Kichik va katta оchiq iqtisоdiyotning mоhiyati va farqlarini tushuntirib bering


Download 169.19 Kb.
bet1/37
Sana17.02.2023
Hajmi169.19 Kb.
#1208151
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
Dinamik makroiqtisodiyot yakuniy javoblar


Dinamik makroiqtisodiyot



  1. Kichik va katta оchiq iqtisоdiyotning mоhiyati va farqlarini tushuntirib bering.



ochiq iqtisodiyot shunday iqtisodiyotki u mamlakat jahon moliya bozorlarida kredit olish va kredit berishni anglatadi
Kichik ochiq iqtisodiyot katta bo'lmagan mamlakatlar iqtisodiyotidir. Kichik ochiq iqtisodiyot modeli kapital harakati schyoti va joriy operatsiyalar schyotini o‘z ichiga oladi. Bunday iqtisodiyot jahon bozorida katta ulushga ega emas va jahon foiz stavkasiga amalda ta'sir ko'rsata olmaydi
Katta ochiq iqtisodiyot ko‘lami yirikligi sababli foiz stavkasi mamlakatning ichida ro'y berayotgan jarayonlarning jiddiy ta'siridan shakllanadigan iqtisodiyot dir
Ochiq iqtisodiyotning asosiy ko'rsatkichlari quyidagilar
* Yaimdagi tashqi savdo kvotasi
*ishlab chiqarish hajmidagi eksport hajmi
*iste'mol tarkibidagi importning ulushi
*investitsiyalar hajmidan xorijiy investitsiyalarning ulushi



  1. Tashqi muvоzanat atamasini izоhlab bering.



Tashqi muvozanat qayd qilingan, yoki suzib yuruvchi valyuta kursi sharoitida toʻlov balansining nolga teng qoldigʻini ta’minlab turilishni anglatadi. Alohida holatlarda bu muammo ikki oʻzaro mustaqil qismga boʻlinadi: joriy operatsiyalar balansining belgilangan holatini ta’minlab turish

  • valyuta zaxiralarining aniq belgilangan miqdorini saqlab turish

  • Tashqi muvozanatni ta’minlash kapital harakatining mobilligi (mamlakatlararo kapital quyilishi jarayonining ichki foiz stavkasining jahon foiz stavkasiga nisbatan oʻzgarishiga javoban keskinlashuvi) sababli murakkablashadi


  1. Mandell-Flemingning оchiq iqtisоdiyot mоdelini tavsiflab bering.



Mandell-Fleming modeli kichik ochiq iqtisodiyot modeli boʻlib qayd qilingan va suzib yuruvchi valyuta kurslari sharoitida iqtisodiy siyosatning turli koʻrinishlarini amalga oshirish natijalarini baholash maqsadida qoʻllaniladi.
Mandell-Fleming modeli milliy iqtisodiyotning jahon bozoridagi hissasi kichik va shu sababli uni rivojlantirishning asosiy parametrlari jahon bozori tomonidan, ya’ni tashqaridan belgilab beriladi degan shartga asoslanadi. Bu modelga koʻra iqtisodiyotning amal qilishi valyutalarning almashinuv kursi tizimiga bogʻliq.

Download 169.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling