Kichik mutaxasislar tayyorlash markazi gumanitar va ijtimoiy fanlar sikli


Diniy mutaassiblikning mohiyati, unga berilgan ta’riflar va mazkur tushunchaning kelib chiqish tarixi


Download 0.68 Mb.
bet15/25
Sana07.01.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1082033
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25
Bog'liq
Diniy aqidaparastlik uslubiy qo\'llanma

1. Diniy mutaassiblikning mohiyati, unga berilgan ta’riflar va mazkur tushunchaning kelib chiqish tarixi.
2. Musulmon mamlakatlarining diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashi. Global terrorizm indeksi: faktlar va tendensiyalar.
3. Diniy ekstremizm, fundamentalizm g`oyalarining harbiy jamoaga kirib kelishini oldini olish.


1.Diniy mutaassiblikning mohiyati, unga berilgan ta’riflar va mazkur tushunchaning kelib chiqish tarixi.
Mutaassiblik - (arab. متعصب va grek. Φανατισμός tarj. fanatizm) - maʼlum bir mafkura va qarashlarga, ayniqsa, diniy-falsafiy, milliy va siyosiy sohalarda haddan ziyod, ko`r-ko`rona va hissiyotlarga berilib ergashish va ularga amal qilish. Qandaydir tushunchalarga, e`tiqodga yoki dunyoqarashga sodiqlikning eng so`nggi darajasi.Mutaassiblikning eng keng tarqalgan ko`rinishi bu- diniy mutaassiblik. Mutaassiblik, fanatizm - biron e`tiqodga yoki dunyoqarashga o`ta berilganlik, boshqa har qanday qarashlarga toqat qila olmaslik (mas, diniy M.).[1
Mutaassiblik barcha davrlarda turli din va yo`nalishlar orasida keskin nizo va to`qnashuvlar kelib chiqishiga sababchi bo`lgan.
Ongi zaharlangan va mutaassibga aylangan kishilar o`zlari qilayotgan ishlarini to`g`ri deb hisoblagan holda, har qanday nomaqbul ishlardan ham bosh tormaydilar. Vaholanki, ularni bu yo`lga boshlagan “rahnomalarning” asl maqsadi mohiyatan g`ayriinsoniy xarakterga ega.
Mutaassiblik lug‘atda bir narsaga qattiq bog‘lanib, ko‘r-ko‘rona ergashish, ashaddiy tarafkashlik, bir fikrda qattiq turib olish kabi ma’nolarni anglatadi. “Kashshofu istilohotil funun” kitobida “mutaassiblik, garchi dalil ko‘rinib turgan bo‘lsa ham, bir tomonga moyillik tufayli haqni rad etishdir” deb ta’riflangan.
Mutaassiblikning turli ko‘rinishlari bor bo‘lib, ular kishining o‘zi, mol-dunyosi, farzandlari, millatini boshqalardan afzal bilib, bu yo‘lda ashaddiy ravishda kurashishi demakdir. Mo‘’tabar manbalarimizda ota-bobolari va o‘zining nasabi bilan faxrlanish tuyg‘usi kishini do‘zaxga tortadi deb ta’kidlangan.
Ubay ibn Ka’b roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zamonlarida bir kishi sherigiga qarab: “Men falonchini o‘g‘liman. Sen kimsan, onasini yo‘qotgan (onasi betayin)”, dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Muso alayhissalom davrlarida ikki kishi bir-biriga nasabini bayon qildi. Ulardan biri: “Men falonchini o‘g‘liman. Otamning otasi falonchi”, deb to‘qqiz avlodini sanab: “Sen kimsan, onasi betayin”, dedi. Narigi kishi: “Men falonchini o‘g‘liman. Otamning otasi falonchi. Uning otasi bir musulmonning o‘g‘li”, dedi. Shunda Alloh taolo Muso alayhissalomga vahiy qilib dedi: “Ey sen, o‘zini to‘qqizta ajdodiga nisbat bergan, ularning hammasi do‘zaxdadir, sen o‘ninchisisan. Ey sen, o‘zini ikki ajdodiga nisbat bergan, ular jannatda, sen uchinchisisan”.
Bu tuyg‘u insonlar o‘rtasida muhabbatni so‘ndiradi, inoqlikni ketkazadi, do‘stlar orasida adovatni paydo qiladi, yaqinlar o‘rtasini ajratadi, qarindosh-urug‘lar orasida urushni qo‘zg‘aydi, mustahkam bino kabi ko‘ringan do‘stlikka barham beradi.
Mutaassiblik turlaridan yana biri diniy mutaassiblikdir. Diniy mutaassiblik deganda ma’lum bir dinda asos bo‘lgan, ushbu din vakillari amal qiladigan ta’limot va qoidalarga qarshi chiqish, diniy tushunchalarni shariat ko‘rsatmalariga zid ravishda o‘zicha talqin qilib, boshqalarni unga ergashishga chorlash nazarda tutiladi. Diniy mutaassiblikning eng katta xatarlaridan biri dinlararo muloqotga rahna solishdir. Ushbu illat aksar hollarda islom dini bilan bog‘liq hodisa sifatida ko‘zga tashlanadi. Ammo bu harakat muayyan ma’noda barcha din va konfessiyalarga e’tiqod qiluvchilar orasida uchraydi.
Diniy mutaassiblik ikki ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Birinchisi, boshqa dinlarga nisbatan mutaassiblik. Ikkinchisi, dinda mutaassibona harakat qilishdir.
Alloh taolo Qur’oni karimda shunday marhamat qiladi: “Dinga zo‘rlab kiritish yo‘q. Zero, to‘g‘ri yo‘l zalolatdan ajrab bo‘ldi” (Baqara surasi: 256-oyat). Ulamolar bu oyatni diniy mutaassiblikdan qaytaruvchi dalil sifatida keltiradilar.
“Mutaassiblikning xavfli tomoni shundaki, taassubga moyil odamlar jamiyatda beqarorlik to‘liqinini keltirib chiqarishga qodirlar. Ommaviylik unsuri esa muayyan bir xatti-harakatlar uchun shaxsiy javobgarlik hissini yo‘qotib yuboradi, harakatga ommaviy tus beradi. O‘zining shubhasiz haqligiga, haqiqatni faqat o‘zi bilishiga ishonch hissi zo‘ravonlik harakatlariga moyilligi bilan ajralib turadigan diniy ekstremizmning paydo bo‘lishiga olib keladi”. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam musulmonlarni boshqa din vakillariga nisbatan bag‘rikeng bo‘lish, ularning e’tiqodini hurmat qilish, haqlariga rioya etishga buyurganlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim ahli zimmaga biror zahmat yetkazsa, qiyomat kuni meni o‘zining dushmani sifatida ko‘radi», deganlar.
Dinda mutaassibona harakat, dinda chuqur ketish, haddan oshish, Qur’on va Sunnatda kelgan ta’limotlarga zid ravishda o‘z fikriga ergashishni qattiq qoralaydi. Dinda haddan oshish deganda shariat belgilab qo‘ygan chegaradan chiqib ketishlik tushuniladi. Bu ish aqidada bo‘lsin, so‘z yoki amalda bo‘lsin, baribir. Bu borada Alloh taolo Baqara surasida shunday marhamat qiladi: “Ushbular Allohning chegaralaridir. Bas, ulardan tajovuz qilmang. Va kim Allohning chegaralaridan tajovuz qilsa, bas, o‘shalar, ana o‘shalar, zolimlardir”.
Payg‘ambar (s.a.v) esa: “Dinda haddan oshishdan ehtiyot bo‘linglar. Chunki, sizlardan oldin o‘tganlarni dinda haddan oshishlik halok qilgandir” deb uqtirganlar. deganlar.
Diniy mutaassib barcha dinlarning birlamchi g'oyalarini, shu jumladan islom dinining birlamchi manbalari Qur'oni karim oyatlari va hadisi sharifning sunnatlarini ham yoqlamaydi. Ular bu manbalarga bid'at sifatida qaraydi.
Mutaassiblik – lug'atda biror-bir e'tiqodga yoki dunyoqarashga o'ta berilganlik, o'z fikrida qat'iy turib olib, boshqalarning fikrini inobatga olmaslik hamda inkor qilish, o'zini mutlaq haq bilish. Zamonaviy manbalarda bu hodisa fanatizm nomi ostida ham keltiriladi Diniy mutaassib barcha dinlarning birlamchi g'oyalarini, shu jumladan islom dinining birlamchi manbalari Qur'oni karim oyatlari va hadisi sharifning sunnatlarini ham yoqlamaydi. Ular bu manbalarga bid'at sifatida qaraydi.



Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling