Kichik mutaxasislar tayyorlash markazi gumanitar va ijtimoiy fanlar sikli
-o’quv savoli: Islomda oqimlar yuzaga kelishining diniy-siyosiy omillari. Xorijiylik. Azraqiylar. Qaramatiylar. Xashshoshiylar
Download 0.68 Mb.
|
Diniy aqidaparastlik uslubiy qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Azraqiylar .
- Qaramatiy mazhabi
- Hashshoshiylar
2-o’quv savoli: Islomda oqimlar yuzaga kelishining diniy-siyosiy omillari. Xorijiylik. Azraqiylar. Qaramatiylar. Xashshoshiylar.
Islom mazhabchiligi - islom dinidagi turli oqim va firqalarning umumiy nomi. I. m. Qur`on va hadisni turlicha talqin qilish, islom tarixida g`oyaviy- siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va diniy hayotning boshqa sohalarida yuz bergan ixtiloflar natijasida vujudga kelgan. Tor ma`noda - shariatga xos huquq yo`nalishlarini anglatsa, keng ma`noda - dindagi ajralgan barcha guruhlarni ifodalaydi. Ularni bir-biridan farqlash lozim. Islomdagi asosiy yo`nalishlar - sunniylik, shialik, xorijiylar. Bulardan sunniylik va shialik hozir mavjud, lekin xorijiylar yo`nalishi o`rta asrlardayoq ko`p firqalarga ajralib, keyinchalik yo`qolib ketgan, undan faqat bitta - ibodiylar (abodiylar) firqasi saklanib qolgan; Islomdagi firqalar - ularning eng ko’pi shialik ichidagi firqalardir; shariat mazhablari - islomdagi ajralishning alohida shaklidan iborat (hanafiylik, molikiylik, shofiiylik, hanbaliylik, jafariylik) (ya na q. Mazhab); ilohiyot oqimlari - ular islom ilohiyotining shakllanish bosqichida ilohiyotga doir ayrim masalalar bo`icha ixtiloflar tufayli vujudga kelgan. 14-asrdan keyin ularning barchasi yoqolib ketgan; Sufiylik yoki tasavvuf tariqatlari - ularning ko`plari o`rta asrlardayoq yoqolib ketgan. O`rta Osiyoda - naqshbandiylik, yassaviylik, kubraviylik, Kavkazda muridlik, xorijiy Sharq mamlakatlarida qodiriylar, bektoshiylar, rifoiylar, tayfuriylar va b. tariqatlar keng tarqalgan. Ularning ayrimlari hozir ham mavjud. Azraqiylar. Azraqiylar (Azoriqa) guruhining asoschisi Nofi’ ibn al-Azraqdir (v. 685 y.). Xavorij guruhlari orasida eng murosasiz va beshafqat sanalgan bu jamoa hozirgi kungacha yetib kelmagan. Azoriqa ta’limotiga xos bo’lgan jihatlar quyidalar: - Xalifa Alini «kofir» deb hisoblaganlar; - gunohi kabira qilgan musulmonlarni kofir deb e’lon qilganlar; - azraqilardan bo’lmagan musulmonlar, ularning qariyalari, ayol va bolalari qonini to’kishni (istiroda) halol deb hisoblaganlar; - hayz ko’rgan ayollarga ham namoz o’qish va ro’za tutishni farz deb hisoblaganlar; - mayda o’g’rilik uchun ham qo’lni butunlay yelkadan kesib tashlashni buyurganlar. Qaramatiy mazhabi, Qaramatiy (ko'pligi qaromatiy)lar shia mazhabidagi ismoiliylarning asosiy shohobchalaridan biri bo'lib, IX asr oxirida Iroqda vujudga kelgan, Suriya va Yamanda tarqalgan. Ular asosan dehqonlar, ko'chmanchi badaviylar va hunarmandlardan tashkil topgan. Ular Islom qonun-qoidalariga itoat etmaganlar, ularda masjid bo'lmagan, musulmonlar ziyoratgohi Qora tosh (Ka'ba)ga ziyoratni, unga sig'anishni bid'at, budparastlik, deb hisoblaganlar. 899 yili Baxraynni bosib olib, Al-Axso (Sharqiy Arabiston)da o'z davlatlarini tuzganlar. Ularning rahnamosi Hamadon ibn al-Ash'asshshg o'g'li Abu Tohir Sulaymon (914-943) davrida qaramatiylar 930 yili haj vaqtida Makkaga bostirib kirib, shaharni talon-taroj qilganlar, bir necha ming hojilarni va Makka aholisini qatl etib, asirga olganlar. Ka'bani vayron qilib, qora toshni ikkiga bo'lib, Baxraynga olib ketganlar, faqat 20 yildan keyin katta to'lov evaziga u Makkaga qaytarib berilgan. Hashshoshiylar (arabchadan “hashish chekuvchilar”, “giyohvandlar”) -ismoiliylar ichidagi yashirin terrorchilik bilan shugʻullangan firqa tarafdorlari. XI asr oxirida Eronda ismoiliylar harakatining boʻlinib ketishi natijasida paydo bo`lgan. Asoschisi — Hasan ibn Sabboh (1124-yil vafot etgan).\ Eronning shimoli-g`arbidagi tog`lar orasida joylashgan Alamut qal`asi hashshoshiylar jamoasining markazi bo`lgan. Hashshoshiylar harakati Suriya va Livanda, keyinchalik Hindistonda ham tarqalgan. U O`rta Osiyo, Yaqin va O`rta Sharq mamlakatlaridagi qarmatlar harakati bilan uzviy bogliq. Hashshoshiylar xalifalik va saljuqiylarga qarshi kurashgan. Hashshoshiylarning rahbarlari o`z dushmanlarini o`ldirishni siyosiy kurashning asosiy vositasi deb bilgan. Hashshoshiylar g`oyat yashirin holda ish ko`radigan va tarmoqlangan terrorchilik tashkilotini vujudga keltirgan. O`z maqsadlarini amalga oshirish (hukmdorlar, podsholar, qirollar va yirik namoyandalarni o`dirish)da fidoyilar (qashshoq dehqon va shaharlik yoshlar)dan foydalangan. Turli manbalar hashshoshiylar terrorchi (fidoyi)larga giyohvand moddalari iste`mol qildirib, o`lsa shubhasiz jannatga tushishiga ishontirgan, degan fikr keng tarqalgan. Birmuncha davr hashshoshiylar ko`p hukmdorlarga dahshat solib turgan, ulardan ko`plari o`z jonini saqlash uchun hashshoshiylarga tolov tolab turgan. 1256-yil mog`ul istilochilari Alamutni bosib olib, Eronda hashshoshiylar jamoasiga barham bergan. 1273-yilda mamluklar qoʻshini Suriya va Livandagi hashshoshiylarning oxirgi tashkilotlarini tugatgan. XI asr oxirida Eronda yuzaga kelib, maxfly ravishda ish ko‘rgan «hashshoshiylar» (arab: hashish (nasha) chekuvchilar, giyohvandlar) terrorchilik oqim i esa hokim iyatni egallash m aqsadida ularga xayrixoh b o ‘lm agan hukm dorlarga suiqasd uyushtirish amaliyotini oldinga surgan edi. Uzoq vaqt hashshoshiylar ko'plab hukm dorlarga tahdid solib turgan, hattoki, ayrim Yevropa mamlakatlari rahbarlari o ‘z xavfsizliklarini ta ’m inlash uchun ularga to ‘lov to ‘lashga m ajbur bo‘lgan. Ingliz tilidagi suiqasd m a’nosini anglatuvchi «assassinate» so'zi h am aynan «hashshoshiy» atam asidan kelib chiqqani o q im ning o ‘z davrida davlatlar xavfsizligiga k atta tahdid tu g ‘dirganidan dalolat beradi. Shu bilan birga, «hashshoshiylar» zam onaviy terrorchilar tom onidan h am keng qo‘llanilayotgan, oddiy kishilar va yoshlarga giyohvand m oddalarn i iste’mol qildirib, o ‘lsa shubhasiz jan n atg a tushishiga ishontirgan. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling