Kichik mutaxasislar tayyorlash markazi gumanitar va ijtimoiy fanlar sikli


Download 0.68 Mb.
bet7/25
Sana07.01.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1082033
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
Bog'liq
Diniy aqidaparastlik uslubiy qo\'llanma

Diniy ekstremizm – jamiyat uchun an`anaviy bo`lgan diniy qadriyatlar tizimini inkor etib, ularga zid bo`lgan «g`oyalar» va amallarni agressiv tarzda targ`ib qilishdir. Aqidaparastlik (arab. aqida — ishonch) muayyan sharoitda, biron-bir g`oya yoki tamoyilga qat`iy ishonch va uni mutlaqlashtirish asosida shakllangan qoida va tartiblarni sharoit, holat, vaziyatni hisobga olmagan holda, ko`r-ko`rona qo`llash va urinishni anglatadi.
Diniy ekstremizm kelib chiqishining birinchi va asosiy sababi bu - mutaassib fikr va qarashlarning paydo bo`lishidir.
Mutaassablik (fanatizm - frantsuzcha - “ibodat) - muayyan g`oyalarning to`g`ri ekaniga qattiq ishonish, ularga mukkasidan berilish, “o`zgalar” va “o`zgacha” qarash va g`oyalarga murosasiz munosabatda bo`lish, boshqa firqa va mazhablarni butunlay rad etgan holda, ularni tan olmaslikda namoyon bo`ladi. Mutaassiblik barcha davrlarda turli din va yo`nalishlar orasida keskin nizo va to`qnashuvlar kelib chiqishiga sababchi bo`lgan.
Ongi zaharlangan va mutaassibga aylangan kishilar o`zlari qilayotgan ishlarini to`g`ri deb hisoblagan holda, har qanday nomaqbul ishlardan ham bosh tormaydilar. Vaholanki, ularni bu yo`lga boshlagan “rahnomalarning” asl maqsadi mohiyatan g`ayriinsoniy xarakterga ega.
Diniy ekstremistik tashkilot bu:
- pog`onama - pogona bo`ysunish tizimiga ega, tashkiliy jihatdan uddaburon tuzilgan;
- faoliyatida maxfiylik (konspiratsiya) elementlari kuzatiladi;
- a`zolarining ongiga o`ta ketgan diniy mutaassiblik g`oyalari singdirib boriladigan, tinka – madorlari qurib ketadigan darajada ogir ruhiy va jismoniy mashq usullari qo`llanilishi oqibatida barkamol rivojlanishlari to`xtab qolib, ruhiy va jismoniy holatlariga (sifatlariga) putur yetishida namoyon bo`ladigan;
- guruh tarkibining taraqqiyot sari yetaklaydigan har qanday urf-odat, axloq me`yorlari, mavjud ijtimoiy tuzim, madaniyat, tartib, dinlararo va millatlararo bag`rikenglik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga nihoyatda salbiy, murosasiz munosabatda bo`lish sifatlari tarbiyalanadi.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling