Kichik mutaxasislar tayyorlash markazi gumanitar va ijtimoiy fanlar sikli


Download 0.68 Mb.
bet18/25
Sana07.01.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1082033
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25
Bog'liq
Diniy aqidaparastlik uslubiy qo\'llanma

Xavorijlar ta`limotlari:
- “Gunohi kabira” (“katta gunoh”) qilgan kishini kofir deb e`tiqod qildilar. Shunga qo`ra, Usmonni Abu Bakr va Umar yo`lidan yurmagani uchun kofir dedilar. Ali, Muoviya, Abu Muso, Ibn Oslar “Siffin” kuni o`zaro sulhda qatnashganlari uchun ular nazdida kofirdirlar;
- Zolim podshohga qarshi chiqishni vojib deb bildilar. Shialikdagi “taqiya”, ya`ni o`z e`tiqodini yashirin saqlash mumkinligi haqidagi aqidani rad etdilar. O`zlari zaif bo`lsalar ham, zolim podshoh qudratli bo`lsa ham unga qarshi chiqish vojib bo`laveradi deb hisoblardilar;
- Quraysh qabilasidan bo`lmasa ham, arab bo`lmasa ham musulmonlar tomonidan saylangan har qanday odam xalifa bo`la oladi. Xalifalik Shialar aytganidek, ma`lum jamoat ichida cheklanmagan;
- Qur`oni Karimni “maxluq”, ya`ni “yaratilgan”, azaliy emas deb e`tiqod qiladilar;
- Namoz, ro`za, zakot va boshqa amallarni imonning bir bo`lagi va kishi to barcha amallarni bajarmaguncha dili bilan tasdiqlab, tili bilan aytishi kifoya emas dedilar.


3. Diniy ekstremizm, fundamentalizm g`oyalarining harbiy jamoaga kirib kelishini oldini olish.
Hozirgi kunda diniy ekstremizm mafkurasiga, qo`poruvchilik - terrorchilikka qarshi kurashdagi asosiy vazifa - harbiy jamoa o`rtasida olib boriladigan targ`ibot-tashviqot va tarbiyaviy ishlarni chuqur o`ylangan tizim asosida tashkil etish va ularning ta`sirchanligini keskin kuchaytirishni bugun boshimizdan kechirayotgan hayotning o`zi taqazo etmoqda.
Muqaddas islom dinimizni pok saqlash, uni turli xil g`arazli xuruj va hamlalardan, tuhmat va bo`htonlardan himoya qilib, uning asl mohiyatini harbiy xizmatchilarga to`g`ri tushuntirish, islom madaniyatining ezgu g`oyalarini keng targ`ib etishimiz zarur. Ba`zan islom dini va diniy aqidaparastlik tushunchalarini bir-biridan farqlay olmaslik yoki g`arazli maqsadda ularni teng qo`yish kabi holatlarga biz chek qo`yishimiz uchun o`zimiz islom dini tarixi, ta`limoti to`g`risida muayyan bilimga ega bo`lishimiz talab etiladi.
Doimiy bizdan talab etiladigan, bugun xizmat faoliyatimizga singib ketgan "o`z uyingni o`zing asra!" degan da`vatni yanada chuqurlashtirib, kerak bo`lsa, uni boyitib "o`z uyingni o`zing asra, o`z yurtingni o`zing himoya qil" degan umummilliy shiorimizga biz harbiylar doimo sodiq bo`lishimiz lozim. Mana shunday xurujlarga nisbatan ogoh va hushyor bo`lish har bir O`zbekiston fuqarosining muqaddas burchidir. Jumladan, Qurolli Kuchlarimiz saflarida xizmat qilayotgan barcha kategoriyadagi harbiy xizmatchilar, Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilari bunday xavflarga nisbatan murosasiz munosabatda bo`lmoqlari lozim. Harbiy xizmatchilar hamisha: ogohlik va sergaklikni o`zlarining burchlari, deb bilishlari shart. Harbiy xizmatchilar Vatanga qasamyodga sodiq qolishga, o`z xalqiga fidoiylarcha xizmat qilishga, O`zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi va hududiy butunligini matonat, mahorat bilan, o`z so`ngi tomchi qoni va hatto hayotini ayamasdan himoya qilishga, harbiy burchni bajarishga majbur ekanliklarini doimo his qilib turishlari kerak.
Diniy ekstremizm va fundamentalizm g`oyalarining harbiy jamoaga kirib kelishini oldini olish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining qator buyruq va direktivalari amalda harbiy qism va muassasalarda bajarilishi yo`lga qo`yilib, qattiq nazoratga olingan. Jumladan: O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining 2004 yildagi “O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism va muassasalari shaxsiy tarkibi tafakkuriga - diniy ekstremizm va fundamentalizm mohiyatini, uning milliy xavfsizlikka tahdidini chuqur singdirish tadbirlari to`g`risida”gi, № D-8 sonli direktivasi:
- doimiy ravishda, terrorizm ekstremizm va fundamentalizm mohiyati, uning milliy xavfsizligimizga tahdidini ochib berishga yo`naltirilgan ishlar milliy, ruhiy o`ziga xosliklar, xalqimiz urf -odatlari, an`analari, harbiy xizmatchilarning xizmat mavqei, bilim darajasini inobatga olgan holda yuritish;
- jangovar vazifani bajarishga borayotgan bo`linma uchun kun tartibida ko`zda tutilgan qorovulga tayyorgarlik ko`rish vaqtida boshliqlar va qorovul faollarini mustahkam harbiy intizomni saqlash shakllari, qo`yilgan vazifani so`zsiz bajarish, dunyoda, mintaqamiz va mamlakatimizda bo`layotgan ijtimoiy-siyosiy voqealarni shaxsiy tarkibga tushuntirishni amalga oshirish;
- O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining 2009-yildagi “O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo`shinlarida diniy ekstremizm va missionerlikni oldini olishga qaratilgan qo`shimcha chora - tadbirlar to`g`risida”gi №135 sonli buyrug`ida barcha pog`onalarga mansub komandir va ularning tarbiyaviy ishlar bo`yicha o`rinbosarlari tomonidan bo`ysunuvchi harbiy xizmatchilarning dinga, diniy ekstremizm va missionerlik faoliyatini targ`ib etuvchi turli oqimlarga nisbatan munosabatlarni aniqlashga qaratilgan ishlarni jadallashtirilishiga, asosiy e`tibor harbiy xizmatchilar bilan yakka tartibda suhbatlarga qaratilishlikni;
- shaxsiy tarkib orasida O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlarimiz Oliy Bosh qo`mondoni Sh.Mirziyoyev asarlarining mazmun - mohiyatini tushuntirib borish;
- O`zbekiston Respublikasi yoshlar ittifoqi, O`zbekiston xotin-qizlar qo`mitasi, respublika “Ma`naviyat va ma`rifat” jamoatchilik markazi, respublika “Mahalla” xayriya jamg`armasi, O`zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo`llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg`armasi vakillari bilan hamkorlikda harbiy xizmatchilar va ularning oila a`zolari o`rtasida tarbiyaviy tadbirlar tashkillashtirish;
- O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining 2011 yildagi “Diniy ekstremizm va fundamentalizm g`oyalarining O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo`shinlari orasiga singib kirishiga yo`l qo`ymaslik va mansabdor shaxslarning bu boradagi shaxsiy mas`yliyatini yanada oshirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida”gi 1-sonli buyrug`i ijrosini ta`minlash.
Diniy ekstremistlar yoshlar ongiga an`anaviy islom dini niqobi ostida dinimizning asl qadriyatlariga daxli bo`lmagan, yot - uydirma, ba`zan jaholat sari yetaklovchi shavqatsiz tushunchalarni singdirishga urinib kelmoqda. Bunday muammolar O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tasarrufidagi bo`linmalarni chetlab o`tmadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 12.09.2019 yildagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan “O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o`tash tartibi to`g`risidagi nizom”da harbiy xizmatchilarni o`z xizmat mavqeidan siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari diniy uyushmalar manfaatlarida foydalanish, ularning g`oyalarini targ`ib qilish man etilganligini yoritilgan.
Tashkiliy va tarbiyaviy ishlarda qo`shinlarda sog`lom ma`naviy – axloqiy muhit, mustahkam harbiy intizom va huquqiy tartibotni saqlab borish zarur. Diniy g`oyalarni targ`ib qilish bilan mashg`ul bo`lgan harbiy xizmatchilarni, Qurolli Kuchlar xizmatchilarni aniqlash va tezlik bilan bu kabi holatlarga barham berish lozim. Harbiy xizmatchilar, Qurolli Kuchlar xizmatchilari qaysi dinga e`tiqod qilishlaridan qat`iy nazar, diniy kiyim kiyish, turli diniy atributlar taqab (osib) yurish man etiladi. Xizmat (ish) joyida va bunday joydan tashqarida milliy va umume`tirof etilgan an`analarga mos keladigan kiyim kiyib yurish tavsiya etiladi.
O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining “Markaziy Osiyo mintaqasida faoliyat yuritayotgan ayrim diniy ekstremistik va terroristik tashkilotlarga oid ma`lumotlarni o`rganib borish tadbirlarini qo`shimcha tashkillashtirish to`g`risi”dagi 2011-yil 22 noyabr D-17 sonli direktivasini doimiy o`rganib borishi zarur.
O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri tarbiyaviy ishlar bo`yicha o`rinbosarining 2010-yildagiDiniy ekstremizm va fundamentalizm g`oyalarining O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo`shinlari orasiga singib kirishi va targ`ib qilinishiga yo`l qo`ymaslik uchun harbiy xizmatchilar shaxsiy mas`yliyatini oshirish choralari to`g`risida”gi №204 sonli buyrug`i talablarini so`zsiz bajarish. Qurolli Kuchlarimiz harbiylari, ishchi va xizmatchilari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlarimiz Oliy Bosh qo`mondoning hamda O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining buyrug`i va direktivalarini talablarini bilishlari va bajarishlari lozim. Shundan kelib chiqib, O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi shaxsiy tarkibi quyidagi talablarni bajarishliklari lozim:
- alohida e`tibor uylanmagan (turmushga chiqmagan), ya`ni o`z oilasi oldida ijtimoiy mas`yliyatga ega bo`lmagan, ma`naviy - axloqiy sifatlari nisbatan zaif, jinoiy elementlarning salbiy ta`siriga berilib qolishi mumkin bo`lgan, dunyoviy jamiyatga yot, diniy ekstremizm va fundamentalizm g`oyalarini targ`ib qiladigan kishilar da`vatiga ta`sirchan harbiy xizmatchi, Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilariga domiy e`tiborni qaratish; huquqni muhofaza qilish organlari bilan doimiy tadbirlar rejalashtirib, diniy ekstremizm va fundamentalizm g`oyalarining qo`shinlar shaxsiy tarkib orasiga singib kirishiga yo`l qo`ymaslikni aniq choralar orqali amalga oshirish doimiy e`tiborda bo`lishini ta`minlash;
- harbiylarni, yoshlarni turli ekstremistik oqimlarga qo`shilib ketishini oldini olish bo`yicha tadbirlar, joylarda ijtimoiy-siyosiy, diniy vaziyatning doimiy munozara va tahlilini tashkil etish, vaziyatni barqarorligini ta`minlash bo`yicha mutasaddi tashkilot va idoralar orasidagi amaliy hamkorlikni mustahkamlash;
- alohida reja asosida harbiy o`quv muassasalarida yoshlarni dunyoviylik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar va ma`naviy-ma`rifiy ishlarning ta`sirchanligini oshirish;
- harbiy ta`lim muassasalarida «tinchlik – eng oliy ne`mat», «islomda ekstremizm va terrorizmga o`rin yo`q», «diniy – ekstremistik oqimlarni – davlat va jamiyatga tahdidi» kabi mavzularda davra suhbati va seminar - mashg`ulotlar o`tkazish, tadbirlarda diniy - ekstremistik guruhlarning jinoyatlari aks etgan videotasvirlarni namoyish etish;
- harbiy ta`lim muassasalarida huquqshunoslar va islomshunos olimlar ishtirokida, diniy ekstremizm g`oyalarining jamiyatga tahdidi va islomga zid ekani haqida davra suhbatlari uyushtirish, xalqaro terrorizm hamda diniy ekstremizm g`oyalari zamirida g`arazli geosiyosiy maqsadlar yotganligi, aqidaparastlar islomni buzib talqin qilishlarini asosli tarzda fosh etuvchi chiqishlarni tizimli tashkil etish;
- diniy - ekstremistik oqimlar tarkibida sodir etgan jinoyati uchun jazo muddatini o`tagan, hozirda tuzalish yo`liga kirgan va amnistiya tufayli ozodlikka chiqqan shaxslarni, aqidaparastlikning asl mohiyati va zararli oqibatlarini tushuntirish bo`yicha tashkil etiladigan tadbirlarga keng jalb qilish.
Xulosa qilib aytganda, yosh avlodni, jumladan, barcha harbiylarni turli yot diniy oqimlar ta’siriga tushib qolishning, harbiy jamoaga diniy ekstremistik g’oyalarning kirib kelishning oldini olish to’g’risida g’amxo’rlik nafaqat davlatning vazifasi, balki har bir komandir, harbiy xizmatchining muqaddas burchidir. Bunda harbiy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan, harbiy qismlarda xizmat qilayotgan farzandlarimiz qalbida milliy ruh, ona Vatanga mehr va sadoqat, adolat tuyg’usini har tomonlama kuchaytirish, buyuk ajdodlarimiz, jumladan, Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Shohruh Mirzo, Zahriddin Muhammad Bobur singari sarkardalarning boy jang san’atidan keng foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.



Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling