43. Mopac дастури, имкониятлари ва қўлланилиши
Yarim empirik hisoblashlar uchun mo‘ljallangan, keng tarqalgan majmualardan biri МОРАС sanaladi. J. Styuart (J. Stewart) 1981- yildan boshlab uni yaratish ustida ish boshlagan. Birinchi varianti 1989-yilda yaratildi. 1989 – 2000-yillar mobaynida kimyoning barcha muammolarini yechishga bag‘ishlangan ilmiy maqolalar turli xil nashrlarda chop etildi. Ilk variantlarda (Mopac6 va Mopac7) MINDO/3, MNDO, AM1 va PM3 usullari kiritilgan edi. Bugungi kundagi oxirgi versiyasi МОРАС2016 programmasida MINDO/3, MNDO, AM1, PM3, RM1, PM6 va РМ7 yarim empirik usullari mujassam (www.openmopac.net).
Kimyoda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan hisoblash majmualari, imkoniyatlari va boshqa qo‘shimcha ma’lumotlarni maxsus internet saytlaridan olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |