Kichik mutaxasislar tayyorlash markazi gumanitar va ijtimoiy fanlar sikli
Nurchilik. «Nurchilik» (turk. nurculuk)
Download 0.68 Mb.
|
Diniy aqidaparastlik uslubiy qo\'llanma
Nurchilik. «Nurchilik» (turk. nurculuk) diniy mutaassib harakat. Xalq tilida «Nurchilar» degan nom bilan ham mashhur. Turkiyaning Bitlis viloyatidagi Nursa qishlog'ida tug‘ilgan Said Nursiy (1876—1960) bo‘lib, «Badiuzzamon» (arab. zamonaning buyugi, benazir) laqabi bilan tanilgan. Harakat uning asoschisi tomonidan XX asrning 20-yillaridagi Turkiyadagi siyosiy va diniy vaziyatninng o‘zgarishi ta’sirida, xususan, Mustafo Kamol Otaturkning dunyoviy davlat tuzishiga qarshi muxolif ravishda shakllantirilgan. Said Nursiy Turkiya Respublikasi konstitutsiyasi tuzumiga tahdidi va shariatga asoslangan davlat tuzishni uyushtirishda ayblanib, sudlandi va 23-yil umrini qamoqda o‘tkazdi.
Harakat g'oyasi Nursiy tomonidan yozilgan 14 jilddan iborat Qur’on oyatlarining sharhlari va diniy ko'rsatmalardan iborat «Risolai Nur» kulliyoti kitobiga asoslanadi. «Nurchilik» hukumat tomonidan ta’qib qilingani uchun mazkur kitob 1954-yilgacha biror-bir nashriyotda chop etilmay, harakat faollari tomonidan qolda ko‘chirilib, xalq orasida maxfiy tarqatilgan. Harakat a’zolari manbaning muhimligini ko‘rsatishda Badiuzzamonning «Ilm uchun Risolai Nurni o‘qish va ko‘chirib yozish kifoya, boshqa hech narsa kerak emas», degan fikrini ilgari suradi. Turkiyaning amaldagi davlat tuzumi o‘rniga islom shariatiga muvofiq qonun-qoidalarini joriy qilish «Nurchilik»ning asosiy g'oyasi hisoblanadi. Keyingi bosqichda go‘yoki, turkiyzabon davlatlarni Turkiya soyasida birlashtirib, islomiy davlatni barpo etish g‘oyasi ilgari surilib, bunda harakat rahnamosi Fathulla Gyulenning «Butun Yer yuzi Allohning mulki, uni bu meniki, bu seniki, deb bo‘lib olishga hech kimning haqqi yo‘q» degan fikr ostida boshqa xalqlarni Yatan tuyg‘usidan ajratib, ular ustidan hukmronlikni qo‘lga kiritish ko‘zlanadi. Harakatning strategiyasi uzoq davrga mo‘ljallangan bo‘lib, asta-sekinlik bilan yoshlarga mutaassib diniy g‘oyalarni singdirib borish hamda panturkizm g‘oyalarini singdirish va kelajakda ularning rahbar lavozimlarga tayinlanishi orqali «Nurchilik» jamoasiga moyil shaxslarni hokimiyat tepasiga chiqarishga asoslangan. Nurchilar strategiyasida Kavkaz, Bolqon va Markaziy Osiyo mintaqasi alohida o‘rin tutadi. Fathulla Gyulen fikricha, harakatning bu hududlarda ustuvor mavqega erishishi Usmonlilar davridagi kabi «Buyuk Turon» tiklanishiga xizmat qiladi. Uning ko‘rsatmalariga rioya qilgan nurchilar til, din va madaniyatlar birligini hamda zamonaviy fikrlaydigan kadrlar tayyorlashda yordam berishni iddao qilgan holda Markaziy Osiyo davlatlarida ham paydo boldi. Bu oqimning Markaziy Osiyo mintaqasiga kirib kelishi 1992-yildan boshlab kuzatilgan. Dastlab oqim g‘oyalari turkiyalik mutaassiblarning moddiy va ma’naviy ko‘magida yetkazilgan. Ular tomonidan mintaqa mamlakatlarida ochilgan 128 talitseydagi ta’lim jarayonida yangi pedagogik va psixologik texnologiyalar hamda metodlardan samarali foydalanilgani ularning dovrug‘i tarqalishiga va aholi tomonidan ijobiy qabul qilinishiga zamin yaratdi. «Nurchilar» harakatining rejasiga ko'ra, 10— 15 yillardan so‘ng ular faoliyat olib borgan mamlakatning yirik siyosiy arboblari va tijoratchilari bo‘lib yetishishlari kerak edi. «Nurchilik» harakatining 0 ‘zbekistonga kirib kelishi mustaqillik yillarining boshlariga borib taqaladi. Ular Turkiya bilan bo‘lgan milliy va madaniy aloqalar soyasi ostida Turk-o‘zbek litseylari faoliyatini moliyalashtirib, o‘zbek yoshlarini harakat g‘oya lari domiga tortmoqchi bo‘ldilar. Harakatning asl maqsadlari fosh bo‘lgach, 1999-yil uning faoliyati taqiqlanib, mamlakatdagi litseylar yopildi. Shuningdek, harakat a’zolarining 0‘zbekistondagi ikkinchi g‘ayriqonuniy urinishlari sifatida tashkil etilgan o‘quv markazlari, chop etilgan gazeta va jurnallar hamda teleko‘rsatuvlar aniqlanib, ularning faoliyati ham tugatildi. Ming afsuski, bizga qoshni bo‘lgan ayrim davlatlarda bunday amaliyot bugungi kunda ham davom etmoqda. «Nurchilik» ochiqdan-ochiq konstitutsion tuzumga qarshi kurash, «islom davlati»ni qurish g‘oyalari mavjud bo‘lmasa-da, mazmun va mohiyat jihatidan uning g‘oyalari va ushbu oqim tomonidan chop qilingan adabiyotlar fundamentalistik ta’limotlarning aholi orasida ildiz otib ketishiga asos yaratib, jamiyat barqarorligiga xavf soluvchi mutaassiblik g‘oyalarini targ‘ib etishga xizmat qiladi. Harakatning g‘oyalari va faoliyatiga Turkiya jamiyatining o‘zida ham ziddiyatli munosabat mavjud. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling