Mavzu: Oksidli minerallar Reja: Oksidli minerallarning xususiyatlari 2


Download 162.93 Kb.
bet1/6
Sana16.06.2023
Hajmi162.93 Kb.
#1493917
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Oksidli minerallar


Mavzu:Oksidli minerallar


Reja:
1. Oksidli minerallarning xususiyatlari
2. Oksidli minerallar turlari

Bu guruh minerallari metall va metalloidlarning kislorod va gidrooksidlar bilan qo‘shilib hosil qiladigan eng oddiy birikmalarini o‘z ichiga oladi. Keyingi ma’lumotlarga binoan kislorod bilan 40 dan ortiq kimyoviy element turli xil birikmalar hosil qiladi.


Oksidlar va gidrooksidlar yer po‘stining 17 %ni tashkil etadi.
Shundan 12,5 % SiO2 hisobiga to‘g‘ri keladi.
Bu sinfning eng keng tarqalgan minerallari bo‘lib kremniy, alu- miniy, temir, marganets va titan oksidlari hisoblanadi.
Oksidlar magmatik, pegmatit, gidrotermal va ko‘proq ekzogen ja- rayonlarda hosil bo‘ladi.
Kuprit – Cu2O. Mineral nomi yunoncha «kuprum» – mis so‘zi- dan kelib chiqqan. Tarkibida mis miqdori 88,8 %ni tashkil etadi. Ku- bik singoniyali. Odatda donador, ba’zan xolsimon xillarda uchraydi. Rangi qizil, metall kabi yaltiraydi. Kupritning qattiqligi 3,5–4, solish- tirma og‘irligi 5,8–6,2. Ulanish tekisligi kub bo‘yicha mukammal. Kupritning o‘ziga xos xususiyatlari; olmosdek yaltiriydi; rangi qizil. U misning gipergen zonalarida keng tarqalgan bo‘lib, bornit, xalkozin, kovellin, xira ma’dan (bleklaya ruda)lar bilan birga uchraydi.
Korund – Al2O3. Tarkibida Al – 52,91 % va O – 47,09 %. Ko- rund trigonal singoniyali bo‘lib, odatda kristallari to‘g‘ri tuzilgan; ustunsimon, bochkasimon, piramidal ko‘rinishlarda uchraydi. Uning rangi ko‘kish, sarg‘ish-kul rang, ba’zan shaffof bo‘ladi. Korundning turli rangli qimmatbaho xillari ham uchraydi (ko‘k sapfir va qizil rubin). U shisha kabi yaltiraydi. Qattiqligi – 9, solishtirma og‘irligi – 3,95–4,0, ulanish tekisligi yo‘q. Korund odatda glinozyomga boy, kremnezyomi kam. Intruziv jinslarda sienit, anortozitlarda uchraydi hamda kontakt metasomatik jarayonlarda ham yuzaga keladi. Ko‘proq miqdorda regional metamorfizm natijasida yuzaga kelgan jinslarda hosil bo‘ladi.

Download 162.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling