Kicik biznes va xususiy tadbirkorning aholini ish bilan taminlash va yangi ish o'rinlari yaratishdagi o'rni
Download 30.2 Kb.
|
1 2
Bog'liqkicik biznes va xususiy tadbirkorning aholini ish bilan taminlash va yangi ish o\'rinlari yaratishdagi o\'rni
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV.Foydalanilgan Adabiyotlar
III.XULOSA
. Kichik biznes sohasida mehnatning xarakteriga ko’ra, mehnat jarayonida qo’l mehnatini kamaytirish uni mexanizasiyalash va avtomatlashtirish darajasi bilan belgilanadi. Sohada mehnat taqsimotining chuqurlashib borishi umumiy mehnat sarfida moddiylashgan mehnatning hissasi tobora ko’proq qismini qamrab oladi. Natijada jami mehnatda moddiylashgan mehnatning ulushi o’sib borgan sari jonli mexnatning o’sishi kamayib boradi. Bu mehnat unumdorligi va xizmat ko’rsatish samaradorligi oshishining muhim omili hisoblanadi. Bizningcha, tadbirkorlik faoliyati sohasida mehnatni tashkil etishda vaqt birligi ichida sarflangan mehnat harajatlari bilan birga uning tuzilishiniham hisobga olish zarur. . Tadbirkorlikni har tomonlama yuritish uchun to’sqinlik qilayotgan omillardan eng asosiysi moliyaviy omildir. So’ralgan tadbirkorlarning ko’pchiligi buning uchun yetarli moliyaviy manbaga ega emasligini qayd etishdi. O’z biznesini boshlamoqchi bo’lgan tadbtrkor uchun ma’lum miqdorida mablag’ kerak bo’ladi. Demak, tadbirkorlikni rivojlantirishda mikromoliyaviy institutlarning rolini oshirish talab etiladi. . Hozirgi paytda mavjud ish bilan bandlikning tarmoq tuzilishi sohada mehnat salohiyatidan foydalanish samaradorligining darajasi pastligini aks ettiradi va u tubdan o’zgartirishga muhtojdir. Shuning uchun bandlikka ko’maklashish markazlari hokimiyat organlari bilan birgalikda oilaviy biznes sohasida yangi ish o’rinlarini yaratish va ish bilan bandlikni ta’minlash maqsadida faol dasturlarni ishlab chiqarish va amalga oshirishlari zarur. . Aholi ish bilan bandligini ta’minlash maqsadida tadbirkorlikni barcha sohalarini rivojlantirish, asosiy e’tiborni kichik biznes va xususiy korxonalarni rivojlantirish orqali ishsizlik darajasini kamaytirish imkoniyatlari yaratiladi. Iqtisodiy rivojlanish sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mehnatni to’g’ri tashkil etish va mehnatini samaradorlik darajasini oshishiga qarab ularga to’lanadigan mehnat haq, ya’ni mehnatga qarab taqsimlash yildan-yilga tobora obyektivlashtiriladi. Bu esa, ish haqi fondi ishlatilishini chuqurlashtirishga va tahlil etishga hamda ishchilarning mehnat natijalariga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshiradi. Ish haqi korxona personallarning asosiy daromad manbai sifatida istiqbolda ham unumdorlikni oshirishning qudratli rag’batlantiruvchi kuchi bo’lib qolaveradi. Korxona mehnat jarayonini tashkil etishning boshlang’ich omillarini tahlil qilish: ishlab chiqarish tipini, uning texnologik jarayonlar, mashina va asbobuskunalarning o’ziga xos xususiyatlarini, mehnatni mexanizasiyalash, sexlar uchastkalar, ish o’rinlari va shu kabilarni birlashtirish darajasini aniqlashdan iborat. Ishchilar mehnatining murakkabiligini tahlil qilish: kasb-malaka darajasiga qo’yiladigan talablar va uning ishlab chiqarish talablariga muvofiq kelishi: xodim kasb ixtisosini kengligi hamda kasblarni vaqtincha bajarib turish va mehnat faoliyatini o’zgartirish imkoniyatlaridir. Bozor iqtisodiyoti davrida raqobatga yengib chiqishning asosiy omillaridan biri makroiqtisodiyotga taaluqli, ijtimoiy va shaxsiy sektorlardagi korxonalarda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga erishishdir. Bu asosan mavjud ishchi kuchidan oqilona foydalanish evaziga erishiladi. O’z navbatida ishchi kuchidan samarali foydalanish ko’pincha har xil bajarilishi zarur bo’lgan ishlarning ayrim ijrochilar o’rtasida to’g’ri taqsimlanishga, ya’ni ularning malakasiga, tajribasiga va zukkoligiga yarasha ish bilan bad-barobar ta’min etilishiga bog’liqdir. IV.Foydalanilgan Adabiyotlar 1. O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. (Yangi tahriri) - T.: O'zbekiston, 2012. 2. O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi. - T.: "Iqtisodiyot huquq dunyosi", 2010. 3. O'zbekiston Respublikasining "Oilaviy tadbirkorlik to'g'risida"gi Qonun "Xalq so'zi" gazetasi, 2012 yil 27 aprel. 4. O'zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta'minlash to'g'risida»gi qonuniga sharhlar, -T.: "Sharq", 2000. -375 b. 5.O’zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to’g’risida”gi Qonun “Xalq so’zi” gazetasi, 2014 yil 11 fevral. Download 30.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling