11. Молекуляр механика усулларида идеал ва реал боғ узунликлари нима
MM usullarida tajribada aniqlangan bog‘ uzunliklari kimyoviy bog‘ cho‘zilish energiyasini (Er) hisoblash formulasiga ideal bog‘ uzunligi (r0) sifatida kiritilgan. Masalan, sp3 gibridlangan C atomlari orasidagi C-C bog‘, sp2 gibridlangan C atomlari orasidagi C=C bog‘ va sp gibridlangan C atomlari orasidagi C≡C bog‘ uzunliklari uchun mos ravishda 1.508, 1.333 hamda 1.200 Å qiymatlari kiritilgan.
Ellinjer mexanikasida va boshqa ko‘plab MM usullarida kimyoviy bog‘ cho‘zilishi energiyasini ifodalashda Guk qonuniga asoslangan formula qo‘llaniladi:
𝐸r =(𝑟−𝑟0)2
bu yerda k – o‘zgarmas kattalik (force constant), r0 – parametrlashda kiritilgan ideal bog‘ uzunligi va r – qaralayotgan birikmadagi ideal bog‘ uzunligidan farq qiluvchi, maqbullashtirish natijasida aniqlangan (real) bog‘ uzunligi.
MM hisoblash dasturlarida geometriyalarni tayyorlash jarayonida AB tizimning (molekulaning) A va B atomlari orasidagi masofa 10 Å qilib ko‘rsatilsa ham dastur hisoblash natijasida ular orasidagi masofani ideal bog‘ (r0) uzunligiga yaqin masofaga juda qisqa fursatda olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |