41.Бирикмалар қаторида реакцион қобилиятни баҳолашда қўлланиладиган параметрлар
Birikmalarning tajribadagi aniqlangan reaksion qobiliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan korrelyatsiya qiluvchi kvant-kimyoviy hisoblashlar natijasida aniqlangan elektron va energetik xarakreristikalar reaksion qobiliyat indekslari (RQI) hisoblanadi. Ular ikki guruhga bo‘linadi. Birinchisi, kimyoviy reaksiyalarda ta’sirlashayotgan birikmalarning o‘tish holatini inobatga olgan holda aniqlanadi. Ikkinchisi, statistik RQI ˗ dastlabki birikmaning elektron tuzilishini o‘rganish asosida aniqlanadigan ko‘rsatkichlar: atom zaryadi, bog‘ tartibi, orbitallar energiyasi va boshqa kattaliklar. Bunday ko‘rsatkichlar QSAR sohasida deskriptorlar deyiladi (8.7-rasm). Geometrik va elektron ko‘rsatkichlar birgalikda strukturaviy ko‘rsatkichlar deb yuritilishi mumkin. Bular orasida bog‘ tartibi (bitta atomning boshqa atomlar bilan hosil qilgan kimyoviy bog‘ tartibi) va uning hisobidan (atom valentligi va bog‘ tartiblari summasi orasidagi farqdan) kelib chiqadigan “erkin valentlik” indeksi, ayni atomning kimyoviy reaksiya jarayonida boshqa atomni biriktira olish qobiliyatini ko’rsatadi. Sigma bog‘ tartibi 1, qo’shbog‘ tartibi esa 2 deb qabul qilingan. Birikmalarda elektron zichlikning guruhlar orasida yoki molekula bo’ylab delokallanishi hisobiga bog’ tartibi o’zgarishi mumkin. Masalan, sigma bog’ tartibi 1 dan oshishi va pi bog‘ tartibi 2 dan kamayishi mumkin. Bog‘ tartibi bog‘ uzunligi va eneryiyasi bilan uzviy bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |