Kichik mutaxasislar tayyorlash markazi gumanitar va ijtimoiy fanlar sikli


Terrorchilik harakatiga xos xususiyatlar


Download 0.68 Mb.
bet10/25
Sana07.01.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1082033
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25
Bog'liq
Diniy aqidaparastlik uslubiy qo\'llanma




Terrorchilik harakatiga xos xususiyatlar:
• Terrorchilarning “Zo`rlik” davlatni qulatuvchi va hokimiyatga erishishini osonlashtiruvchi parokandalikka olib keladi” degan g`oyaga asoslanib harakat qilishi;
• Hech qanday urush bo`lmayotgan, tinchlik hukmronlik qilayotgan, jamiyatda demokratik institutlar faoliyat ko`rsatayotgan bir sharoitda muqobil usullarni atayin inkor etgan holda, siyosiy masalalarni zo`rlik yo`li bilan amalga oshirishga harakat qilishi;
• Uning muayyan siyosiy maqsad yoki amaliy natijalarga emas, balki muayyan shakldagi xuruj natijasida odamlar orasida xavotirli shov-shuvga erishishi.
Terrorchilik harakatlarining olib borilishi uslublari davrlar o`tishi bilan o`zgarib kelmoqda. Ma`lumki, terrorchilik harakati tarixining ildizlari miloddan avvalgi birinchi ming yillik davriga borib taqaladi. Qadimgi Rim, Qadimgi Yunoniston davlatlarida hokimiyatni qo`lga olish maqsadida turli shakllarda terrorchilik xurujlari bo`lib turgan. Davrlar o`tishi bilan ekstremistlar va terrorchilarning davlat to`ntarishini amalga oshirish, jamiyatda beqarorlikni keltirib chiqarish yo`lida qo`llagan uslublari ham o`zgarib turgan. Bugungi kundagi terrorchilik uslublari ancha kengayib borayotganligi bilan xarakterlanadi.
Hozirgi zamon terrorchilik harakatiga xos xususiyatlar:
• Agar 1970-yillarda biror shaxs yoki siyosiy arbobga qarshi uyushtirilgan terror amaliyoti ko`proq takrorlangan bo`lsa, hozirgi kunda jamoat joylarda, samolyot, avtobus, poezdlarda portlashlarni amalga oshirish orqali ko`plab gunohsiz odamlarning qurbon bo`lishiga olib keladigan qo`poruvchilikni amalga oshirishga e`tibor berilmoqda. Ekspertlarning fikricha, bunday g`ayri insoniy harakatlar, avvalo, qurbon bo`lganlardan ko`ra, uning guvohlariga qaratilganligi ma`lum bo`lmoqda.
• OAVlarining terrorchilarni o`z maqsadlariga erishishlarida asosiy qurolga aylanib borayotganligi.
• Terrorchilik harakat jarayonlarining OAV orqali keng yoritilishi va omma ongida xavotirli aks-sado berishga intilishining kuchaytirilishi.
• Jamiyatda ovoza bo`lishga intilish, odamlarda qo`rquv hissini uyg`otish bilan terroristlar o`z maqsadiga erishmoqchi bo`lishadi.
• Odamlarni garovga olishning ham mohiyatdan o`zgarib borayotganligi. Avvallari garovga olishdan maqsad pul undirish bo`lgan bo`lsa, endilikda mamlakatda beqarorlikni keltirib chiqarish orqali siyosiy maqsadlarga erishishni ko`zlashi.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling