Kichik mutaxasislar tayyorlash markazi gumanitar va ijtimoiy fanlar sikli
Download 0.68 Mb.
|
Diniy aqidaparastlik uslubiy qo\'llanma
MAFKURAVIY TAHDID - ijtimoiy-siyosiy harakat, oqim yoki siyosiy kuch o’z manfaatini ifodalovchi mafkurasini qo’rqituv, zo’rlik yo’li bilan boshqalarga tiqishtirish. Mafkuraviy tahdid jamiyat, davlat yoki xalq, millat yoki elat taqdiriga xavf solib turgan, fojeali oqibatlarga olib kelishi mumkin bo’lgan mafkuraviy xavf-xatarlar majmuasi. O’zbekistonda insonparvar, demokratik jamiyat qurilayotgan hozirgi sharoitda fuqarolar ongi va faoliyatiga siyosiy ekstremizm, diniy va fundamentalizm, etnik va millatlararo ziddiyatlar, korruptsiya va jinoyatchilik, mahalliychilik va urug’-aymoqchilik, ekologik muammolar mafkuraviy tahdid shaklida namoyon bo’layotir. Ayniqsa, o’rta asr xalifaligini qayta o’rnatish g’oyasi hamda xalqaro terrorchilik va diniy ekstremizm markazlari orqali moddiy-g’oyaviy ta’minlanayotgan aqidaparastlar mafkurasi bugun mintaqamizdagi tinchlik va barqarorlik uchun katta xavf bo’lib turibdi (Qarang: Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar –Toshkent, 2000, 26-bet).
Mafkuraviy xurujlar: iddao va muddaolar. Har qanday odamning do’sti bor, dushmani bor. Har bir odam ham o’z atrofidagilarni do’st va dushmanlarga ajratadi. Buning sababi atrofdagilar o’sha odamga va uning o’zi atrofdagilarga turlicha munosabatda bo’lishida. Mamlakat va davlatlar ham shu jihatdan oddiy odamlarga o’xshaydi. Ularning ham do’stlari va dushmanlari bor. Tarixning guvohlik berishicha, mustaqillikni qo’lga kiritib, endigina oyoqqa tura boshlagan davlatlarga nisbatan ba’zi davlatlar yordam qo’lini cho’zsa, ba’zilari esa qanday qilib bo’lsa ham shu davlatning tiklanishiga qarshilik qilish, uni oyog’idan chalish payiga tushadi. Endigina qaddini rostlab kelayotgan mamlakatimizga nisbatan ham xalqaro maydonda yordam qo’lini cho’zayotgan va oyog’imizdan chalishga intilayotganlar bor. Oyoqdan chalish esa bizni o’ziga iqtisodiy jihatdan qaram qilib olishga intilish, siyosiy tazyiq o’tkazishga harakat qilish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi obro’siga putur yetkazish ilinji va mafkuraviy xurujlar shaklida bo’lishi mumkin. Hozirgi davr va ma’naviy-mafkuraviy tahdidlar hozirgi davrning o’ziga xos xususiyatlari XX asrning ikkinchi yarmidan shakllana boshlagan bo’lsada, uning bevosita asoslari 90-yillarning boshlarida yaqqolroq namoyon bo’ldi va ushbu jarayon bugungi kunda ham davom etmokda. Bugungi davr fenomeniga chuqur nazar tashlaydigan bo’lsak, u o’zining barcha xususiyatlari bilan oldingi davrlardan keskin farq qilishiga hamda oraliq bosqichlarining nihoyatda qisqa davom etishi va tez o’zgaruvchanligiga amin bo’lamiz. Jumladan, sobiq sovet imperiyasi va sotsializm lagerining yemirilishi ikki qutbli dunyoning barham topishi bilan yakunlandi va ko’p qutbli dunyoning shakllanishi uchun shart-sharoit tug’ildi. Biroq u tez orada yangi o’ta murakkab va qarama-qarshiliklarga nihoyatda boy vaziyat bilan almashindi. Bu davrning eng asosiy o’ziga xosligi shundan iboratki, u xalqaro globallashuv jarayonlarining o’ta ziddiyatli tus olganligi bilan ajralib turadi. Ziddiyatlar natijasida ko’p qutbli, adolatli dunyoning shakllanishi qiyinlashibgina qolmasdan, balki xalqaro barqarorlikka ham salbiy ta’sir etmoqda. Globallashuv jarayonlariga xos yangi xususiyatlar ta’siri natijasida xalqaro hamjamiyatning ichki siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy aloqalaridagi muvozanat buzila boshladi. Bu esa, o’z navbatida, dunyoda yagona hamkorlikka asoslangan mustahkam tartibotni barpo qilishga jiddiy to’siq bo’lmoqda. Ko’pchilik olimlarning siyosiy-ijtimoiy qarashlarida hozirgi davrning hususiyati «modern» bosqichining tugashi va «postmodern» bosqichining boshlanishi bilan belgilanadi, degan fikrlar ilgari surilmoqda. Vaholanki, jahon siyosiy, iqtisodiy jarayonlarida yetakchilik qilayotgan ayrim mamlakatlar «imperiya»dan og’ir meros bo’lib qolgan g’oyalar ta’siridan hanuzgacha qutula olmayotganini yaqqol kuzatish mumkin. Jumladan, g’arbning o’z madaniyati, siyosiy-ijtimoiy taraqqiyot modelini universal model sifatida yoyishga qaratilgan messianlik xatti-harakatlari fikrimizning yorqin dalilidir. Ayrim yetakchi mamlakatlarning bunday faoliyati tufayli XX asr oxiri va XXI asr boshlariga kelib globallashuv hodisasining o’ta salbiy jihatlari keskin ravishda namoyon bo’la boshladi. SHu munosabat bilan, «dunyo hozirgi vaqtda erkin bozor, ochiq jamiyat, g’oyalar rangbarangligi bilan bog’liq fikrlardan tobora uzoqlashib, imperiyaviylik sari harakatlanib bormoqda. Ayni paytda bu harakat tufayli jahonda o’ta yirik transmilliy korporatsiyalar, «global hukmdor» bo’lishga intilayotgan davlatlar hukmronligining qaror topishi xavfi oshib bormoqda». SHu tufayli insoniyat orzu qilgan adolatli, erkin jamiyatning shakllanish jarayonlarida ilgari misli ko’rilmagan yangi muammolar paydo bo’la boshladi. Uning asosiy jihatlaridan biri shundaki, bunday sharoitda suveren milliy davlatlarning maqomi o’zgarishlarga uchrab, ularning mustaqil rivojlanish haq-huquqlariga tazyiq o’tkazish holatlari kundalik amaliyotga aylanmoqda. Demak, hozirgi davrni yangicha ko’rinishdagi imperiya g’oyalarini amalga oshirishga qaratilgan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy, madaniy xatti-harakatlar, tendentsiyalar kuchaygan davr sifatida talqin etish mumkin. SHu bois ham mustaqil ma’rifiy demokratik tarakqiyot uchun imkoniyatlar, shart-sharoitlar jiddiy ravishda qiyinlashib, insoniyat oldida yechilishi, hal etilishi lozim bo’lgan muammolar ko’lami kengayib bormoqda. Ushbu vaziyatning ko’pgina jihatlari XX asr o’rtalaridagi totalitar tuzumlarning g’oyaviy, siyosiy va ma’naviy muhitini eslatib turadi. Bugungi kunda ham xuddi o’sha davrlarda bo’lganidek, jahon taraqqiyoti tizginini o’z qo’liga olishga harakat qilayotgan mamlakatlar o’z maqsadlariga erishish uchun boshqa davlatlarga nisbatan keng qamrovli g’oyaviy xurujlarni kuchaytirmoqdalar. Ularning tashqi siyosati tufayli turli mafkuraviy o’yinlar, g’irromliklar borgan sari kuchayib bormoqda. Bunday harakatlar «tsivilizatsiyani saqlab qolish bo’yicha tarixiy missiya», «tsivilizatsiyani saqlab qolish ob’ektiv zarurati tufayli mas’uliyatni yelkaga olish» kabi yangi, balandparvoz so’zlar ila niqoblanganligi bilan oldingi davrlardan farq qiladi, xolos. Ma’lumki, jahonda vujudga kelgan murakkab vaziyat tufayli hozirgi davrning mafkuraviy tahdidlari tuzilishi yanada kengayib ketdi. Zamonaviy mafkuraviy tahdid omili siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ma’naviy sohalarni ya’ni, insoniyat jamiyati hamda hayotining barcha sohalarini qamrab olgan. Ayni paytda mafkuraviy tahdid orqali ko’zlangan maqsadlarga erishishda ma’naviyat omilidan asosiy mexanizm sifatida foydalanilmoqda. Mazkur holat mafkuraviy taxdidlarga qarshi kurashning samaradorligini oshirish uchun ko’plab nazariy muammolarni hal qilishni ham nihoyatda dolzarb vazifa qilib qo’ymoqda. Xususan, «mafkuraviy tahdid» tushunchasini hozirgi davr talablaridan kelib chiqib, ilmiy jihatdan yanada chuqurroq anglash zarurligi muhim bo’lib turibdi. Mafkuraviy tahdid o’z mohiyatidan kelib chiqib, eng avvalo, inson ongiga, tafakkuri va xulq-atvoriga xavf-xatar solmoqda. Inson ongi va qalbini vayronkor va buzg’unchi g’oyalar bilan izdan chiqarishga harakat qilish mafkuraviy tahdidning eng asosiy mazmun-mohiyatini belgilaydi. Mafkuraviy tahdid muayyan jamiyat a’zolarini yagona maqsad va muddaolardan chalg’itib, milliy mentalitetga mos kelmaydigan begona g’oyalar, fikrlar, maqsadlar va qarashlarni chetdan turib eksport qilish jarayonida o’zini yanada aniqroq namoyon qiladi. Mafkuraviy tahdidning o’ta xavfli jihati shundan iboratki, u birinchi navbatda jamiyatning ma’naviy sohasini barbod etishga yo’naltirilgan. CHunki aynan ma’naviy soha har qanday jamiyatning mavjudligini, yashovchanligini ta’minlaydigan asosiy o’zagi hisoblanadi. Bugun mafkuraviy tahdidlarning turli xil usul va vositalari ishlab chiqilmoqda. Kishi xayoliga kelmaydigan oddiy gugurt qutisidan tortib, ustimizdagi kiyimlar, oziq-ovqat mahsulotlari, kinofilьmlarning har birida muayyan tarzda katta yoki kichik bo’lsa-da, mafkuraviy tahdid mavjud. Buning xatarli tomoni shundaki, mafkuraviy tahdid targ’ibotchilari o’z maqsadlari yo’lida juda katta miqdorda mablag’ sarflashmoqda. Prezidentimizning 2021 yil 26 mart kunidagi “Ma’naviy – ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori targ’ibotchilar uchun asosiy yo’riqnoma sifatida ishlarni yanada samarali olib borishimizga da’vat etmoqda. Bugungi tahlikali globallashuv ayniqsa, g’oyalar kurashi keskin tus olgan paytda asosli, hayotiy, samarali targ’ibot va tashviqot xalqni ishontiradi, ruhlantiradi, ulug’ va qutlug’ maqsadlar sari ilhomlantiradi. Aks holda, dushman undan ustamonlik bilan foydalanib, omma ongini zaharlashi, turli oqimlar tomon og’dirishi, yo’ldan ozdirishi hech gap emas, jangda sen dushmanni otmasang, u seni otadi. Bu oddiy haqiqat. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling