Кимёда компьютер моделлаштириш нима?


-dan 10-gacha C, N, O, H raqamlash


Download 320.51 Kb.
bet6/33
Sana05.01.2022
Hajmi320.51 Kb.
#234064
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
1-50 gacha

7-dan 10-gacha C, N, O, H raqamlash

MM usuli programmalarining ayrimlarida (MMFF94 va MMFF94s usullarida) C atomlari va boshqa atomlarning gibridlanish holati hamda strukturasining o‘ziga xos xususiyatlarini to‘liq namoyon etishi uchun parametrlash jarayonida qaytadan raqamlangan (2.1-jadval). Masalan, har bir sinf birikmalaridagi C atomining elektron tuzilishlarini inobatga olgan holda C atomi uchun 15 ta raqamlash kiritilgan. Alkenlardagi sp2-gibridlangan C atomi karbonildagi sp2-gibridlangan C atomidan farq qilishi maktab kimyosidan ma’lum. Kislorod atomi uchun 7 xil, N atomi uchun 10 xil raqamlash kiritilgan.



Boshqa bir guruh MM usullarida yuqoridagi farqlashlar ramzlar (simvollar) bilan belgilangan. Masalan, CVFF (Consistent valence force field) usulida H atomlari h (C, Si atomi bilan bog‘langan H), hc (C atomi bilan bog‘langan H), hi (imidazol halqasidagi H), hn (N atomi bilan bog‘langan H), ho (O atomi bilan bog‘langan H), hp (P atomiga bog‘langan H), hs (S atomiga bog‘langan H), hw (suv molekulasidagi H) va h+ (kationlardagi H atomi) simvollari bilan belgilangan. CVFF usulida C atomi 27 xil, N atomi 25 xil va O atomi 10 xil simvollar bilan farqlangan.

MM hisoblash dasturlarida geometriyalarni tayyorlash jarayonida AB tizimning (molekulaning) A va B atomlari orasidagi masofa 10 Å qilib ko‘rsatilsa ham dastur hisoblash natijasida ular orasidagi masofani ideal bog‘ (r0) uzunligiga yaqin masofaga juda qisqa fursatda olib keladi.



Download 320.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling