Кимёвий технология асосий жараён ва курилмалари
Download 1.29 Mb.
|
Масса алмашиниш жараёни
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ajratib olish koeffistienti
- Qurilma diametri
Ku*a = Kv va G/S = W – suyuqlik massaviy tezligi, bo’lgani uchun:
yoki (5.59) Shunday qilib, o’tkazish birligining balandligi bitta o’tkazish birligiga ekvivalent bo’lgan qurilma balandligini ifodalaydi. O’tkazish birligining balandligi massa o’tkazishning hajmiy koeffistientiga teskari proporstionaldir. Demak, qurilmada massa o’tkazish intensivligi qanchalik yuqori bo’lsa, o’tkazish birligining balandligi shunchalik kichik bo’ladi. O’tkazish birligi balandligi uzunlik o’lchov birligi (m) yordamida o’lchanadi. Ajratib olish koeffistienti. Massa almashinish jarayoni nuqtai nazaridan qaralganda, qurilmaning samaradorligi tarqaluvchi komponentni gaz (yoki suyuqlik) fazadan ajratib olish darajasi yordamida xarakterlanadi. Qurilmada bir fazadan ikkinchisiga o’tgan komponent haqiqiy massasining maksimal o’tishi mumkin bo’lgan komponent massasiga nisbati massa almashinish qurilmalarining asosiy xarakteristikasi bo’lib, ajratib olish yoki boyitish koeffistienti deb nomlanadi. (5.60) 5.7. Massa almashinish qurilmalarining asosiy o’lchamlarini hisoblash Massa almashinish qurilmalarini texnologik hisoblash ularning asosiy o’lchamlari: qurilma unumdorligini xarakterlovchi – diametr va unda ro’y berayotgan jarayon intensivligini ifodalovchi – ishchi balandliklar aniqlanishi zarur. Qurilma diametri. Ushbu parametrni hisoblash uchun suyuqlik sarfi tenglamasidan foydalaniladi: bu erda V – fazaning hajmiy sarfi; w0 – fazaning sohta tezligi; F - qurilma ko’ndalang kesimining yuzasi. Dumaloq ko’ndalang kesim yuzasi . Demak: Bundan qurilmaning diametri: (5.62) Odatda, V kattalik berilgan bo’ladi va qurilma diametrini aniqlash uchun tegishli fazaning sohta tezligini tanlash zarur. Faza tezligini tanlash quyidagi talablar asosida amalga oshiriladi: suyuqlik oqimining tezligi ortishi bilan massa o’tkazish koeffistienti ko’payadi; suyuqlik tezligi ortishi bilan qurilmaning gidravlik qarshiligi ham oshadi; gidravlik qarshilik ortishi bilan jarayonni o’tkazish uchun zarur energiya sarfi ko’payadi. Shuning uchun gaz yoki suyuqlikning optimal tezligini topish texnik-iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqdir. Lekin, amaliyotda sohta tezlikni hisoblab chiqish va uning maksimal qiymatini topish bilan chegaralinadi. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling