Kichik mutaxasislar tayyorlash markazi gumanitar va ijtimoiy fanlar sikli


Download 0.68 Mb.
bet17/25
Sana07.01.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1082033
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25
Bog'liq
Diniy aqidaparastlik uslubiy qo\'llanma

Xorijiylar - (arab. - ajralib chiqqan, isyonchi) - islomdagi ilk oqim tarafdorlari. Xalifa Ali bilan umaviylar o’rtasidagi kurash davomida VII asrning 2-yarmi boshlarida vujudga kelgan. Taxt uchun kurashda Ali (ra) Muoviya tarafdorlari (umaviylar) bilan muzokara olib borishga ko’ngan. Bu hol Ali (ra) haqiqiy vorislik huquqiga ega, deb hisoblagan tarafdorlarining o’rtasida norozilik tug’dirgan. Qo’shinning bir qismi (12 ming kishi) Alini kelishuvchilikda ayblab, undan ajralib ketgan va keyinchalik Aliga ham, umaviylarga ham bab-baravar qarshi kurash boshlagan. Ana shu guruh tarafdorlari Xorijiylar deb nom olgan. Xorijiylar harakati arablar tomonidan bo’ysundirilgan Iroq va Eron aholisi, oddiy arab-musulmonlar manfaatini ifodalagan. Ular o’zlarini haqiqiy musulmon deb hisoblagan. Xorijiylar "dindan qaytgan", deb e’lon qilingan siyosiy va g’oyaviy raqiblarga nisbatan murosasiz bo’lgan. Xorijiylar ta’limotiga ko’ra, xalifa jamoa tomonidan saylanadi va jamoaga bo’ysunadi; har qanday taqvodor musulmon (hatto qul yoki qora tanli bo’lsa ham) xalifa bo’lib saylanishi mumkin; agar xalifa jamoa manfaatlarini himoya qilmasa, vazifasidan bo’shatiladi va hatto qatl yetiladi. Xorijiylar fikricha, e’tiqod amaliy faoliyat bilan mustahkamlanishi lozim. E’tiqod, gunohkor kishilarni jazolash masalalarida xorijiylar murji’iylarga qarama-qarshi turgan. Keyinchalik xorijiylar bir necha mayda guruhlarga bo’linib ketgan. Ummaviy va abbosiy xalifalar 7-9-a.larda xorijiylarga qarshi keskin kurash olib bordi. Buning natijasida xorijiylar qirib tashlandi, ularning qolganlari SHimoliy Afrikada o’z davlatini vujudga keltirdi. Xorijiylar xalifalikdagi ko’pgina qo’zg’olonlar (Zinjiylar qo’zg’oloni, Abu Muslim qo’zg’oloni va b.)da qatnashgan. Hozirgi davrda X ning ibodiylar firqasi mag’rib mamlakatlarida (Jazoir, Tunis va b.da), Ummon, Tanzaniyada uchraydi.
Xorijiylikning kelib chiqishi. Xalifa Ali (r.a.) bilan Muoviya o'rtasidagi tuzilgan bitimdan Kufa yaqinida turgan 12 m ing kishi dan iborat qo‘shinning bir qismi norozi bo‘ldi. U lar «hukm chiqarish faqat Allohning qo‘lidadir», degan shior bilan qo'shinni tark etib, Kufa yaqinidagi Harura qishlog‘iga ketdilar. Bu firqaning Kufadagi «xuruj» (bo'ysunmaslik) voqeasi ularning «xavorij» (qarshi
chiquvchilar) nom ini olishlariga sabab bo‘ldi. Bu voqea Harura qishlog‘ida yuz berganligi bois avvaliga ularni «haruriylar» deb ham ataganlar. U lar o‘zlarini «shurot» (jonlarini Alloh yolida tikkan kishilar) deb nomlaganlar. Yana ularning «Muhakkima» («hukm Allohning qoiida» deguvchilar) degan nom lari ham bo'lgan.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling