka tashkil etila boshlandi. 
Mehmonxonalardagi xalqaro talablarga javob beruvchi o‘rinlar soni 4,8 barobarga 
ko‘paytirildi. Turizm sohasidagi islohotlarning uchinchi bosqichida, ya’ni, 1999 yil 
15 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2005 yilgacha bo‘lgan davrda 
4
«Xalq so‘zi» gazetasi, 1995 yil 3 iyun 


 
28 
O‘zbekiston turizmini rivojlantirish davlat dasturi to‘g‘risida»gi Farmoni e’lon 
qilindi. Buning asosida turizm sohasidagi bozor munosabatlari uzil-kesil yo‘lga 
qo‘yildi hamda dunyo bozori bo‘yicha raqobatbardosh turistik mahsulot yaratila 
boshlandi, turizm tizimini boshqarishning markazlashtirilishiga chek qo‘yildi. 
Ko‘pchilik turistik ob’ektlar o‘zlarini o‘zlari boshqara boshlashdi, xizmat bozorida 
raqobatlasha olmaydigan korxonalar yopilib, samarali ishlovchi yangi korxonalarga 
o‘rin ochib berildi. Hozirgi paytda turizm sohasidagi islohotlarning to‘rtinchi 
bosqichi boshlangan bo‘lib, unda xususiy turistik tashkilotlar assotsiatsiyasiga va 
tashkil etiladigan boshqa turistik assotsiatsiyalarga (masalan, Gid—tarjimonlar 
assotsiatsiyasi, Mehmonxona egalari assotsiatsiyasi, Transportchilar 
assotsshsiyasi) «O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasining bir qator vakolatlarini 
o‘tkazish ustida izlanishlar olib borilmoqda. Bu o‘lkamiz turizm bozorida faoliyat 
yurituvchi korxonalarimizning yanada tezroq sur’atlarda rivojlanishlariga yordam 
beradi.

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling