38. Ярим эмпирик ҳисоблаш усуллари. Валент электронлар ёндошуви.
Yarim empirik hisoblash usullarda Xartri-Fok-Rutan tenglamasi molekula tarkibidagi elektronlarning faqat bir qismi (π ˗ elektronlar yoki valent elektronlar) o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirlashishlarni inobatga olgan holda, bir qator soddalashtirishlar asosida hisoblanadi. Bu ko‘rinishdagi soddalashtirishlarning o‘rni gamiltonian tuzib chiqilayotganda tajriba ma’lumotlari asosida tanlab olingan empirik parametrlar bilan to‘ldiriladi (kompensatsiyalanadi). Yarim empirik usullarda parametrlarning aniq tartibda tanlab olinishi hisobiga molekulaning ayrim fizik-kimyoviy xususiyatlarini to‘g‘ri ifodalashga muvaffaq bo‘linadi, jumladan ularning gomologik birikmalar qatori bo‘yicha o‘zgarishlarini aniqlash imkoni tug‘iladi.
Valent elektronlari ajralgan va bieksponensial bazis yig‘indisida, nomidan ko‘rinib turganidek, yig‘ilgan ko‘rinishdagi va diffuz holatdagi tarkibiy tashkillovchilardan faqat valent orbitallar bo‘linishi amalga oshadi. Bieksponensial bazisda valent va, shuningdek, ichki qavat orbitallar ham qismlarga ajratiladi, ya’ni ikkita turli xillikdagi eksponentalarga ega hisoblanadi. Valent elektronlari ajratilgan bazis yig‘indilari orasida 6-31G bazisi nisbatan keng tarqalgan. Bunda 6-31G ko‘rinishdagi qisqartma ichki qavat orbitalining oltita Gauss funksiyalaridan tashkil topganligi va valent orbitallar ikkita tarkibiy tashkil etuvchilarga – ya’ni, uchta Gauss funksiyalardan iborat
Do'stlaringiz bilan baham: |