Islomiy jihod ittihodi. «Islomiy jihod ittihodi» (arab. «Ittihad al-jihad al-islamiy»). Mazkur guruhning «Islom jihodi», «Islom jihodi uyushmasi», «Islom jihodi — mujohidlar jamoati» nomlari ham mavjud. Ma’lumotlarga ko‘ra, guruhga avvallari «Turkiston islom harakati»ning a’zosi bo‘lgan, o‘zini «amir» deb e’lon qilgan Najmiddin Jalolov asos solgan. Mutaxassislar «Islomiy jihod ittihodi» guruhi «Turkiston islom harakati»dan ajralib chiqqanini e’tirof etishadi. Bunga moliyaviy masalalar, strategiya va maqsadlar bo‘yicha «Turkiston islom harakati»ning rahbari bilan bir guruh jangarilar o‘rtasida ixtilofning yuzaga kelishi asosiy sabab bo‘lgan.
Guruhning asosiy maqsadi 0 ‘zbekiston Respublikasi hukumatiga qarshi chiqish, konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darish, terrorizm orqali islom xalifaligini o‘rnatishdan iborat. Ushbu maqsadda guruh Afg‘oniston, Pokiston va Kavkazdagi xalqaro terrorchi jamoa va tashkilotlar bilan mustahkam aloqalar o‘rnatgan. Ushbu guruh Markaziy Osiyo mintaqasidagi faoliyati davomida bir qator teraktlar sodir etgan. Guruh a’zolari tomonidan 2009-yilning may oyida 0 ‘zbekiston Respublikasi Andijon viloyatida qo‘poruvchilik harakati sodir etilgan. Shuningdek, 2009-yilning yoz oylarida ular tomonidan Toshkent shahri, Qashqadaryo hamda Toshkent viloyatlarida amalga oshirilgan qotillik va bosqinchiliklar natijasida 3 kishi halok bo‘lgan, 24 fuqaro turli dara jada tan jarohati olgan.
«Islomiy jihod ittihodi» bugungi kunda «Internet» tarmog‘iorqali targ‘ibot ishlari o'tkazish va mehnat migrantlari ichida yollash ishlari o‘tkazish kabi usullar bilan o‘z safini yangi jangarilar bilan toldirishga harakat qilmoqda.
Yuqorida qayd etilgan diniy-ekstremistik tashkilotlar Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan 0 ‘zbekiston xavfsizligiga tahdid solgani yuqorida keltirilgan ma’lumotlarda o‘z aksini topgan. Shunga mos ravishda, Oczbekistonda ham ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha salmoqli tajriba to‘plangan.
Mazkur tajribadan kelib chiqadigan eng asosiy xulosa shuki, ekstremizm va terrorizm bilan kurashda, asosan, huquq-tartibot organlariga suyanish, faqat jazo choralarini qo‘lIash orqali unga barham berishga intilish mazkur salbiy hodisaning oqibati bilangina kurashish deganidir. Boshqacha aytganda, bunday yoldan borilsa, ekstremizm va terrorizmni oziqlantirib turgan «ildiz»lar zararlanmay qolaveradi, ma’lum bir davr o‘tishi bilan ular yangi «kurtak»lar berishda davom etaveradi.
7-MAVZU. Kibermakonda din omili.
1. Kibermakon tushunchasi. Kibermakon va jamiyat. Kibermakon va din. Kiberterrorchilik.
2. Inson omili uchum kurash. Virtual muloqot. Axborot asri tahlikalari. Internet tarmog‘idagi axborot urushi. Global tarmoqdagi g‘oyaviy xurujlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |