Кимёнинг асосий тушунчалари ва қонунлари. Кимё фанига кириш Reja: Kimyoning tarixi
Download 327.3 Kb.
|
Кимёнинг асосий тушунчалари ва қонунлари. Кимё фанига кириш Reja-fayllar.org
Оглавление
ERUVCHANLIK 101
Reja: 111 Erituvchi molekulalari bilan ion o’rtasida donor-aktseptor ta’sirlashuv bo’lishi mumkin. Masalan: NH3 + H2O = NH4OH Spirtning suvda erishida esa dipol-dipol ta’sirlashuv kuzatiladi. Qattiq moddaning erish jarayonini ikkita jarayonlarning yig’indisi deb qarash mumkin. Birinchisi qattiq moddaning molekulalarga yoki ionlarga parchalanishi. Bu jarayon endotermik bo’lib, issiqlik yutish bilan boradi. Ikkinchisi - molekula yoki ionlarning suv bilan ta’sirlashib gidratlar hosil qilishi. Bu jarayon ekz- otermik bo’lib issiqlik ajralib chiqishi bilan boradi. Qaysi jarayonning ulushi kat- taligiga qarab, qattiq modda eriganda issiqlik yutilishi yoki chiqishi mumkin. Ba’zi qattiq moddalar (KOH, NaOH) eriganda issiqlik chiqadi. Ba’zilari (NH4NO3 , NH4Q) eriganda esa issiqlik yutiladi. Gidratlar beqaror moddalar bo’lib, oson parchalanadi. Eritmalar bug’latilganda, ular parchalanib, erigan modda ajralib chiqadi. Ba’zan gidratlar birmuncha barqaror bo’lib, suv qattiq modda tarkibiga kiradi. Bunday moddalarni kristallogidratlar deb, kristallogidrat tarkibidagi suvni esa kristallizatsiya suvi deb ataladi. Masalan: CuSO4 *5H2O - mis kuporosi Na2CO3 * IOH2O - kristall soda MgSO4* 7H2O - taxir tuz Moddalarning u yoki bu erituvchida erish xossasiga eruvchanlik deyiladi. Er- uvchanlik avvalambor erituvchi va eriydigan moddalar tabiatiga bog’liq. Masalan, natriy xlorid suvda yaxshi eriydi, lekin benzolda erimaydi. Yog’ esa suvda erimaydi, lekin benzolda yaxshi eriydi. Eruvchanlik haroratga va bosimga bog’liq. Agar modda shu eritmada ortiqcha erimasa, bunday eritma to’yingan eritma deyiladi.Agar modda eritmada yana erisa, bu eritma to’yinmagan eritma deyiladi. To’yingan eritmada cho’kma bilan eritma o’rtasida muvozanat qaror topadi. To’yingan eritmani cho’kmasidan ajratib olib, ozgina bug’latib yoki biroz sovutib o’ta to’yingan eritma olish mumkin. O’ta to’yingan eritmada erigan modda mi- qdori to’yingan eritmadagidan ko’proq bo’ladi. O’ta to’yingan eritma beqaror bo’lib, chayqatilgandayoq ortiqcha erigan modda darrov cho’kmaga tushadi. Eruvchanlik 100g erituvchida erib, to’yingan eritma hosil qiladigan moddaning grammlar soni bilan o’lchanadi. Suyuq moddalarning suvda eruvchanligi turlicha. Ba’zi suyuqliklar masalan: spirt, glitserin suvda cheksiz eriydi. Ba’zilari esa ma’lum miqdorda eriydi. Masalan - fenol sovuq suvda oz eriydi. Harorat ko’tarilganda uning eruvchanligi ortadi. 66,45° С dan yuqori haroratda esa uning eruvchanligi cheksiz bo’ladi. Bu haroratni kritik erish haro- rati deyiladi. Qattiq va suyuq moddalarning eruvchanligiga bosim ta’sir etmaydi, chunki ularning hajmi bosim ta’sirida deyarli o’zgarmaydi. Harorat ko’tarilshi bilan gazlarning eruvchanligi kamayadi, chunki gazlaraning erish jarayoni ekzotermik jarayondir. Gazlar eruvchanligining bosimga boQliqligi Genri qonuni bilan ifodalanadi: O’zgarmas haroratda gazlarning eruvchanligi uning bosimiga to’g’ri proportsional. C = k *P C - gazning eruvchanligi, k - Genri doimiysi, P - gazning bosimi. Genri-Dalton qonuni: . Agar biron suyuqlikda gazlarning aralashmasi erisa, har bir alohida gazning eruvchanligi shu gazning partsial bosimiga to’g’ri proportsional. Sechenov qonuni: . Eritmada elektrolitning kontsentrasiyasi ortishi bilan gazning unda eruvchanligi kamayadi. N = N o e -kc N - gazning toza erituvchida eruvchanligi, N o- gazning elektrolit eritmasida eruvchanligi.
Download 327.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling