Kichik mutaxasislar tayyorlash markazi gumanitar va ijtimoiy fanlar sikli


O`zbekistonga xuruj qilayotgan mafkuraviy tahdidlar va ularning turlari


Download 0.68 Mb.
bet5/25
Sana07.01.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1082033
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Diniy aqidaparastlik uslubiy qo\'llanma

2. O`zbekistonga xuruj qilayotgan mafkuraviy tahdidlar va ularning turlari.
Mamlakatimizdagi barqarorlik va mustaqillikni mustahkamlashga halaqit beruvchilarning niyati istiqlol yo’lidan borayotgan O’zbekistondagi g’oyaviy bo’shliqni o’z g’oyalari bilan to’ldirib, mamlakatimiz hududidagi beqiyos boyliklarga egalik qilish, xalqimizni o’z siyosati, o’z hukmronligiga bo’ysundirishni, eng yomoni, mana shu muhim geopolitik maydonni o’z ta’sir doirasiga olishdan iboratdir. Millat bor ekan, milliy davlat bor ekan, uning mustaqilligi va erkinligiga, an’ana va urf-odatlariga tahdid soladigan, uni o’z ta’siriga olish, uning ustidan hukmronlik qilish, uning boyliklaridan o’z manfaati yo’lida foydalanishga qaratilgan intilish va harakatlar doimiy xavf ostida saqlanib qolishi muqarrar. Shunday ekan, voyaga yetayotgan har bir farzandlarimizni ma’naviy barkamol, irodasi baquvvat, iymoni butun, bir so’z bilan aytganda, kuchli mafkuraviy immunitetga ega shaxs sifatida tarbiyalash ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishning asosiy shartlaridan biri bo’lib qolaveradi.
Mustaqillikka erishganidan so’ng mamlakatimizda eski mafkura asoratlariga, quruq safsatabozlikka, xalqimiz manfaatlariga zid bo’lgan sobiq siyosiy va mafkuraviy tuzilmalarga barham berildi. Ijtimoiy adolat, xavfsizlik, ijtimoiy muhofaza, millati, dini va e’tiqodidan qat’iy nazar, fuqarolarning huquq va erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini, qonunning ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan zarur chora-tadbirlar ko’rildi. Jamiyatdagi sog’lom ijtimoiy-siyosiy muhitni buzadigan, odamlar fikrini chalg’itadigan noxush holatlarga barham berildi. Mamlakat va xalq manfaatlari yo’lida birlashish, hamjihat bo’lish, barcha imkoniyatlardan yehtiroslarga berilmay, aql-idrok bilan foydalanish yo’li tutildi.
G’oyaviy-ma’naviy raqiblarimiz tomonidan kelayotgan ulkan bir tahdid – axloqsizlik, shaxs erkinligi deb, behayolik – demokratiya tantanasi deb, targ’ib etiladi. O’zligini, o’z ma’naviyati va milliy g’ururini saqlab qolishga bo’lgan intilishlar muxoliflar tomonidan eskilikka yopishish, ozodlikni bo’g’ish, demokratiya taqchilligi deb talqin qilinadi. Oldin insonlarda sharmu-hayo, ahdiga vafo, mehru-muhabbat, sadoqat kabi umuminsoniy fazilatlar bugunga kelib ayrim yigit-qizlarimiz tomonidan unut bo’layotgani aynan ularning oilasi tashqi ma’naviy tahdidlarga qarshi turaolmasligining isbotidir. Odamlar G’arb mamlakatlaridan kirib kelayotgan barcha narsa va hodisalarni ijobiy mazmunda, havas bilan qabul qila boshlagan edilar. Bunday holatlar missionerlik faoliyati uchun qulay zamin yaratdi. Missionerlik bilan shug’ullanayotgan uyushmalar maqsadi aniq: nima qilib bo’lsa ham davlat, millat kelajagi, tayanchi bo’lmish yoshlarni buzish, to’g’ri yo’ldan ozdirish va shu tariqa mamlakatni ma’naviy istilo etish! O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti bu haqda shunday deganlar: “Lo’nda qilib aytadigan bo’lsak, bunday mafkuraviy xurujlar milliy va diniy tomirlarimizga bolta urishni, ulardan bizni butunlay uzib tashlashdek yovuz maqsadlarni ko’zlashini o’ylaymanki, yurtimizda yashaydigan sog’lom fikrli har bir odam yaxshi tushunadi”.
Bu o’rinda ularning ma’naviy xurujlari qay tariqa, qanday usullar yordamida va iddaolar ilinjida amalga oshirilayotgani to’g’risida so’z yuritmoqchimiz. Mafkuraviy kurashlar tarixiga nazar tashlasak, xuruj qilayotgan kuchlar asrlar davomida deyarli bir xil usullardan foydalanib kelayotganiga guvoh bo’lamiz. Deyarli har doim ular o’zlari xuruj qilayotgan mamlakat aholisiga hech qanday xusumati yo’q ekanini bayon qiladi. Bu esa o’sha mamlakat xalqining ishonchiga kirish uchun o’ylab topilgan nayrang.
Hozirgi kunda bizning mamlakatimiz aholisi uchun ham ana shunday “do’st”lar ko’payib qoldi. O’zbek xalqining manfaatlari to’g’risida “bosh qotirayotgan” va “g’amxo’rlik qilayotgan” turli radiostantsiya va telekanallar, gazeta va jurnallar, internetdagi ba’zi saytlar o’zlarini qo’y og’zidan cho’p olmaganday qilib ko’rsatishga, hayotda go’yo o’zbek xalqi manfaatlarini himoya qilishdan boshqa hech qanday maqsadi yo’qday qilib ko’rsatishga urinmoqda. Aslida esa bu quruq gap, xolos. Ular turli nayranglar bilan odamlar ishonchiga kirib olgandan keyin asosiy maqsadga, ya’ni xalq bilan hokimiyat organlari, ma’muriy idoralar va davlat rahbarlari orasiga nifoq solmoqchi bo’ladi.
So’nggi yillarda aqidaparast oqimlar yoshlarni, mehnat migrantlarini ta’sir doirasiga og’dirish uchun targ’ibotning turli usullaridan foydalanayapti. 
Masalan, diniy ekstremistik mazmundagi materiallarni elektron kurinishda tarqatish, “Internet” orqali targ’ibot o’tkazish, yashirin “Hujralar” tashkil etish kabi usullardan keng foydalanayapti. Ayniqsa, Internet tarmog’ida “Iroq davlati”, “Jabat al Nusra” kabi terroristik tashkilotlar guyoki islom ravnaqi yo’lida kurashayotgan “Mujohid birodarlar guruhi” ekani haqidagi targ’ibot – tashviqot keng ko’lamda olib borilayotgani, buning oqibatida dunyoning ko’plab mamlakatlaridan musulmon yoshlar “hijrat” qilish va “jihod”da ishtiro etish da’vosida Suriya va Iroq hududiga borib, ushbu guruh safiga qo’shilayotganining guvohi bo’lmoqdamiz.
Mutaassib oqim a’zolari “jihod”, “hijrat”, “shahidlik”, “kofir bo’lish” kabi diniy tushunchalarni soxta talqin qilish orqal yoshlarimizni qurolli to’qnashuvlar ketayotgan Suriya, Iroq, Afg’oniston yoki Pokiston kabi mamlakatlarga jo’natib, “manqurt – jangari” yoki “tirik bomba”ga aylantirayaptilar. Internet va ijtimoiy tarmoqlar keskin rivojlanishi tufayli dunyoda madaniyatlar va davlatlar o’rtasidagi chegaralar yo’qolib bormoqda. 
Ayni paytda Internet tarmoqlarida buzg’unchilik, zo’ravonlik va axloqsizlikni, “ommaviy madaniyat”ni targ’ib etadigan saytlar faoliyat ko’rsatayotgan ayniqsa achinarlidir. Ana shunday keskin va murakkab axborot xurujlari va xavf-xatarlarga biz qanday qarshi tura olamiz?
Shu kecha-kunduzda yoshlarning turli norasmiy, noislomiy diniy jamoalarning ta’siriga tushib qolishining oldini olishda o’quv muassasalari va mahallalar tomonidan tizimli ravishda tushuntirish ishlari olib borilishi muhim ahamiyatga ega. Yoshlarda yot g’oyalarga nisbatan ma’naviy immunitet shakllanma ekan, “bu – yaxshi, bu – yomon” degan qat’iy fikr paydo bo’lmasa mafkuraviy xatarlarga qarshi turish qiyin kechadi. 
Aslida «fundamentalizm» va «ekstremizm» g’oyalarining Markaziy Osiyoga kirib kelishidan ko’zlangan maqsad - dinning qadriyatlarini qaytadan tiklash yemas, balki ana shu g’oyalardan vosita sifatida foydalanish orqali mintaqada beqarorlikni, diniy va millatlararo nizolarni vujudga keltirish, oxir - oqibat esa hokimiyatni qo’lga kiritishdir. Bu urinishlarda tuzatib bo’lmas fojialarga olib kelishi mumkin bo’lgan, tarix sahifasida qolib ketgan xalifalikni tiklash g’oyasiga ham zo’r berilishi bilan bog’liq. Bugun diniy ekstremizm va fundamentalizm oqimlari tomonidan Markaziy Osiyoda olib borilayotgan qo’poruvchilik va terroristik harakatlar ham ana shunday maqsad, yo’l va uslublarga tayanmoqda.
O’zlarini islom dinining «himoyachilari» deb ko’rsatishga urinayotgan terroristlarning asl niyati chinakam islomiy qadriyatlarni tiklash emas, balki hokimiyatni qo’lga kiritish, Markaziy Osiyodagi mamlakatlarni o’zlari tanlagan yo’ldan qaytarish va butun mintaqada o’z hukmronligini o’rnatishdir.
Umuman, XXI asr boshidagi mafkuraviy kurashlarni targ’ibotlar kurashi davri, deb tavsiflash mumkin. Bizga tahdid solayotgan mafkuralar «maftunkor», «ommabop» bo’lib ko’rinsada, puxta, ilmiy texnologik asosga qurilganligi sir yemas. CHunki ularning targ’iboti oldingi va hozirgi zamonaviy mafkuraviy kurash usullariga yega. Faqat g’oya, maqsad shakli o’zgargan. Masalan, ana shunday g’oyalardan biri «Xalifalik davlatini tuzish» g’oyasidir. «Xalifa» so’zining lug’aviy ma’nosi - «o’rinbosar», terminologik ma’nosi «musulmon jamoasi va musulmon davlatining diniy hamda dunyoviy boshlig’i» deb talqin etiladi. Xalifalik davlati mutlaq monarxiya tipidagi davlat bo’lib, davlatni xalifa boshqaradi. Xalifalik davlatining boshqaruv tizimi islom-shariat qonunlari bilan belgilanadi. «Hizbut-tahrir» da’vo qilgan xalifalik davlati esa «Islom Nizomi» nomli kitobida bayon qilingan qonunlarga asosan boshqariladi. Payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v.)dan rivoyat qilingan ushbu Hadisi sharifda aniq aytilgan: «Xalifalik mendan so’ng, ummatim ichida 30 yildir, undan keyin podshohlik bo’ladi». Hozirda «Hizbut-tahrir» tarafdorlari minglab begunoh kishilarning nohaq qoni to’kilsa-da, xalifalik barpo yetilishini majburiy, deb da’vat etmoqdalar.
Bugun yoshlar mustaqillik tufayli «or», «andisha», «nomus», «vij-don», «insof», «g’urur», kabi tushunchalarning haqiqiy ma’nosini anglab yetmoqdalar.
Or. Or - bu nomunosib yoki yep ko’rilmagan ishdan, narsadan hijolat tortish, uyalish, uyat va nomus qilish tuyg’usidir. Bundan tashqari, o’z o’rnida hazar qilish yoki bo’lmasa, obro’-e’tibor, faxrlanish ma’nolarini ham bildirishi mumkin.
Andisha. Andisha - bu oqibatini o’ylab yoki yuz-xotir qilib yuritilgan mulohaza, yehtiyotkorlik hissidir. Andishali odam deganda, oqibatini o’ylab ish qiladigan, yuz-xotirni biladigan, or-nomusli, sharm-hayoli, iboli insonni tushunamiz. Odatda andishali odam betgachoparlik qilmaydi, farosat bilan ish tutadi.
Nomus. Nomus - bu iffat, bokiralik ma’nolaridan tashqari kishining o’z mavqeini saqlash, ulug’lash va ardoqlash, xijolat tortish tuyg’ularini, oila va ajdodlar sha’niga dog’ tushirmaslik ma’nosini ham ifodalaydi. Odatda, nomusli odam ma’naviy qadriyatni moddiy boylikka alishishni o’ziga yep ko’rmaydi. Qonun taqiqlay olmagan narsalarni goho nomus taqiqlay oladi, degan naql ham bor halqimizda.
Vijdon. Vijdon - bu kishining kundalik faoliyati, qilmishi, fe’l-atvori uchun oila, jamoat, jamiyat va Vatan, millat oldida ma’naviy mas’uliyat his yetishidir.Vijdon tug’ma hislat deyuvchilar ham bor. Vijdon - kishilarning yashab turgan sharoitiga, olgan ta’lim-tarbiyasiga bog’liq, deb hisoblovchilar ham mavjud. Vijdon ko’p yoki oz bilimlilikka, boy yoki kambag’al bo’lishlikka, oddiylik yoki mashhurlik bilangina bog’liq yemas.
Insof. Insof - bu adolat va vijdon amri bilan ish tutish tuyg’usi va qobiliyati, ishda, kishilarga munosabatda halollik, to’g’rilik, barobarlik, tenglik, sofdillik va haqiqatgo’ylikdir. O’zgani o’z o’rniga va shuningdek, o’z o’rniga o’zgani xayolan qo’yib ko’rish ham insofga kiradi. To’q ochni, boy kambag’alni, baxtli baxtsizni, tolei baland tolei zabunni, omadli omadsizni, sog’lom bemorni o’z o’rniga qo’yib ko’rolsa, va aksincha, ham xuddi shunday bo’lsa, insoflilar safi kengayib boradi.
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda fuqarolarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish. Tarix o’zga hududlarni zabt etish maqsadida ishlatiladigan urush qurollari uzluksiz takomillashib borganini ko’rsatadi. U nayzalardan tortib avtomatik qurollargacha, zambaraklardan tortib yer yuzining har qanday nuqtasiga bexato yetib boradigan qit’alararo ballistik raketalargacha bo’lgan uzoq takomil yo’lini bosib o’tdi. Bu qurollar bosib olinishi kerak bo’lgan hududlar aholisini jismonan yo’q qilishga qaratilgan edi. Bugungi kunda esa, o’zga hududlarni zabt etish uchun ularning aholisini mahv etish shart emas. Zero, ongi va shuuri zabt etilgan, qarash va kayfiyatlari «ma’qul» yo’nalishga o’zgartirilgan yerlik aholi ko’magida har qanday boylik, tabiiy resurslarga egalik qilish mumkin bo’lib qolmoqda. Yoshlarning faol ijtimoiy kuchga aylanib borayotgani bugungi kunda ularning turli mafkuraviy ta’sir va tazyiqlarning bosh ob’ektiga aylanishiga olib keldi. Bunda ularning jamiyatning hali yetarli tajribaga ega bo’lmagan, tashqi ta’sirlarga tez beriluvchan va, ayni paytda, eng harakatchan qatlami ekani inobatga olinmoqda. Yoshlarning turli oqimlarga kirib qolishlari sabablari qatorida ularning bilimlari, shu jumladan, diniy ilmlarni egallashga bo’lgan qiziqish va intilishi hamda ishonuvchanligi, birdaniga va hamma narsaga (boylik, shon-shuhrat, martaba va h.k.) ega bo’lishga harakat qilishi, ilmiy tilda aytganda maksimalizm kabi ma’naviy-ruhiy omillarni alohida ajratib ko’rsatish lozim. «Sen bu tashkilotga kirish yoki mana bu vazifani bajarish bilan alohida, har kimga ham nasib qilavermaydigan sharafli ishga qo’l urgan bo’lasan, kerak bo’lsa, sen millat, din, insoniyatning xaloskoriga aylanasan!», – degan qarashlarni singdirish jarayoni aynan mana shu kabi xususiyatlarga alohida e’tibor berilayotganini ko’rsatadi.
O’zbekistonning xalqaro terrorizmga qarshi kurashdagi ishtiroki mintaqaviy tashkilotlardagi faoliyatida ham yorqin namoyon bo’lmoqda. Xalqaro siyosatning asosiy subyektlariga davlatlar tomonidan tuzilgan xalqaro-siyosiy yoki harbiy-siyosiy tashkilotlar ham kiradi. Ular qatoriga Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT), Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASEAN), Yevropa Ittifoqi, Arab mamlakatlari ligasi (AML), Amerika davlatlari tashkiloti (ADT), Afrika birligi tashkiloti (ABT), Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT), Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi (MDH), SHanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT), Islom Hamkorlik Tashkiloti (IHT) kabi bir qator mintaqaviy tashkilotlar doirasida qabul qilingan yekstremizm va terrorizmga qarshi kurashga qaratilgan shartnomalarni bajarishda faol qatnashib kelmoqda. Zero, O’zbekiston Respublikasining ushbu shartnomalarda qatnashishi uning ichki va tashqi siyosatining mantiqiy davomidir.
Milliy istiqlol g’oyasiga zid bo’lgan va begona g’oyalarning kirib kelishiga va yoshlarimiz ongini egallashga, ularni mamlakatimizda belgilangan ulug’ maqsadlarni amalga oshirishdan og’dirishda urinishlar bo’lganligining guvohimiz. Bunday harakatlarning tarafdorlari «do’st», «millatdosh», «vatandosh», «dindosh» bo’lib ko’rinish maqsadida o’z g’oyalarini amalga oshirishga urindilar. Natijada, milliy qadriyatlarimizga zid bo’lgan turli xilqarashlar aholi, ayniqsa, yoshlar ongini egallashga harakat qildi. Turli mamalakatlarni mafkuraviy zabt etish g’oyat katta iqtisodiy manfaatlar bilan uyg’unlashib ketgan. Ya’ni, jamiyatni mafkurasizlantirishga, g’oyasizlantirishga yo’naltirilgan axborotlar bozorida ma’naviy-madaniy, g’oyaviy-mafkuraviy jihatdan saviyasi past bo’lgan audio va video kassetalar, ahloqsizlikka olib keladigan adabiyolar va boshqa "san’at asarlarining” sotilishi yoki internet tarmoqlari orqali keng tarqatilishi kimlar uchundir juda katta foyda manbai bo’lib qolayotganligihammaga ma’lum. Bunda ommaviy axborot vositalari orqali psixologik ta’sir o’tkazishning yangidan-yangi usullaridan foydalanadilar. Xususan, milliy hayotimizga xos muayyan xususiyatlarni ochiqdan-ochiq qoralash, yerga urish yoki ayrim tarixiy voqea-hodisalarni umuman bo’lmagandek, jahon madaniyati, ilmu-faniga ulkan xissa qo’shgan ulug’allomalarimizni bizga aloqasi yo’qdek qilib ko’rsatishga urinishlar mavjud. SHuningdek, jahon afkor ommasida O’zbekiston haqida noto’g’ri tasavvur tug’dirishga bo’layotgan intilishlarni hech qachon e’tibordan chetda qoldirmasligimiz lozim. Buyuk ma’rifatparvar bobomiz Mahmudxo’ja Behbudiy o’tgan asrning boshidayoq "Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur, zamon ilmi va fanidan bebahra millat boshqalarga poymol bo’lur”, degan haqqoniy fikr bildirgan.
Xalqimizda “Yaxshi bola yurt tuzar, yomoni elni buzar” degan purhikmat bor.
Yurtimizda hukm surayotgan tinch va osuda hayotni asrash, uning mustaqilligi va barqarorligiga munosib hissamizni qo’shish har birimizning, shu aziz Vatanda yashayotgan barcha fuqarolarning asosiy vazifalaridan biri bo’lib qolmog’i lozim. 



Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling