1-MAVZU. Mafkuraviy xurujlar va ularning namoyon bo‘lish shakllari.
O’quv savollari:
1. Hozirgi davr va ma’naviy-mafkuraviy tahdidlar, ularning o’ziga xos xususiyatlari. Ommaviy madaniyat tushunchasining mazmun-mohiyati.
2. O`zbekistonga xuruj qilayotgan mafkuraviy tahdidlar va ularning turlari.
1. Hozirgi davr va ma’naviy-mafkuraviy tahdidlar, ularning o’ziga xos xususiyatlari. Ommaviy madaniyat tushunchasining mazmun-mohiyati.
G`OYA — inson tafakkurida vujudga keladigan, jamiyat va olamlarni maqsad sari yetaklayligan fikr. Unda olamni bilish va amaliy ozgartirish maqsadlari, ularga erishish yollari va vositalari mujassam boladi.
MAFKURA (arab. — fikrlar majmui) — muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, jamiyat, davlatning manfaatlari, orzulari, maqsadlari ifodalangan qarashlar va ularni amalga oshirish tizimi. Unda manfaatlari ifodalanayotgan guruh va qatlamlarning o’tmishi, bugungi kuni va istiqboli o’z ifodasini topadi. Mafkura har qanday jamiyat hayotida zarur. Insoniyat tarixida turli-tuman mafkuralar bo’lgan. Turli xalqlar va ijtimoiy kuchlarning g’oyaviy rahnamolari, mutafakkir va arboblari o’zlarining manfaat va maksadlaridan kelib chiqib mafkuraviy ta’limot va dasturlar ishlab chiqqanlar. Har qanday mafkura jamiyatda yangi paydo bo’lgan ijtimoiysiyosiy kuchlarning talab-ehtiyojlari, maqsadlarini ifoda etuvchi yangi g’oyaviy tizim sifatida vujudga keladi va, asosan, qu-yidagi vazifalarni o’z oldiga qo’yadi: muayyan g’oyani odamlarning ongiga va ruhiyatiga singdirish; aholining turli guruhlarini birlashtirish; ko’zlangan maqsad va niyatlarga erishish uchun odamlarni safarbar etish; ularni ma’naviy ruhiy rag’batlantirish; aholini, ayniqsa, yosh avlodni g’oyaviy tarbiyalash va mafkuraviy immunitetni shakllantirish; boshqa mafkuraviy va g’oyaviy ta’sirlardan himoya qilish va shu kabilar.
"Mafkuraviy taxdid" muayyan millat, jamiyat, davlatning tinchligi va barqarorligiga qarshi qaratilgan, siyosiy va konstitutsion tuzumni zaiflashtirish hamda buzishga yo’naltirilgan, shaxs va jamiyat xavfsizligi, ma’naviy, mafkuraviy, ruhiy dunyosiga tajovuz qiladigan g’oyaviy-nazariy qarashlar va ularga asoslangan amaliyot majmuini ifodalaydigan tushunchadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |