40. Интеграллар тавсифи.
Bu usullardan keyin differensial qoplanishni qisman inobatga oluvchi – INDO (Intermediate Neglet of Differential Overlap) va MINDO (Modified Intermediate Neglet of Differential Overlap) usullari yaratilgan. INDO va MINDO usullarida kulon integrallari bilan birgalikda bir markazli almashinuv integrallari ham inobatga olingan. CNDO usulida (μμ|νν) kulon integrallari ϕμ va ϕν orbitallar (s, px, py yoki pz) tabiatiga bog‘liq bo‘lmasdan faqat ular lokallashgan A va B atomlar tabiatiga (sAsA|sBsB=pApA|sBsB=pApA|pBpB) bog‘liq deb qaralgan bo‘lsa, INDO usulida orbitallar tabiati inobatga olingan. Hisoblashlarning noempirik usullari Xartri-Fok-Rutan (XFR) tenglamalarini qat’iy tartibda yechishga asoslanadi. Bunda hisoblash davomida molekula tarkibidagi barcha elektronlar va, shuningdek, elektronlararo o‘zaro ta’sirlashishlarda barcha (1-4 markazli) integrallar hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |