Kichik mutaxasislar tayyorlash markazi gumanitar va ijtimoiy fanlar sikli
Download 0.68 Mb.
|
Diniy aqidaparastlik uslubiy qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shavkat MIRZIYOYEV O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo’mondoni KIRISH
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI KICHIK MUTAXASISLAR TAYYORLASH MARKAZI GUMANITAR VA IJTIMOIY FANLAR SIKLI Axmedov B.Sh. DINIY AQIDAPARASTLIK, EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARSHI KURASHNING MA’NAVIY-MA’RIFIY ASOSLARI O’quv qollanma SAMARQAND-2022 Axmedov B.Sh. zaxiradagi podpolkovnik Diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari O’quv qollanma O’R QK KMTM nashri, 2022 yil, 00 b. Mazkur o’quv qo’llanma “Diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” fanidan davlat tilida tayyorlangan qo’llanma bo’lib, u O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari hamda Mudofaa vazirligi tizimidagi barcha toifadagi kichik komandirlar va Kichik mutaxasislar tayyorlash markazi kursantlari uchun mo’ljallangan. “Bugungi tez o’zgarayotgan dunyo insoniyat oldida yangi-yangi, buyuk imkoniyatlar ochmoqda. Shu bilan birga, ularni ilgari ko’rilmagan turli yovuz havf-xatarlarga ham duchor qilmoqda. G’arazli kuchlarsodda, g’o’r bolalarni o’z ota-onasiga, o‘z yurtiga qarshi qayrab, ularning hayotiga, umriga zomin bo’lmoqda. Bunday keskin va tahlikali sharoitda biz ota-onalar, ustoz-murabbiylar, jamoatchilik, mahalla-ko’y bu masalada hushyorlik va ogohlikniyanada oshirishimiz kerak. Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim”. Shavkat MIRZIYOYEV O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo’mondoni KIRISH “Diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” fanini o‘qitishdan maqsad – o‘rganuvchilarga diniy ekstremizm va terrorizmning ijtimoiy xavfini tushuntirishdan iborat bo‘lib, bunda asosiy e’tibor “g‘oyaga qarshi g‘oya, fikrga qarshi fikr, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish” tamoyilining mohiyatini anglab yetishga ko‘maklashish, ularni diniy bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash, sog‘lom shaxs ma’naviyatiga xos bo‘lgan milliy va diniy qadriyatlar uyg‘unligining o‘ziga xos jihatlarini yoshlar ongiga singdirish, dindan siyosiy maqsadlarda foydalanayotgan ekstremistik tashkilotlarning reaksion mohiyatini fosh etish, yurtimizda vijdon erkinligining kafolatlanishi, ma’rifiy islomning rivojlanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan kursantlarni tanishtirishga alohida e’tibor qaratiladi. Fanning vazifalari – diniy mutaassiblik, ekstremizm va terrorizmning paydo bo‘lish sabablari, moliyaviy manbalari, geosiyosiy jarayonlar bilan bog‘liqligi, bu sohada davlatimiz siyosati va amaliy tadbirlarini chuqur o‘rgatish hamda kursantlarda diniy ektremistik g‘oyalarga nisbatan immunitetni shakllantirish va respublikada amalga oshirilayotgan diniy siyosatni to‘la qo‘llab-quvvatlash hissini mustahkamlashdan iborat. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling