«кимё» фанидан маъруза
Metallarni korroziyadan saqlash
Download 216.87 Kb. Pdf ko'rish
|
\'metallar korroziyasi
3. Metallarni korroziyadan saqlash.
a) metall sirtini boshka metallar bilan koplash. Bu maqsadda ishlatiladigan metallning normal elektrod potensiali metallarning aktivlik qatorida korroziyadan saqlanishi kerak bo„lgan metalnikiga qaraganda manfiy qiymatga ega bo„lishi lozim. Masalan, temirni rux bilan qoplash (anod qoplash), bunda temir buyum uning sirtini qoplagan ruxning hammasi tugamanuncha emiriladi. Bunda temir-katod, rux-anod elektronlar ruxdan temirga boradi, Zn emiriladi Fe saqlanib koladi. Temirni qalay bilan qoplaganda (katod qoplash), chunki qoplovchi metall qoplanuvchi metalga qaraganda aslroq. Katod qoplamaning biror joyi ko„chsa, himoya qilinuvchi metall, yani temir juda tez ishdan chiqadi, chunki metalning ochilib qolgan joyiga suv tegishi natijasida galvanik juft hosil bo„lib, bu juftda qalay musbat elektrod (katod), temir esa manfiy elektrod (anod) vazifasini o„taydi. Elektronlar oqimi temirning ochilib qolgan yuzasidan qalayga tomon yo„nalib, bu erda vodorod ionlarini zaryadsizlantiradi, temir esa eritmaga yangidan-yangi ionlar berib emiriladi. b) metallni metall bo‘lmagan moddalar bilan qoplash. Metallar sirtini lak, bo„yoq, rezina, tez quriydigan mineral moylar (salidol, texnik vazelin bilan qoplash) emallash metalni korroziyadan saqlaydi. v) metallarga turli qo‘shimchalar kiritish. Odatdagi po„latda 0,2-0,5% mis qo„shishi bilan po„latning korroziyaga nisbatan mustahkamligini atmosfera sharoitida 1,5-2 marotaba oshirish mumkin. Zanglamaydigan po„latda 12% xrom bo„ladi. Tarkibida 18% xrom va 8% nikel bo„lgan po„lat zanglamaydi. g) metall sirtini kimyoviy birikmalar bilan qoplash. Maxsus kimyoviy usul bilan metall sirtini korroziyaga chidamli birikmalar pardasi bilan qoplash mumkin. Bunday pardalar-oksidli, fosfatli, xromatli va boshqa bir necha sinfga bo„linadi. Metall sirtida korroziyaga chidamli oksid parda hosil qilish protsessi oksidlash deyiladi. Oksidlashning 3 usuli bor: -metall buyum sirti yukori temperaturada organik moddalar bilan oksidlantiriladi (qaytariladi); - metall buyum (MnO Download 216.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling