Mavzu: Oksidli minerallar Reja: Oksidli minerallarning xususiyatlari 2


Download 162.93 Kb.
bet3/6
Sana16.06.2023
Hajmi162.93 Kb.
#1493917
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Oksidli minerallar

Pirolyuzit – MnO2. Tarkibida – Mn – 63,2 % bo‘ladi. Tetragonal singoniyali, yashirin kristallangan, kukunsimon, qurumsimon, buyrak- simon agregatlar ko‘rinishida uchraydi. Rangi qora, u metallarga xos ko‘kimtir tusda tovlanadi. Pirolyuzitning qattiqligi – 5–6, solishtirma og‘irligi – 4,7–5,0. U HCl da eriydi va xlor ajralib chiqadi. Pirolyuzit nurash jarayonidan hosil bo‘ladi.
Uraninit – UO2. Mineral nomi tarkibiga qarab berilgan. Uraninit kubik singoniyali oktaedr va rombik dodekaedr qiyofalarda bo‘ladi hamda buyraksimon, oqiq shakllarda uchratish mumkin. Uning rangiqora, ba’zan rangsiz binafsha holda tovlanadi va yarim metall kabi yaltiraydi, odatda smolaga o‘xshash qora. Qattiqligi – 5–6, solishtirma og‘irligi – 10–10,6. U kuchli radioaktiv metall. Uraninitning yirik uyumlari ishqorli va nordon jinslarning pegmatitlarida aniqlangan.
Uraninitning konlari gidrotermal jarayonlarda paydo bo‘ladi. Bulardan tashqari ekzogen sharoitlarda hosil bo‘lgan yirik konlarini uchratish mumkin.
Kvars – SiO2. Kremniy oksidi minerallari yer po‘stida keng tar- qalgan (barcha minerallarning 12 %dan ortig‘rog‘ini tashkil etadi) va puxta o‘rganilgan (29-rasm). Kremniy oksidi polimorf turlarining bu guruhga oid uch xili – kvars, kamroq ahamiyatli tridimit va kristobalit bo‘lib, ular o‘z navbatida ikkita – yuqori va past haroratli xillarga bo‘linadi. Past haroratda hosil bo‘lgan α – kvarsning kristallik tuzilishi yuqori haroratda kristallanadigan β – kvars tuzilishidan ancha farq qiladi.



    1. rasm. Kvarsdruzalari.

Kremniy oksidining turli xil singoniyali turlari (modifikatsiyalari) bir-biridan fizik xossalari va optik xususiyatlari bilan farq qiladi.


U rangsiz, shaffof, sutdek oq (6-rasm). Kvarsning turli ranglarga bo‘yalgan xillarining alohida nomlari bo‘ladi: 1) tog‘ billuri – rangsiz, shaffof (30-rasm); 2) ametist – binafsha(31-rasm):



    1. rasm.Tog‘billuri.

31-rasm.Ametist.

3) rauxtopaz – kul rang qo‘ng‘ir tusli; 4) marion – qora rangli;



  1. sitrin – tilla sariq, limon sariq rangli. Kvarsning qattiqligi – 7, ulanish tekisligi yo‘q, solishtirma og‘irligi – 2,5–2,8. U nordon va o‘rta nordon intruziv jinslar uchun mansubmineral.


Download 162.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling